Industrial iqtisodiyot


 Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni



Download 2,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/172
Sana04.03.2023
Hajmi2,81 Mb.
#916368
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172
Bog'liq
57fd0f14a0904f8d6e60d538573bb01a INDUSTRIAL IQTISODIYOT 1 — копия

 
14.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlarni 
guruhlash 
Mahsulot ishlab chiqarish tannarxini aniqlash va uni hosil qiluvchi 
xarajatlarni turkumlash mamlakatimizda tegishli me’yoriy hujjatga muvofiq
64
amalga oshiriladi. 
63
Ортиқов А. «Саноат иқтисодиёти». Ўқув қўлланма. – Т.: ТДИУ, 2006 – Б.177. 
64
Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 5 февралдаги 54-сон 
қарори билан тасдиқланган «Маҳсулот (ишлар, хизматлар)ни ишлаб чиқариш ва сотиш 
харажатларининг таркиби ҳамда молиявий натижаларни шакллантириш тартиби 
тўғрисида»ги Низом 


221 
Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil 
qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar 
bilan guruhlarga ajratiladi: 
-
ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqitlar qiymati 
chiqarilib tashlangan holda); 
-
ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; 
-
ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari; 
-
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy 
aktivlar amortizatsiyasi; 
-
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. 
I. Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlar. 
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli 
bo‘ladi: 
1. Ishlab chiqariladigan mahsulot asosini tashkil etib uning tarkibiga 
kiradigan yoki mahsulot tayyorlashda (ishlarni bajarishda, xizmatlar 
ko‘rsatishda) zarur tarkibiy qism hisoblangan chetdan sotib olinadigan xom 
ashyo va materiallar. 
2. Normal texnologiya jarayonini ta’minlash va mahsulotlarni o‘rash 
uchun mahsulot (ishlar, xizmatlar) yoki boshqa ishlab chiqarish ehtiyojlariga 
sarflanadigan (asbob-uskunalar, binolar, inshootlar va boshqa asosiy vositalar 
sinovini o‘tkazish, nazorat qilish, saqlash, tuzatish va ulardan foydalanish) 
uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalanadigan, xarid qilinadigan 
materiallar, shuningdek, asbob-uskunalarni tuzatish uchun ehtiyot qismlar
instrumentlar, moslamalar, inventar, priborlar laboratoriya asbob-uskunalari 
va asosiy fondlarga kirmaydigan boshqa arzonbaho ashyolarning eskirishi. 
3. Sotib olinadigan, kelgusida ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektda 
montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar 
va yarim tayyor mahsulotlar. 
4. Tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, xo‘jalik yurituvchi 
subyektning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning 
asosiy turiga tegishli bo‘lmagan, lekin ishlab chiqarish xususiyatiga ega 
bo‘lgan ishlar va xizmatlar. 
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga mahsulot 
tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xomashyo va 
materiallarga ishlov berish, iste’mol qilinayotgan ashyo va materiallar sifatini 
aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish, belgilangan texnologik jarayonlarga rioya 
etilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va 
boshqalar tegishli bo‘ladi. 
Xo‘jalik yurituvchi subyekt ichida tashqi yuridik shaxslarning transport 
xizmatlari (xomashyo, materiallar, detallar, instrumentlar, inventarlar, 
yuklarning boshqa turlarini bazis (markaziy) ombordan sexga keltirish va 
tayyor mahsulotni saqlash uchun omborga keltirish) ham ishlab chiqarish 


222 
xususiyatiga ega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi. 
5. Tabiiy xomashyo (er rekultivatsiyasiga ajratmalar, ixtisoslashtirilgan 
yuridik shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan yerni rekultivatsiya qilish 
ishlariga haq to‘lash), ildizi bilan beriladigan daraxtga haq to‘lash, sanoat 
korxonalari tomonidan suv xo‘jaligi tizimidan belgilangan limitlar doirasida 
va undan ortiqcha olinadigan suv uchun haq to‘lash. Sanoatning xomashyo 
tarmoqlari uchun – yog‘och-taxta materiallardan yoki foydali qazilmalardan 
(rudadan) foydalanishga huquqlarning amortizatsiya qilinadigan qiymati yoki 
atrof-muhitni tiklash xarajatlari. 
6. Texnologik maqsadlarga, energiyaning barcha turlarini ishlab 
chiqarishga, binolarni isitishga sarflanadigan yonilg‘ining chetdan sotib 
olinadigan barcha turlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning transporti 
tomonidan bajariladigan ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 
transport ishlari. 
7. Xo‘jalik yurituvchi subyektning texnologik, transport va boshqa 
ishlab chiqarish hamda xo‘jalik ehtiyojlariga sarflanadigan barcha turdagi 
xarid qilinadigan energiya. (Xo‘jalik yurituvchi subyektning o‘zi tomonidan 
ishlab chiqariladigan elektr energiyasi va energiyaning boshqa turlariga
shuningdek, xarid qilinadigan energiyani iste’mol joyigacha transformatsiya 
qilish va uzatish xarajatlari xarajatlarning tegishli elementlariga kiritiladi). 
8. Ishlab chiqarish sohasida moddiy boyliklarning tabiiy yo‘qolish 
normalari doirasida va ulardan ortiqcha yo‘qotilishi, yaroqsizlanishi va kam 
chiqishi. 
9. Xo‘jalik yurituvchi subyektning transporti va xodimlari tomonidan 
moddiy resurslarni yetkazish bilan bog‘liq xarajatlar (yuklash va tushirish 
ishlari ham shu jumlaga kiradi) ishlab chiqarish xarajatlarining tegishli 
elementlariga kirishi kerak (mehnatga haq to‘lash xarajatlari, asosiy fondlar 
amortizatsiyasi, moddiy xarajatlar va boshqalar). 
10. Xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan moddiy resurslarni 
yetkazib beruvchilardan olinadigan idishlar ham moddiy resurslar qiymatiga 
kiritiladi. 
11. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan moddiy resurslar xarajatlaridan 
qaytariladigan chiqitlar qiymati, idish va o‘rash-joylash materiallari qiymati 
ularning amalda sotilishi, foydalanishi yoki omborga kirim qilinishi narxi 
bo‘yicha chiqarib tashlanadi. 
12. «Moddiy xarajatlar» elementi bo‘yicha aks ettiriladigan moddiy 
resurslar qiymati sotib olish narxidan, jumladan, barter bitishuvlarida, 
qo‘shimcha narx (ustama)dan, ta’minot, tashqi iqtisodiy tashkilotlar 
tomonidan to‘lanadigan vositachilik taqdirlashlaridan, tovar birjalari 
xizmatlari qiymatidan, xususan, brokerlik xizmatlaridan, bojlar va 
yig‘imlardan, transportda tashishga haq to‘lashdan, tashqi yuridik shaxslar 
tomonidan amalga oshiriladigan saqlash va yetkazib berishga haq to‘lashdan 


223 
kelib chiqib shakllanadi. 

Download 2,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   172




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish