kuzatuv natijalari.
Kuzatuvimizda 2018-yilda
Buxoro viloyati teri-tanosil kasalliklari dispanserida
davolangan 79 nafar teri leyshmaniozi bilan
kasallangan bemorlar bo‘lgan. ulardan 46 nafari
erkak va 33 nafari ayol tashkil etadi. Bemorlarning
asosiy qismi (85 %) 1 yoshdan 51 yoshgacha
bo‘lganlar bo‘lib, kasallikning davomiyligi 1 haftadan
1 yilgacha. Bemorlarning aksariyati Qorako’l (18),
romitan (15), jondor (7) va Olot (7) tumanlaridan
bo’lganlardir. Klinik shakliga ko’ra 2 ta shahar va
77 ta qishloq tipi uchragan. Teri leyshmaniozi bilan
og’rigan 77 nafar bemorda immunitet tizimining
CD + 3, CD + 4, CD + 8, CD19 +, цик, zardob
immunoglobulinlari a, m, G kabi ko’rsatkichlarini
o’rganib chiqdik. aniqlanishicha, zoonoz teri
leyshmaniozi bilan og’rigan bemorlarda (bemorlarning
umumiy namunasi) CD19+ limfotsitlar miqdori nazorat
guruhi ko’rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada
oshgan (p < 0,001). Zoonoz teri leyshmaniozi bilan
og’rigan bemorlarda umumiy CD3+ limfotsitlar
miqdori sezilarli darajada kamayganligi aniqlandi
(p < 0,001).
T-limfotsitlar
subpopulatsiyasining
holatiga kelsak, CD4+ hujayralari darajasining
nazorat guruhi ma’lumotlari bilan taqqoslanganda
(p<0,001) va aksincha, T-supressorlar hujayrala-
rining ko’payganligi aniqlandi (p < 0,05). aniqlangan
o’zgarishlar, o’z navbatida, zoonoz teri leyshmaniozi
bilan og’rigan bemorlarda nazoratdagi guruhga
nisbati 2,03 ± 0,03 ga 1,47 ± 0,01 bo’lgan immuno-
regulatsion indeksning (IrI) pasayishiga olib keldi.
Bu zoonoz teri leyshmaniozi bilan kasallangan
bemorlarning immunitet tizimining sezilarli darajada
pasayganligidan dalolat beradi. Immunitetning gu-
mo ral boshqaruv tizimi qiymatlari ham har xil
bo’lgan va Iga ning ko’payishi (p < 0,005), IgG
ning ko’rsatkichlari sezilarli o’sishi (p < 0,001) bilan
ifodalangan. Igm indeksiga kelsak, ZTl bilan og’rigan
bemorlarda va nazorat guruhidagi qiymatlardagi
farqlar shubhali edi (P > 0,05). Olingan natijalar
zoonoz teri leyshmaniozi bilan og’rigan bemorlarning
umumiy guruhida immunitetning hujayra va gumoral
bo’g’inlari ko’rsatkichlarining jiddiy buzilganligini
ko’rsatadi. Bemorlarning ko’pchiligida (32 bemor) 42
nafar bemorda a-IFn darajasini o’rganayotganda,
bu sitokinning tarkibi o’rtacha ko’rsatkichlardan
oshmadi va faqat 10 nafar bemorda a-IFn darajasi
8 martaga ko’tarildi. Bemorlarning ko’pchiligida (39
bemor) γ-IFn darajasi tekshiriganda, bu sitokinning
tarkibi aniqlanmagan va faqat 3 nafar bemorda γ-IFn
darajasi 2,2 barobar oshgan. Keyinchalik, Il-2 va
Il-4 kabi ko›rsatkichlar o›rganildi. Tadqiqotlar shuni
ko›rsatdiki, bu sitokinlar sezilarli darajada ko›paygan.
Il-2 darajasi 2 dan 46 gacha bo›lgan diapazonda
o‘rtacha 13,7 ± 1,03 pg/ml ni, nazoratdagi qiymatlari
1,7 ± 0,68 pg/ml ni tashkil qildi. Bundan tashqari, 0
dan 18 gacha bo›lgan diapazonda 22 bemorda o›sish
yaqqolroq bo›lgan (20,01 ± 1,02 pg/ml), va 20 nafar
bemorda u 2 barobar darajadan oshmagan (6,7 ± 0,57
pg/ml). Il-4 darajasi o›rtacha 9,64 ± 0,68 pg/ml ni,
nazoratdagi qiymatlari 1,7 ± 0,68 pg/ml ni tashkil
qildi. (12,6 ± 0,28 pg/ml) va 11 – bemor nazoratdagi
qiymat darajasidan oshmagan (1,27 ± 0,33 pg/
ml). O’rganilgan bemorlar guruhida aniqlangan
FnO-
a
tarkibini o’rganish uning tebranishlari keng
diapazonda – 0 dan 143 gacha. Bu bemorlarning
2 guruhini tashkil qilish imkonini berdi – o’rtacha
qiymatdan yuqori (16 bemorlar) va shunga mos
ravishda o’rtacha ko’rsatkichdan past (26 bemor).
Do'stlaringiz bilan baham: |