373
16-BOB. INVESTITSIYALAR VA INNOVATSIYALARNING XO‟JALIK
FAOLIYATI VASAMARADORLIGI TA‟SIRINING TAHLILI
16.1.Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining ko‘rsatkichlarinig tizimi.
16.2.Korxona moliyaviy foaliyatining samaradorligi ko‘rsatkichlari.
16.3.Korxona investitsion faoliyati samaradorligining
qiyosiy - tahliliy
ko‘rsatkichlari.
16.4.Investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligning qiyosiy - tahliliy
ko‘rsatkichlari.
16.5. Innovatsion rivojlanishning 5 ta kaliti.
16.1.Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining ko‟rsatkichlari
tizimi
Korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati ko‘rsatkichlarini
turli xil usullar yordamida aniqlasa bo‘ladi. Ulardan biri D.Sink tomonidan taqdim
qilingan. D.Sink korxonani ko‘rsatkichlarini hisoblashda sifat va son indikatorlari
bilan foydalanishni taklif qiladi. D.Sinkning metodi – natija (perfomance) asosida
baho berish.
D.Sink quyidagi sistemalarni ajratadi:
- effektivlik (effectiveness) - bu qo‘yilgan maqsadga erishish, bu quyidagi
ko‘rsatkichlar yordamida aniqlanadi: mahsulotningsifati, soni,
narxi mijozlarning
talablariga javob berishi lozim;
- tejamkorlik (efficiency) - resurslarni tejamkorlik bilan ishlatish;
- sifat (quality) - ishlab chiqarilayotgan mahsulotning standartlarga to‘g‘ri
kelishi;
- daromad (profitability) - bu yalpi daromadning xarajatlarga bo‘lgan nisbati
sifatida topiladi;
- ishlab chiqarish (productivity) - bu ishlab chiqarilgan mahsulot narxiga bitta
mahsulotga ketgan xarajatlar nisbati;
374
- ishlash muhiti (quality of work life) - sistemani to‘g‘ri ishlashiga yordam
beradi;
- yangiliklar (innovation) - yangi mahsulotlar ishlab
chiqarish va bozordagi
raqobatdoshlik bilan o‘lchanadi.
Bu sistemalarni D.Sink boshqaruv sa‘viyasiga moslab qo‘llaydi. D.Sink
quyidagi kriteriylarni o‘rganadi:
- sa‘viyaga nisbatan
-
Ishchilar
-
Guruhlar
-
Ishlab chiqarish bo‘limlari
-
Korxonalar
-
ish faoliyatiga nisbatan
-
Yangilik ishlab chiqarish
-
Ishlab chiqarish
-
Xizmat ko‘rsatish.
D.Sink ko‘rsatkichlari yordamida har bir sistemani o‘rnini, sistemani ishlash
sifatini, sistemalarni bir - biri bilan bog‘likligini aniqlay olamiz.
214
Korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati ko‘rsatkichlar va
yangiliklar va investitsion loyihalar samaradorligining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha
ularga tegishli bo‘lgan ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni iqtisodiy tahlil
qilish maqsadida ko‘rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalanish maqsadga
muvofiqdir :
-korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining
umumlashtiruvchi va
xususiy ko‘rsatkichlari;
-korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari;
-korxona investitsion faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari.
Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlari tizimi o‘z ichiga
quyidagilarni oladi: umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar:
-bir so‘mli mahsulotlarga xarajatlar va ularni pasaytirish foizi ;
214
―Oсновы менеджмента‖A.K. Семенов, В.И. Набоков, -М.:2010-С.334.
375
-mahsulot ishlab chiqarishga xarajatlarni nisbatan tejalishi;
-qo‘shimcha qiymat (shu jumladan amortizatsiya) va uni bazisli darajaga
nisbatan , hammasi bo‘lib va shu jumladan xarajatlarning nisbiy tejalishi hisobiga
o‘sishi;
-daromad va uni bazisli darajaga nisbatan hammasi bo‘lib
va shu jumladan
mahsulot moddiy va boshqa xarajatlarni tejarishi hisobiga o‘sishi;
-bo‘lajak foyda va uni bazisli darajaga nisbatan hammasi bo‘lib va shu
jumladan mahsulot tannarxini pasayishi hisobiga o‘sishi;
-qo‘shimcha qiymat va foydani mahsulot tannarxini pasayishi hisobiga
bazisli darajaga nisbatan o‘sishi darajasi % da.
Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy xarajatlar va energiya resurslari
sarflanishi ko‘rsatkichlarining xususiy ko‘rsatkichlari :
-bir so‘mli mahsulotga moddiy xarajatlar va energiya
resurslari sarflanishi
mahsulotni (material iste‘mol qilishi va energiya iste‘mol qilishi) va ularni
pasayishi foizi;
-mahsulot ishlab chiqarishga moddiy xarajatlar va energiya sarflanishi
qiymatiy aks Ettirilishidagi nisbiy tejalishi;
-foyda, qo‘shimcha qiymatni va daromadni mahsulotni material iste‘mol
qilishi va energiya iste‘mol qilishini pasaytirish hisobiga o‘sishi ;
-foyda va qo‘shimcha qiymatni mahsulotni material iste‘mol qilishi va
energiya iste‘mol qilishini pasaytirish hisobi o‘sishining ulushi , % da .
-mahsulotning material sig‘imi va energiya sig‘imi
pasaytirilishi hisobidan
foyda va qo‘shilgan qiymat o‘sishining foizdagi ulushi.
16.1-rasmda
ishlab
chiqarish
faoliyatining
iqtisodiy
samaradorligi
ko‘rsatkichlari tasniflangan bo‘lib, ular jumlasiga: mehnat unumdorligi, uning
murakkabligi, material qaytimi hamda sarfi, kapital qaytimi hamda sarfi va
energiya sarfi va ekologik samaradorlik kabi ko‘rsatkichlar kiritilgan.
Bular
bevosita innovatsion loyihadan kutilayotgan natijalarga ta‘sir etadi.