O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solishni



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

15.2.Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solishni 
amalga oshirish 
Innovatsiyalarni moliyaviy tartibga solish faoliyatining oliy shakli-bu 
innovatsion faoliyatni boshqarishning innovatsion siyosatini ishlab chiqish va 
o‘tkazishdir. Bunday siyosat hozirgi ijtimoiy taraqqiyot uchun innovatsion 
faoliyatning ustuvor ahamiyatini tastiqlash asosida ishlab chiqiladi. Davlat 
innovatsion faoliyat uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlarni yaratib 
beradi.Innovatsion faoliyat qoidaga ko‘ra, noaniqlik va xatarning yetarlicha
yuqori darajasi bilan ta‘riflanadi, shuning uchun innovatsion jarayonlarning
manbalarini ko‘pligi, egiluvchanligi va texz o‘zgaruvchan, turbulentli muhitga
moslashuvchanligi innovatsion faoliyatni moliyaviy tartibga solishning muhim
tamoyillaridan bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyatning byudjet mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish davlat 
innovatsion siyosatining maqsadlari va ustuvorliklariga muvofiq amalga 


360 
oshiriladi va ham yirik ko‘lamli ilmiy-texnik muammolarni hal qilish va ham
kichik va o‘rta inoovatsion tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallanadi. 
Davlat byudjetidan ajratilgan mablag‘lar davlat innovatsion fondlari (Davlat
fundamental tadqiqotlar fondi, ilmiy-texnik sohada korxonalarning kichik
shakllarini rivojlantirishga ko‘maklashish fondi, davlat ishlab chiqarish 
innovatsiyalar fondi kabilar), davlat maqsadiy innovatsion dasturlari va yuqori
samarali loyihalar, hamda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash dasturlariga yo‘naltiriladi. Samarali innovatsion loyihalarni davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi davlatni ularni moliyalashtirishdagi (qoidaga 
ko‘ra, tanlov asosida) ishtirokining qaytarilish asosidagi markazlashtirilgan
investitsion kreditlar, innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar
Aksiyalari bir qismini davlat mulkida mustahkamlash, mamlakatimiz va xorijiy
kredit-moliya muassasalari tomonidan innovatsion faoliyat subyektlariga
beriladigan innovatsion kreditlar bo‘yicha davlat kafolatlari kabi shakllarini
ko‘zda tutadi.
Innovatsion faoliyat subyektlari byudjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilish
manbalari, tuzilishi va usullarini mutaqil ravishda belgilaydilar (innovatsion 
faoliyatni moliyalashtirishga byudjetdan tashqari mablag‘lar davlat va nodavlat 
mablag‘laridan jalb qilinadilar). 
Tashkilotning innovatson faoliyatini nafaqat tashqaridan jalb qilinadigan 
moliyaviy mablag‘lar hisobiga, balki shaxsiy mablag‘lar hisobiga ham olib 
borish mumkin. Amortizatsion ajratmalar fondi va ishlab chiqarishni 
rivojlantirish fondi tashkilot innovatsion faoliyatini moliyalashtirishning muhim
ichki mablag‘lari bo‘ladilar. 
Amortizatsion ajratmalar fondini ta‘riflab turib, ta‘kidlash kerakki, 
amortizatsiya - bu asosiy fondlar qiymatini mahsulot qiymatiga va materiallar 
bilan bir qatorda asosiy ishlab chiqarish omili bo‘ladilar. Ular mehnat
vositalaridan iborat bo‘ladilar, keyingilardan xo‘jalik jarayonida ko‘p marta
foydalanadilar va bunda ular o‘zlarining buyumli - tabiiy shaklini
o‘zgartirmaydilar. Asosiy ishlab chiqarish fondlarini turlar bo‘yicha tasnifi


361 
idoralar, inshootlar, uzatuvchi qurilmalar, mashinalar uskunalar (shu jumladan, 
kuchlanish va ishchi mashinalar va uskunalar, o‘lchov va tartibga solish 
asboblari, hisoblash texnikasi), qurollar kabi guruhlarni o‘z ichigav oladi. 
Asosiy fondlarni xarid qilishga sarflangan pul mablag‘lari asosiy mablag‘lar 
deb ataladi. Asosiy va aylanma mablag‘lar o‘rtasida aniq chegarani o‘tkazuvchi
ikkita mezonlar qabul qilingan : xizmat muddati (1 yildan ko‘proq) va qiymat (100 
MROT dan ko‘proq). Masalan, xizmat muddati 1 yildan ko‘proq , ammo qiymati 
100 eng kam ish haqidan kamroq bo‘lgan asbob asosiyga emas aylanma fondga 
kiritiladi.
Ishlab chiqarish jarayonida asosiy fondlarning qiymati qismlar bo‘yicha 
ishlab chiqarilayotgan mahsulotga ko‘chiriladi. Bunda asosiy fondlarning 
o‘zlarining moddiy va ma‘naviy eskirish natijasida narxlar pasayadi (yer bundan 
istisno). Bu eskirishning amortizatsion ajratmalar ko‘rinishidagi qiymati 
amortizatsion fondda tanlanadi. Amortizatsion ajratmalarning miqdorlari davlat 
idoralari tomonidan asosiy mablag‘larning balansli qiymatiga nisbatan foizlarda 
belgilanadi va amortizatsion ajratmalarning me‘yorlari deb ataladi. Ko‘pgina 
hollarda bu me‘yorlar asosiy fondlar qiymatini ularning xizmat muddatiga bo‘lish
yo‘li bilan hisoblab chiqiladi.
Innovatsion faoliyatni sarmoyadorlar mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish 
kreditli investitsiyalar, innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan bosib 
chiqarilgan qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga 
investitsiyalar; pul shaklidagi, qimmatbaho qog‘rzlar, asosiy fondlar, sanoat va
aqliy mulk va ularga huquqlar ko‘rinishidagi, innovatsion faoliyatni hamkorlikda
olib borish haqidagi sheriklik bitimlarini tuzish asosida amalga oshiriladigan 
to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritmalar ko‘rinishida lizing va investitsiyalarni jalb qilishning 
boshqa usullaridan foydalanish asosida amalga oshiriladilar. 
Innovatsion korxonalar faoliyatini kreditlashning zamonaviy tizimlari
asosiy alomatlaridan biri uning shartnomali asosidir. Kreditlashtirish masalasi 
bo‘yicha vujudga keladigan barcha masalalar bevosita shartnoma tuzgan
tomonlar, masalan, qarz oluvchi korxona va bank tomonidan hal qilinadi. 


362 
Investitsion kreditni berish haqidagi masalani hal qilishda sarmoyador
bozordagi innovatsion kreditni amalga oshirilishi imkoniyatini, innovatsion
korxona daromadlarining kutilgan o‘sishini va boshqa muhim ta‘riflarni tahlil
qiladi, uzoq muddatli kreditlar holida esa umuman innovatsion korxonaning
iqtisodiy holati istiqbollari ham baholanadi. 
Moliyaviy kiritmalarni o‘zini o‘zi qoplashining bu va boshqa ta‘riflarini
olish uchun sarmoyador, qoidaga ko‘ra, kreditni ajratish haqidagi qarorlarni qabul 
qilishda innovatsion loyihaning tegishli biznes-rejasini ko‘rib chiqadi. 
Sarmoyadorlar innovatsion faoliyat subyektlari tomonidan bosib
chiqarildgan qimmatbaho qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar)ga 
mablag‘larni kiritib, innovatsion faoliyatni moliyalashtirishlari mumkin. 
Innovatsion korxonalar ko‘pgina shaxsiy mablag‘lari istiqbolli innovatsion 
loyihalarni moliyalashtirishlari mumkin. Innovatsion korxonalar ko‘pgina shaxsiy 
mablag‘lari istiqbolli innovatsion loyihalarni moliyalashtirish, moddiy-texnik 
bazani rivojlantirish, kerakli ITTKIni o‘tkazish uchun etishmagan holda
qimmatbaho qog‘ozlarni qo‘shimcha bosib chiqarishga murojaat qiladilar. 
Innovatsion loyihalar ixtiyoriy holda qatnashiladigan tanlov asosida davlat 
innovatsion dasturlariga kiritiladi. Tanlovda ishtirok etadigan innovatsion loyihalar 
davlat ilmiy-texnikaviy va ekologik ekspertizasidan o‘tishlari shart. Mazkur 
ekspertizalarning predmeti ularning yangilik darajasi, ijtimoiy-iqtisodiy va 
ekologik samaradorligidir. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish