O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


-rasm.  Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

 
15.1-rasm.
 Innovatsion faoliyatini davlat tomonidan tartibga
solish asoslari
205
 
 
205
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015-C.167.


354 
Huquqiy dalolatnomalar davlat tomonidan innovatsion faoliyatni tartibga 
solishning asosiy vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bunday normativ-huquqiy 
dalolatnomalar innovasiyalarni ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha me‘zonlarni 
aniqlashga 
hamda 
bozor 
innovatsion 
infratuzilmasini 
shakllantirishga 
yo‘naltirilgan. 
Ilmiy-innovatsion salohiyatning rivoji ayniqsa mamlakatning mudofaa 
qobiliyatini mustahkamlash uchun katta ahamiyatga ega. Ayni vaqtda ilmiy-
texnikaviy va innovatsion jarayonlarning baynalminallashuvi mamlakatlarning 
o‘zaro texnologik qaramligining kuchayishi oqibatidagi nizolar tahdidini 
kamaytiradi. Masalaning ichki tomoni halokatlar, tabiiy ofatlar, terroristik aktlar, 
huquqbuzarlik xatti-harakatlarining oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini 
kamaytirish imkonini beruvchi yangiliklarning tarqalishi bilan bog‘liq. 
Innovatsion faoliyatini huquqiy tartibga solayotganda muhim vazifani davlat 
siyosati ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi printsiplari qatnashishi kerak: 
1.Ilm va ilmiy-texnik ijodkorlik erkinligi; 
2.Intellektual mulk huquqini himoyasi;
3.Ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi raqobatni qo'llab-quvvatlash; 
4.Biznes va ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish; 
5.Mamlakatning davlat siyosatini ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha resuslarni 
konsentratsiyasi; 
6. Xalqaro hamkorlik taraqqiyoti.
206
Innovatsion jarayonlarning davlat tomonidan tartibga solinishi zarurati 
nafaqat ularning umummilliy ahamiyati bilan, balki iqtisodiy mazmuni bilan ham 
izohlanadi. Bir tomondan hozirgi kunda innovatsiyalar bozor talabini yaxshiroq 
qondirish, ishlab chiqarish xarajatlarini raqobatchilarnikiga nisbatan pasaytirish 
hisobidan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning foydasini ko‘paytirishning asosiy 
vositasiga aylanib bormoqda. Boshqa tomondan esa klassik bozor mexanizmlari 
sharoitida ilmiy-texnikaviy natijalarning olinishi ancha mushkullashgan, ko‘pgina 
innovatsiyalar esa xo‘jalik amaliyotiga joriy etilmagan bo‘lur edi.
206
А. М. Мухамедьяров. Инновационный менеджмент: учебное пособие. Высшееобразование. 2015-C.188.


355 
Jahon tajribasi shuni kơrsatadiki, davlatning izchil ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishi va tashqi bozordagi raqobatbardoshligiga birinchi navbatda rivojlangan 
milliy innovatsion tizim orqali erishiladi. Demak, milliy innovatsion tizimning 
barcha elementlari shakllanishi va samarali ơzaro aloqa qilishi davlat innovatsion 
siyosatining bosh maqsadidir. Bu boradagi tadqiqot ob'ekti asosan jahon 
taraqqiyotining texnologik yadrosiga kiruvchi mamlakatlar – AQSh, Yaponiya, 
Germaniya , Angliya va Fransiya ; 
AQShda innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish tashkilotlari 
quyidagilar: 
-Amerika ilmiy jamğarmasi (asosan amaliy tadqiqotlarni qơllab-quvvatlash 
bilan shuğullanadi); 
-Amerika ilmiy kengashi (asosan sanoat va universitetlarni qơllab-quvvatlash 
bilan shuğullanadi); 
-NASA (Milliy kosmik agentlik); 
-Milliy standartlar byurosi; 
-Milliy soğliqni saqlash instituti; 
-Mudofaa vazirligi; 
-Sanoat tadqiqotlari milliy markazi; 
-Milliy fanlar akademiyasi; 
-Milliy texnika akademiyasi; 
-Ilm-fanni rivojlantirishga kơmaklashuvchi Amerika assosiasiyasi. 
Sơnggi tơrtta tuzilma aralash, qolganlari federal budjetdan moliyalashtiriladi. 
Davlat tashkilotlari ichki bozorda va chet mamlakatlarda innovatsion 
jarayonlarni 
monitoring 
qilib 
borish 
va 
prognozlashtirish 
bilan 
ham 
shuğullanishadi. Kơpchilik hollarda ushbu tashkilotlar samarali zamonaviy 
texnologiyalarni topish hamda ularning ommaviy joriy etilishini ta'minlash bilan 
shuğullanishadi. AQShda innovatsion loyihalarni davlat ekspertizasidan ơtkazish 
tizimi mavjud bơlib, ushbu ekspertizadan ơtgan innovatsion tashkilotlarga turli 
imtiyozlar berilishi mumkin ( elektr energiya tơlovlari, aloqa xizmatlari va boshqa 
tơlovlardan ozod etish). 


356 
Innovatsion jarayonlarni bilvosita tartibga solish chora-tadbirlari orasida 
avvalambor, soliq imtiyozlarini qayd etish lozim. Foydani imtiyozli soliqqa tortish 
soliqqa tortiladigan bazani qisqartirish, soliq stavkalarini kamaytirish yơli bilan 
amalga oshiriladi. 
Qơshma Shtatlarda innovatsion faoliyatni rivojlantirish maqsadida 1984 yilda 
―ITTKI sohasida kooperasilar‖ qonuni qabul qilingan. AQShda boshqaruv 
qarorlarini 
bashoratlash, 
standartlashtirish, 
optimallashtirish, 
innovatsionloyihalarning 
davlat 
ekspertizasi, 
innovatsiyalarning 
davlat 
statistikasini yaritishga katta e'tibor qaratilmoqda.
207
Innovatsion loyihalarni boshqarishni borishida innovatsiyalarni yaratish va 
tarqatish jarayonlarining tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy me‘yoriy-huquqiy tartibga 
solinishi amalga oshiriladi. Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli 
yondoshish innovatsion faoliyatni tartibga solishning har xil turlari organik
birlashishi, majmuaviyligi, yagonaligi zarurligini bildiradi. 
Innovatsion faoliyatni tartibga solish har xil darajalarda: umuman davlat
darajasida, mintaqaviy darajada, alohida korxona, tashkilot, muassasa darajasida
amalga oshiriladi. Innovatsiyalarni boshqarishga tizimli yondoshish har xil
darajalardagi regulyativ innovatsion faoliyatning yagonaligi, barcha boshqaruv 
qurollari va qarorlarining yaqindan o‘zaro aloqasi va muvofiqlashganligini ko‘zda
tutadi. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishi innovatsion
loyihalarni boshqarishning asosini tashkil qiladi. Davlat innovatsion faoliyatni
tartibga solishning barcha turlari- tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy, me‘yoriy- 
huquqiyni amalga oshiradi. Bu tartibga solish innovatsion bashoratlar va 
strategiyalar bazasida amalga oshiriladi. 
Mamlakat ijtimoiy - iqtisodiy rivojlanishining tarkibiy qismi bo‘lgan
innovatsion bashoratda innovatsion faoliyatning asosiy parametrlari (uning
yo‘nalishlari, turlari, obyektlar, oqibatlari va h.k.)ni oldindan ko‘rish ishlab 
chiqiladi. Innovatsion bashoratlarda bazisli innovatsiyalar o‘zlashtirish va 
207
Paul Trott ―Innovation management and New Product Development‖ 2012-p.92.


357 
tarqatish, yangi ko‘p ilm iste‘mol qiluvchi mahsulotlar va texnologiyalardan 
amalda foydalanishlarning sotsial-iqtisodiy oqibatlar stsenariyasi quriladi. 
Innovatsion strategiyalarda innovatsion faoliyatning ustuvor yo‘nalishlari 
belgilanadi. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonlarini 
boshqarish uchun davlat maqsadiy dasturlari (DMD) muhim rol o‘ynaydilar. Bu 
dasturlar davlat byudjeti mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larni ham
ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni moliyalashtirish va ham ularning
natijalaridan foydalanish bo‘yicha innovatsion faoliyatga jamlaydi. DMD fan va
texnikani rivojlanishining ustuvor yo‘nalishlari, davlat darajasidagi tanqidiy 
texnologiyalarning ro‘yxati, xalq xo‘jaligi yuqori texnologik sohalarni
rivojlanishining muhim muammolarini ajratish asosida yuqori sifatli innovatsion 
loyihalarning qo‘llab-quvvatlashini ta‘minlaydi. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tartibga solinishining keyingi 
darajasi texnologik rivojlanish dasturlari (TRD) da amalga oshiriladi, ular xalq 
xo‘jaligi sohalarini rivojlantirish strategiyalari doirasida amalga oshiriladi. Bu 
dasturlarda innovatsiyalarning asosiy qismi ularda ishtirok etayotgan 
korxonalarning shaxsiy mablag‘lari va kredit manbalardan ta‘minlanadi, 
davlatning ishtiroki esa asosan ishlarni muvofiqlashtirish va tijorat xatarini 
oshishi bilan bog‘liq yoki qandaydir sabablarga ko‘ra korxonalar tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan bosqiyalarni qo‘llab-quvvatlashdan 
iboratdir. Bu holda davlatning TRD dagi ishtiroki asosan kafolatlar va qaytarma 
moliyalashtirish shaklida amalga oshiriladi. 
Innovatsion loyihalar DMD yoki TRD ga tanlov asosida kiritiladi, unda
ishtirok etish ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi. Tanlovda ishtirok etayotgan 
innovatsion loyihalar albatta davlat ilmiy-texnik va ekologik ekspertizasidan 
o‘tishlari kerak, uning predmeti bularning yangiligi, sotsial-iqtisodiy va ekologik
samaradorligidan iboratdir. 
Innovatsion 
faoliyatni 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solinishi 
tijoratlashganlikning katta darajasidagi ayrim innovatsion yuqori samarali 
loyihalarni qo‘llab-quvvatlanishi shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Shu narsa 


358 
juda muhimki, davlat qo‘llab - quvvatlashi uchun innovatsion loyihalarni 
tanlashning konkursli tizimi muntazam ravishda takomillashmoqda. E‘tibor 
nisbatan kichik va o‘zini o‘zi tez qoplaydigan innovatsion loyihalarning 
salmog‘i oshishiga qaratilmoqda, ular loyihaning innovatsion mahsulotiga 
kafolatlangan bozor talabini mavjudligida byudjetdan va korxonalar shaxsiy 
mablag‘lari hisobidan ustuvor moliyalashtirish sharoitlarida ishlab chiqariladi.
Shunday qilib, innovatsion loyihalarni davlat tomonidan tartibga solinishi 
davlat va mintaqaviy innovatsion dasturlarga kritilgan innovatsion loyihalarni 
hamda ayrim innovatsion loyihalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash 
shaklida aks Ettirilishi mumkin. Innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga 
oshirish uchun davlatni innovatsion faoliyat uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy 
sharoitlar yaratishi prinsipial muhim bo‘ladi. 
Innovatsion 
faoliyatni 
davlat 
tomonidan 
tartibga 
solinishining 
innovatsiyalarni yaratish, o‘zlashtirish va tarqatishga ko‘maklashuvchi iqtisodiy 
omillar bozor munosabatlarini rivojlanishi, tadbirkorlikni faollashishi, vijdonsiz 
raqobatni yo‘nalini kesish, innovatsiyalar bozorida talabni o‘sishiga
ko‘maklashuvchi soliq siyosati va narxni tashkil qilish siyosatini o‘tkazish, 
barcha subyektlar tomonidan innovatsion faoliyatni olib borish uchun foydali 
soliq sharoitlarini yaratish, ko‘p ilm iste‘mol qiluvchi loyihalar lizingini 
rivojlantirish, xalqaro bozorda mamlakat innovatsion mahsulotini qo‘llab-
quvvatlashdan iboratdir. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan tashkiliy tartibga solinishi davlat va
mintaqaviy innovatsion dasturlarga kiritilgan innovatsion dasturlash, hamda
alohida ahamiyatga ega innovayion dasturlarni qo‘llab-quvvatlashda, balki
innovatsion infratuzilmani rivojlantirishga davlat tomonidan yordam berilishi, 
innovatsione faoliyatni xodimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, innovatsion
faoliyatni amalga oshiruvchi xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va 
malakasini oshirishga ko‘maklashishda namoyon bo‘ladi. 
Innovatsion faoliyatni davlat tomonidan moliyavyi tartibga solinishi 
innovatsion faoliyatni moliyalashtirish, innovatsion sohaga davlat resurslarini 


359 
yo‘naltirish, ijtimoiy rivojlanish uchun muhim, ammo xususiy sarmoyadorlar
uchun o‘ziga jalb qilmaydigan innovatsion dasturlar va loyihalarni amalga 
oshirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri davlat investitsiyalarini ajratishni ta‘minlovchi
byudjet siyosatini o‘tkazishga asoslangan. 
Davlat innovatsion faoliyatini faollashtirish uchun qonunchilik sharoitlarini 
yaratadi, uning subyektlari o‘zaro munosabatlarining huquqiy asoslarini
belgilaydi, ularning huquqlari va manfaatlarining himoyasini, xususan aqliy mulk
obyektlariga huquqlar kabi innovatsion faoliyatni rivojlanishi uchun muhimroq 
huquqlar himoyasini kafolatlaydi. Qulay innovatsion vaziyatni yaratish, 
innovatsion faoliyatning ustuvorligini ta‘minlash innovatsiyalarni yaratish va 
tarqatish jarayonini tartibga solishning muhim usuli bo‘ladi.
Mamlakatning jahon bozoridagi raqobatbardoshligi ko‘proq bog‘liq bo‘lgan
iqtisoddagi innovatsion vaziyat qisman o‘tkazilayotgan ITTKIning tuzilishi, 
hajmi va xarakteri bilan belgilanadi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish