O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov


Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish



Download 4,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/211
Sana25.02.2023
Hajmi4,77 Mb.
#914539
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211
Bog'liq
Инновация дарслик 2018

13.3.Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish 
 
Hozirgi zamonda jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy 
moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo‘nalishlar tobora rivojlanib 
bormoqda. Innovatsion faoliyatda moliya va banklar ishtirokining ushbu turi 
sanoatning resurs sig‘imi va kapital sig‘imi yuqori bo‘lgan tarmoqlarning ishlab 
chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga muhtoj 
bo‘lgan mamlakatlar va mintaqalar uchun alohida ahamiyatga egadir. 
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish deganda moliyalashtirishni 
tashkil etishning shunday tipi tushuniladiki, bunda loyihani ro‘yobga chiqarishdan 
olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai bo‘lib 
hisoblanadi. Shunga qaramasdan, turli mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ 


328 
atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan AQSh da mazkur atama innovatsion 
loyihaning 
kattagina 
qismi 
ta‘sischining 
o‘z 
mablag‘lari 
hisobidan 
moliyalashtirilishini va qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai loyihani 
amalga oshirishdan keladigan daromadlar ekanligini anglatadi. 
Yevropada bu atama loyihalarni ro‘yobga chiqarish uchun zarur moliyaviy 
resurslar bilan ta‘minlashning turli variantlari va usullariga nisbatan qo‘llanadi. 
Hozirgi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi banklar tomonidan 
berilayotgan kreditlar, davlatning qo‘llab-quvvatlashi, turli sug‘urta kompaniyalari 
va boshqa manfaatdor investorlarning ko‘magiga asoslangan moliyaviy va tijorat 
operatsiyalariga nisbatan qo‘llanmoqda. 
Innovatsiyalarni 
loyihaviy 
moliyalashtirishning 
bir 
nechta 
turlari 
mavjud.Ularning asosiy turi loyihaning uning ishtirokchilarining kreditga 
layoqatliligini kafolatlarini hamda uchinchi shaxslarning kreditni so‘ndirish 
bo‘yicha kafolatlarini hisobga olmagan holda yashash qobiliyatiga asoslangan 
moliyalashtirishdir. Ikkinchi turida innovatsiyalarni moliyalashtirishda qarzlarni 
so‘ndirish manbai loyihani ro‘yobga chiqarish natijasida generatsiyalanadigan pul 
oqimlari hisoblanadi. Uchinchi turi shunday moliyalashtirishni ko‘zda tutadiki, 
bunda loyihaning amalga oshirilishi natijasida generatsiyalanadigan naqd 
mablag‘lar oqimi hamda korxonaning aktivlari kreditni ta‘minlashga xizmat qiladi. 
Loyihaviy moliyalashtirishning to‘rtinchi turi kreditni korxonaning iqtisodiy va 
texnikaviy yashash qobiliyatining o‘zi ta‘minlashidan iborat.
196
Loyihaviy moliyalashtirish an‘anaviy ravishda investitsion loyihalarga 
mo‘ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik 
yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. 
Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli
baholashga talablar ham o‘sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va 
tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning 
yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni
196
Вертакова Ю.В. Симоненко Б.С. Управление инновациями: теория и практика. –М.: Высшее 
экономическое образование, 2008-.C.211.


329 
topish qiyin. Ishonchli ta‘sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va 
operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. 
Shunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng 
katta qiziqishni uyg‘otadi. 
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va 
moliyalashtirish haqidagi uchta prinsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish 
qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko‘rinadiki, 
innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko‘lamdagi 
xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. Shubhasiz, 
innovatsion jarayonlar bu yerda maqsadning o‘zi emas, balki tadbirkorlik 
muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo‘ladilar. Innovatsion biznes har xil
tashkiliy fondlarda akademik ―sof fan‖ va xususiy sarmoya manfaatlari o‘rtasida 
vositachi bo‘ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko‘rib chiqiladi. 
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga
to‘g‘ridan to‘g‘ri ta‘sir ko‘rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni 
davlat tomonidan vositali qo‘llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy 
qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy 
muhitni yaratilishida namoyon bo‘lishi mumkin. Davlat o‘zbek iqtisodiyotining 
hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o‘ziga ololmaydi, ammo 
innovatsion biznesni qo‘llab-quvvatlovchi tadbirlarning to‘liq turli tumanligini 
ta‘minlashi mumkin. 
Va nihoyat, uchinchisi - innovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko‘p
variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy
sarmoyadorlar hamkorligining ko‘p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda
yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va 
innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik 
ekologik xatarlardan kafolatchi bo‘lgan holda o‘ziga munosib o‘rinni topishlari 
mumkin.


330 
Jahon 
amaliyotida 
loyihaviy 
moliyalashtirish 
ostida 
ko‘pincha 
moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani 
sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbai 
bo‘ladi. Shunga qaramay har xil mamlakatlarda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ 
atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQShda uning ostida moliyalashtirishni 
shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi
ta‘sischining shaxsiy mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda
daromad qarz majburiyatlarini to‘lashning yagona manbalaridan bo‘ladi.
Yevropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan 
moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo‘llariga nisbatan
qo‘llaniladi. Keyingi vaqtda ―loyihaviy moliyalashtirish‖ atamasi ham banklar 
tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo‘llab-
quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug‘urta 
kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo‘llab-quvvatlashiga 
asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo‘llaniladi. 
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta‘sischilar va 
ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona 
tuzilgan texnik-iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan
kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga 
oshirilishi va yuqori foydalanish ta‘riflarida iborat. Loyiha va hukumat 
muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish obyektini atroflicha 
bilishni muhim deb hisoblash kerak. 
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib
chiqaruvchi sohalar va energetika, neft - gaz xomashyoni qayta ishlash, 
energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan 
turlari, qurilish materiallarining ba‘zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy 
mahsulotlarni kiritish mumkin. Shu jumladan, ―sof‖ loyihaviy moliyalashtirish na 
moliyalashtirishning qo‘shimcha manbalarini va na qo‘shimcha kafolatlarni talab 
qiladi va xatarning har xil turlarining ma‘qul darajasiga asoslangan. 


331 
Agar pul mablag‘larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat 
bo‘lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni
to‘lashning ikkilamchi manbai bo‘lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida 
qazib chiqaruvchi sohalarning ko‘p ilm iste‘mol qiladigan ishlab chiqarishlari,
yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompyuter tarmoqlarini
ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa 
mahsulotlarini 
ishlab 
chiqarishni 
keltirish 
mumkin. 
Loyihaviy
moliyalashtirishning ko‘pgina operatsiyalari ―sof‖ sxemadan farq qiladilar. Bu
nostandart xavflarning o‘rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq 
foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga 
tushumlar va ko‘pgina boshqa narsalar bo‘lishlari mumkin. 
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro
tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rol o‘ynaydi. Ammo loyihaviy
moliyalashtirishga, qoidaga ko‘ra, pul mablag‘larining beqaror oqimi 
generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to‘lashning ishonchli ikkilamchi
manbai bo‘lib xizmat qiladigan obyektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning 
tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o‘rtasida taqsimlanishi uchun
ko‘pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni 
diversifikatsiyalash 
loyihaviy 
moliyalashtirishning 
imkoniyatlarini 
kengaytirishning muhim tamoyili bo‘ladi. 
Innovatsion loyihalar o‘z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish 
usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab 
olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo‘llanilayotgan 
tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o‘aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb 
hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o‘rtasida muhim farqlar mavjud. 
Yangi sanoat obyektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy 
axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko‘pchiligi uchunligiga 
qaraganda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir. 
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib, 
shundayafzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq 


332 
kichik moliyaviy yo‘qotishlarda to‘xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni 
tanlab olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili 
o‘ziga e‘tiborni qaratadi. 
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko‘p duch 
kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g‘oyatda 
murakkabdir. Shunday hollarda ma‘lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida 
qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko‘rilmagan 
muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, ―Mitsubisi‖, Appel va 
ko‘pincha boshqa kompaniyalarga). 
Innovatsion loyihalar nafaqat ko‘p mezonliligi va noaniqlikning katta
darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi
shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo‘llangan harakatlarning 
olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur.
Shubhasiz, mezonlarning ko‘proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha
muvaffaqiyatliroq bo‘ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan 
variantni tanlab olish g‘oyatda qiyin. Shuning uchun loyihaviy xatarlarni
kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish 
uchun portfelli yondoshish keng qo‘llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo‘yicha uzoq va qisqa, 
belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo‘yicha har xil bo‘lgan turli 
tuman loyihalarga ega bo‘lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda 
firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning 
mazmuni yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko‘rib chiqilishi va yangilanishi 
kerak. 
Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta‘riflanadigan ustuvor 
yangilik kirtishlari bo‘yicha loyihalarni kiritish mumkin bo‘ladi, chunki bu holda 
cheklashlar portfelning umumiy xatari yo‘l qo‘yiladigan chegarasidan oshib 
ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga 


333 
eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, 
ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin. 
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida
sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo‘lmagan miqdori 
bilan ta‘riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori me‘yori 
bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam
resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur‘atlarini
bashoratlash osonroq. Shunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, 
yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo,
kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror 
tashqi muhitga ta‘sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga
yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini
toraytiradilar. 
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o‘lchamiga, 
balki innovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va 
boshqarish bo‘yicha malakasiga bog‘liqdir. 
Innovatsion loyihalarni sinchiklab va ko‘p tomonlama tahlil qilish va tanlab 
olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab 
chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning
o‘z guruhi ustun kelishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, innovatsion 
loyihalarni tahlil qilish tizimi qo‘llanilayotgan uslubiyotining ko‘pligi bilan
ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, 
metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik
darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli
tahlili bilan ko‘pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug‘ullanganlar. 
Ta‘kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish
yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik 
yechimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga
imkon beruvchi usullar va yo‘llarning yig‘indisi asosida amalga oshiriladi. 


334 
Innovatsion menejment quyidagi muhim jihatlarga asoslanadi: 
-mazkur innovatsiya uchun poydevor vazifasini o‘taydigan g‘oyalarni izlab
topish; 
-mazkur innovatsiya uchun innovatsion jarayonni tashkil qilish; 
-innovatsiyalarni bozorda olg‘a surish va ro‘yobga chiqarish jarayoni. 
Innovatsion menejment boshqaruv strategiyasi va taktikasini o‘z ichiga oladi. 
Strategiya qo‘yilgan maqsadga erishish uchun vositalardan foydalanishning 
umumiy yo‘nalishi va usulini belgilab beradi. 
Taktika-bu muayyan shart-sharoitlarda qo‘yilgan maqsadga erishish uchun 
qo‘llanadigan ma‘lum bir uslub va usullardir. Innovatsion menejment taktikasining 
vazifasi optimal qarorni tanlash va shu qarorni amalga oshirish uchun mazkur 
xo‘jalik vaziyatida qo‘llash mumkin bo‘lgan eng qulay usullarni tanlash san‘ati 
hisoblanadi. 

Download 4,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish