11.4.Loyihaviy guruhlarning o‟zaro ijtimoiy hamkorligi
Loyihaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlar xodimlarning ikki yoqlama
bo‘ysunishlari bilan bog‘liq: ular o‘z bo‘linmalarining rahbarlariga chiziqli
bo‘ysunishi saqlangan holda (marketolog marketing bo‘limi boshlig‘iga, dasturchi
-axborot texnologiyalari bo‘limi boshlig‘iga va h.k. bo‘ysunadi), shu vaqtning
o‘zida loyiha davrida loyihaning rahbariga (menejerga) ham bo‘ysunadi.
Bunday bo‘linish ma‘muriy boshqarish va xodimlarni boshqarish sohasida
qator vazifalarni hal qilish zaruratiga olib keladi.
Bo‘linma xodimlaridan kimlarni loyihaga vakil qilish kerakligini aniqlash
hamda bunday tashkiliy va vaqt resurslari hisobidan qilinishini tushunib olish,
ushbu xodimni qator joriy vazifalardan ozod qilish, ularni bo‘linma ichida qayta
taqsimlash, xodimlarni loyihadan xabardor qilish, loyihaviy guruhni shakllantirish,
uning ishtirokchilarini pozitsiyalash, mehnatga haq to‘lash va motivatsiyalashning
zid bo‘lmagan tizimini tuzgan holda jamoaning ichki va tashqi
kommunikatsiyasini tashkillashtirish zarur. Undan tashqari ushbu chizma eng
oddiy sxemani namoyish qiladi. Amalda loyihalar ko‘p bo‘lishi va har bir
mutaxassis bir nechta loyihada ishlashi mumkin, ya‘ni bo‘ysunish murakkablashib
boradi. Buning ustiga har bir xodim har xil loyihalarda turlicha pozitsiyalarda (bir
loyiha rahbari va ikkinchi loyiha qatnashchisi) chiqishi, loyihalar esa o‘zining
jozibadorligi va nafi bo‘yicha farq qilishi mumkin.
Loyihaviy guruhlarni tashkil qilishning yuqorida sanab o‘tilgan xususiyatlari
quyidagi asosiy psixologik holatlar bilan bog‘liqdir.
280
Xodimlarni muntazam va loyihaviy faoliyatga motivatsiyalash qarama-
qarshilik xususiyatiga ega. Bir tomondan loyihaviy faoliyat xodimni muntazam
vazifalardan ajratib qo‘yadi. Ikkinchi tomondan muntazam vazifalar bir xilligi
bilan zeriktirib qo‘yadi,loyihaviy faoliyat esa vakolatlarni rivojlantirish,
kengaytirish, nostandart vazifalarni hal qilish hududlarini ochib beradi.
Xodim bir necha pozitsiyalarni saqlab turishi lozim. U vaziyatni kengroq
ko‘rib chiqish, unda o‘zining funksional roli bilan bog‘liq bo‘lmagan tomonlarni
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo bunda manfaatlar to‘qnashuvi yuz beradi.
Masalan, tijorat bo‘limining yangi tovarni ilgari surayotgan mutaxassis sifatida u
mahsulotning bozorga chiqish muddatlarini maksimal darajada qisqartirishdan
manfaatdor bo‘lishi mumkin, lekin ushbu mahsulotni ishlab chiqish bo‘yicha
loyihaviy guruhning a‘zosi sifatida u mahsulotning hali «xom» ligini, unga hali
yana ishlov berish zarurligini tushunishi mumkin. Manfaatlar o‘rtasidagi nizolar
bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihada yoki foydali va foydasiz loyihalarda
qatnashishda kuchayib boradi.
Xodim o‘zi uchun yangi bo‘lgan jamoaga kirib boradi. U qisqa muddat ichida
yangi odamlar bilan tanishishi, tegishli aloqalar o‘rnatishi, o‘zaro bir-birlarini
tushunishga erishishi va ko‘p hollarda yuqori darajada bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan yangi faoliyat tizimiga kirib o‘rnashishi lozim.
Loyihaviy faoliyatda belgilab qo‘yilgan aniq doiralar xodimning o‘z-o‘zini
baholashiga kuchli ta‘sir o‘tkazuvchi shart-sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy boshqaruv - bu yahlit tizim sifatida jamiyatning elementlariga uni
qulay tashkil etilgan amal qilishi va rivojlanishi uchun maqsadga yo'naltirilgan
yoki tabiiy ta"sirning teskari aloqasi tamoyiligi asoslangan. Boshqaruvni tizimning
nafaqat amaliy holatini saqlash va qo'llab-quvvatlash, balki rivojlantirish
maqsadida zarurdir.
Ijtimoiy hamkorlikning asosiy tamoyillari quyidagi rasmda kơrsatilgan.
Tashkilotda gorizontal aloqalarning rivojlanishi va o‘zgarishi ro‘y beradi,
kommunikatsiyaning yangi rasmiy va norasmiy oqimlari vujudga keltiriladi.
281
Xodim (mutaxassis) ning bir nechta guruhlar bilan ikkilik yoki ko‘plikdagi
ayniyligi yuzaga keladi.
Rasm 11.2Ijtimoiy hamkorlik tamoyillari
Do'stlaringiz bilan baham: |