3 soniyalik fakt Kvant chigalligi
haqidagi Shryodinger
konsepsiyasi
Eynshteynga yoqmagan
edi. Biroq, Shryodinger
g‘oyalarining amaliy
isbotlangan paytda u
allaqachon vafot
etgandi.
Aloqador mavzular:
(99-sahifa)
Mulohaza uchun 3 daqiqa: Chigallashgan
(chalkashgan) kvant
zarralarining orasini
millionlab kilometr
masofa ajratib turgan
bo‘lsa-da, ularni yaxlit
bitta obyekt sifatida
qarash mumkin. Asosli
taxminlarga ko‘ra, kvant
chigalligi hodisasi yaqin
kelajakda kvant
kompyuterlarida va
shifrlash
texnologiyalarida eng
asosiy muhim ahamiyat
kasb eta boshlaydi.
Hozirgi paytda, axborot
texnologiyalarida
ma’lumotlar elektr
impulslari vositasida
uzatiladi va ular bit deb
nomlanadi. Kvant
kompyuterlarida esa
axborotni kubitlar
tashiydi. Kubitlar
subatom zarralari
darajasida o‘zaro
bog‘langan bo‘ladi.
Biografiyalar uchun 3 soniyadan: Allen Aspe (1947)
Kvant chigalligini
hodisasini amalda
isbotlagan fransuz
fizigi.
Shryodinger tajribasidagi bechora mushuk parchalanayotgan atom yadrosi bilan «bog‘lab» qo‘yilgan.
1928-yilning 28-iyun sanasida Belfastda, Jon Bell va Enni Braunli oilasida dunyoga kelgan. 1948 Qirollik universitetini amaliy fizika mutaxassisligi bo‘yicha tamomladi. 1949 Matematik fizika bo‘yicha Qirollik universiteti diplomini qo‘lga kiritdi va Xorvelldagi atom energetikasi tadqiqotlari institutida ish boshladi. 1954 Meri Rass bilan nikohdan o‘tdi. 1956 Birmingem universitetida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 1960 CERN loyihasida ishlash uchun Jenevaga. 1964 «Eynshteyn-Podolski- Rozen paradoksi haqida» deb nomlangan kitobini nashr etadi. Unda Bell tengsizligi ilk bora qalamga olingan. 1972 AQSHlik olimlar guruhi Bell teoremasining to‘g‘ri ekanini isbotlovchi ilk eksperimental tajribani amalga oshirishdi. Garchi bu tajribada qator kamchiliklar bo‘lgan bo‘lsa- da, lekin u kvant nazariyasining haq ekanini isbotlashga yetarli bo‘lgan. 1982 Allen Aspe Bell teoremasi vositasida kvant nazariyasining haq ekanini yana bir bora isbotladi va turli shubhalarga uzil-kesil chek qo‘ydi. 1987 AQSH Fanlar Akademiyasining faxriy a’zosi etib saylandi. 1990-yil, 1-oktyabr Shveytsariyada, Jeneva shahrida olamdan o‘tdi. 2008 Kvant mexanikasi sohasidagi fundamental tadqiqotlar uchun Jon Styuart Bell nomidagi maxsus mukofot ta’sis qilindi.
Jon Bell Jon Bellning aka-singillari 14-yoshidayoq maktabni tashlab, keyinchalik umuman o‘qishga qiziqishmagan edi. Shu sababli ham Styuart Jon Bellning ta’limni universitetgacha davom ettirib, keyinchalik olim bo‘lib yetishishi hamma qarindoshlari uchun taajjubli kutilmagan hol bo‘lgan. Uni asosan onasi qo‘llab quvvatlagan va o‘g‘lini hamma vaqt «professor» deb chaqirgan. Jon Bell avvaliga Belfastdagi Qirollik universitetining maxsus Oliy texnika maktabini tamomlagan. Universitetni tamomlagach u avvaliga moddiy qiyinchiliklar tufayli, ilmiy izlanishni davom ettira olmagan va ishlab, oilasiga ko‘mak berish uchun Xorvelldagi atom energetikasi tadqiqotlari departamentiga ishga kirgan. Aynan Xorvellda Jon Bell o‘zining bo‘lajak rafiqasi – Shotlandiyalik fizik Meri Rossni uchratadi. Ular turmush qurishgach, bir muddat o‘tib, oilaviy ravishda Jenevaga ko‘chib o‘tishadi va u yerda Yevropa yadroviy tadqiqotlar markazi, ya’ni, CERNda ishlay boshlashadi. Garchi, Bell uchun elementar zarralar fizikasi birinchi raqamli mashg‘ulot bo‘lgan bo‘lsa-da, lekin, unga 1963-yilda berilgan mehnat ta’tili, olimning ilmiy faoliyatini butunlay o‘zgartirib yubordi. Bell aslida kvant nazariyasiga nisbatan Eynshteynning