UDK 370.12:681.142.37
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA XALQARO BAHOLASH
DASTURLARI INTEGRATSIYASINI TA’LIM TIZIMIDAGI AHAMIYATI
Axmadaliyev Murodjon Ulug’bek o‘g’li
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat
pedagogika universiteti o‘qituvchisi.
axmadaliyevmurodjon@gmail.com
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xalqaro baholash dasturlari haqida so‘z
yuritiladi, o‘quvchilar bilimlarini hayotda qay darajada qo‘llay olishlari,
pedagoglarni kompetensiyaviy yondashuvga asosan bilimlarini rivojlantirish,
pedagoglarning egallagan bilim, ko`nikma va malakalari orqali xalqaro baholash
dasturlariga
tayyorgarlik
ko‘rish,
iqtidorli
o‘quvchilarning intellektual
potensialining muntazam rivojlanishiga shart-sharoit yaratishlari haqida so‘z
yuritiladi.
Kalit
so‘zlar:
Baholash,
raqamli
texnologiyalar,
raqamlashtirish,
raqamlashtirilgan formatdagi mahsulotlar, axborot texnologiyalari, dolzarb
masalalar, islohotlar, iqtisodiy o‘sish, yetuk mutaxassislar.
XXI asrga kelib butun dunyoda, barcha sohalarda raqamli texnologiyalar jadal
sur’atlarda rivojlanib, aqlbovar qilmaydigan yangiliklar yaratilmoqda. Bugun
jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng
joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har
bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. XXI asrni o‘zida iqtisodiyotda,
ishlab chiqarish sohalarida, qishloq xo‘jalik sohasida, qolaversa, ta’lim sohasida
ham juda katta raqamlashtirish ishlari olib borilyapti. Ushbu amalga oshirilayotgan
ishlar, avvalo, insonlar uchun amalga oshirilayotganligini ta’kidlash joiz. Raqamli
texnologiyalar kirib kelishi bilan insonlar mehnati unumdorligi oshib bormoqda.
Ta’lim sifati va samaradorligini oshirish yo‘lida xorijiy ilg’or tajribalarni
o‘rganish, xalqaro standartlarni ta’lim tizimimizga joriy etish hamda raqamli
texnologiyalardan keng foydalanish ta’lim-tarbiya jarayonida ham muhim
ahamiyatga ega. Ta’lim tizimida ham yuqori natijalarga erishish uchun, albatta,
raqamlashtirilgan formatdagi mahsulotlardan foyladanish kerak. Raqamli
texnologiyalar ta’lim sohasida ko‘plab ijobiy natijalar berishini xalqaro tajribalardan
ham ko‘rib turibmiz. Ta’lim tizimiga tadbiq etilayotgan zamonaviy texnologiyalar
avvalo, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi kerak.
Endilikda TIMSS tadqiqotida ham raqamli formatga, eTIMSS ga o‘tishga
e’tibor qaratilganligi sababli matematika qamrov doirasi yangilangan bo‘lib, qog’oz
shaklidagi topshiriqlardan raqamli (kompyuter) shakldagi topshiriqlarini baholashga
o‘tiladi. Bundan ko‘zlangan maqsad kompyuter yordamida baholashning
afzalliklaridan foydalanish bo‘lib, bu o‘z navbatida, qo‘llash va mulohaza yuritish
mazmun sohalarida baholashning yangi va takomillashtirilgan metodlarni
yaratilishiga olib keladi [3, 16-b].
Matematika va tabiiy fanlar qamrov doiralarini kengroq qamrab olish uchun
eTIMSS tadqiqotiga PSI deb tanilgan muammolarni hal qilish va tadqiqotchilikka
oid innovatsion topshiriqlar qo‘shimcha ravishda kiritiladi. PSIlarda real olam va
laboratoriya sharoitlari simulyatsiya qilinadi, bunda o‘quvchilar matematik
masalalarni hal qilish va ilmiy tajribalar yoki tadqiqotlarni o‘tkazish uchun amaliy
ko‘nikmalar va mazmun sohasiga oid bilimlarini qo‘llashlari va integratsiya
qilishlari mumkin. Dastlabki tajriba sinovlariga ko‘ra, o‘quvchilar PSIni qiziqarli va
ruhlantiruvchi deb hisoblashgan. Shuningdek, PSI yordamida o‘quvchilarning
muammolarni hal qilishlari yoki tadqiqotni amalga oshirish yo‘llarini raqamli
formatda kuzatish imkoniyati bo‘ladi. Muammolarni hal qilish jarayonida o‘quvchi
qo‘llagan qaysi yondashuv muvaffaqiyatli yoki muvaffaqiyatsiz ekanligi haqidagi
ma’lumotlarini o‘rganish ta’lim berishni yaxshilashga yordam beradigan
ma’lumotlarni tadqim etishi mumkin. eTIMSS ga o‘tishni qo‘llab-quvvatlash
maqsadida IEA Gamburg test topshiriqlarini yaratish, tarjima va tarjimani
verifikatsiya qilish, baholashni o‘tkazish, ma’lumotlarni kiritish va ballarni
hisoblashda operatsion samaradorlikni oshirish uchun eAssessment tizimini ishlab
chiqmoqda [3, 11-b].
TIMSS dasturi doirasidagi topshiriqlar endilikda raqamli tarzda berib
borilishini inobatga olib boshlang’ich sinf o‘quvchilarini ham kompyuter
savodxonligini oshirib borishimiz zarur. O‘quvchilarning aqliy salohiyatlari yuqori
bo‘lishi mumkin lekin texnik tomonlama topshiriqlarni qanday bajarishni bilmasalar
bu albatta yakuniy natijalarga salbiy ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. O‘quvchilar
berilgan topshiriqning javobini, qanday ishlanishini bilsalar lekin raqamli formatda
berilgan topshiriqlarni kompyuterda qanday qilib belgilashni tushunmasalar bu
TIMSS dasturida yuqori natijalarga erisha olmaslikdan dalolat beradi. Bu
muammoni yechimi sifatida boshlang’ich sinflarda o‘tiladigan texnologiya
darslarini zamon talablaridan kelib chiqqan holda kompyuter texnologiyalarini
o‘rgatishga qaratish lozim. Hozirda o‘qitilayotgan texnologiya darslari
o‘quvchilarni mehnat sevarlikka o‘rgatishda ahamiyati katta hisoblanadi. Shuni
inobatga olgan holda texnologiya darslariga qo‘shimcha soatlar ajratgan holda
o‘quvchilarni kompyuter texnologiyalari bilan ishlashga ham o‘rgatish zarur.
O‘quvchilar qo‘l mehnati orqali bajargan topshiriqlarini endilikda kompyuterlarda
ham bajarib ko‘rsalar ularda zamonaviy kasblaridan hisoblangan IT texnologiyalarni
o‘rganishga qiziqish uyg’onishi tabiiy. Daraxt nihol ekanida egiladi deb bejizga
aytishmagan.
TIMSS dasturi kelajakda to‘liq raqamli formatda o‘tkaziladigan bo‘lsa
o‘quvchilarda shu jarayonga moslashish ko‘nikmalarini shakllantirib borish kerak.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida raqamli texnologiyalarni bilmaslik insonni bir qanotli
qushga oxshatib qo‘yadi. Bir qanotli qush albatta ko‘klarga ucha olmaydi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, qanday soha bo‘lishiga qaramay, barcha
sohalarda raqamli texnologiyalarni qo‘llash yuqori samadorlikka erishish uchun eng
to‘g’ri yo‘ldir. Zamonaviy rivojlangan davlatlarda aholi uchun qulayliklar yaratish
maqsadida barcha yo‘nalish bo‘yicha mamlakat uchun dolzarb sohalardan biri
bo‘lgan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish jarayonida,
davlat boshqaruv
organlarida, shahar qurilishida, tadbirkorlikda, tibbiyotda hamda ta’lim sohasida
bo‘ladimi, albatta, raqamli texnologiyalarni keng qo‘llagan holda faoliyat olib
borilmoqda va bu o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Raqamli texnologiya insonlar
hayotiga shunday chuqur kirib bormoqdaki, hatto insonlar hayotlarini undan ayro
tasavvur etolmaydilar. Bunday texnika va texnologiyalar insonga shunday
imkoniyat yaratmoqdaki, bitta buyruq tugmasi orqali bir vaqtning o‘zida bir nechta
ishlarni bajarish ikoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bunday ish unumdorligi bo‘lgan joyda
albatta rivojlanish bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |