Etnografiya
(etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi
barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi
(etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va
maʼnaviy
taraqqiyot
darajasidan
qatʼi
nazar, teng holda
oʻzaro
tafovuti yoki umumiyligi va
oʻxshashligini,
ularning
oʻziga
xos xususiyatlarini
oʻrganuvchi
maxsus fan sohasi.
E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik
tuzilishi, urf-odatlari,
maʼnaviy
madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon
bilan
bogʻliq
holda
oʻrganadi.
Tarixiy E.
yoʻqolib
ketgan xalq va elatlar,
oʻtmishdagi
etnik jarayon, maishiy turmush va
maʼnaviy
madaniyat xususiyatlarini
tadqiq qiladi.
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo
boʻlgan
boʻlsada,
lekin mustaqil fan
sifatida 19-asrning
oʻrtalarida
shakllanib
boʻldi.
Dastlab, bu atamani 16-asrning
oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va
1808 yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E.
soʻzi
mashhur fransuz
tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida
alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
E. dastlab faktik bilimlarni
toʻplaydi,
keyin ularni tahlil etish orqali
mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari
oʻziga
xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi
muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan
bogʻliq
boʻlib,
oʻz
tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika,
sotsiologiya,
sanʼatshunoslik
bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Mazkur fanlarning
oʻzaro
bogʻliqligi
tufayli keyingi yillarda
qoʻshaloq
ilmiy
sohalar ham yuzaga keldi, mas, etnik antropologiya, paleoetnografiya,
etnolingvistika va boshqalar Hozirgi davrdagi etnik jarayonlarni teran va keng
miqyosda tadqiq qilishda keyingi yillarda
oʻtkazilayotgan
sotsiologik tadqiqotlar
yaxshi samara bermoqda. Natijada — etnosotsiologiya, etnopsixologiya kabi yangi
ilmiy sohalar yuzaga kelishi muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari,
tabiiygeografik sharoitga qarab yovvoyi
oʻsimliklarni
ekib
oʻstirish
yoki yovvoyi
hayvonlarni xonakilashtirish, urchitish kabi
oʻziga
xos turmush xususiyatlariga ega
elatlarning
xoʻjalik
xususiyatlarini aniqdashda E. bilan hamkorlikda etnobotaniqa
va etnozoologiya kabi yangi sohalar faoliyat
koʻrsatmoqda.
Xalqlarni
oʻrganishda
E. fani nihoyatda keng va xilmaxil manbalardan va
usullardan foydalanadi. Bir joyda uzoq yashab, kuzatish
yoʻli
bilan
oʻtkazilgan
tadqiqotlar eng samarali ekanligini mashhur etnograflar (L.Morgan,
N.N.MikluxoMaklay, V.G. Bogoraz) alohida qayd qilganlar. Qisqa muddatda,
ayrim mavsumlarda
oʻtkaziladigan
tadqiqot ishlari ekspeditsiya usuli
boʻlib,
hozir
keng tarqalgan va u mavsumiy usul deyiladi
7
.
Dala ishlarida, asosan, axborotchidan suhbat
yoʻli
bilan yozma yoki
magnitofon orqali
maʼlumotlar
toʻplash,
muayyan maishiymadaniy turmush
hodisalari, oilaniqoh munosabatlari va marosimlari, xalq sayillari va
oʻyinlarini
kuzatish, ularda bevosita ishtirok qilish va ularni jiddiy
oʻrganish
(yozish, chizish,
rasmga olish) kabi usullar
qoʻllaniladi.
Maʼnaviy
madaniyatni tadqiq qilishda
(ayniqsa, ayrim urf-odat va marosimlar, xalq
oʻyinlari,
ibodat, milliy raqslar)
zamonaviy texnika (foto, video va kinoapparaturalar) vositalaridan keng
foydalaniladi.
7
Hey, David (1996) The Oxford Companion to Local and Family History. Oxford University Press.
Oʻzbekistonda
E. fani.
Oʻzbekiston
hududida istiqomat qilgan qabila va
elatlar
toʻgʻrisidagi
eng qadimiy etn.
maʼlumotlar
ilk yozma manbalarda, yunon va
rim mualliflari Gekatey, Strabon, Gerodot, Arrian, Ptolemey va Ktesiy, sitsiliyalik
Diodor, Pompey Trog, Tatsit asarlarida uchraydi.
Oʻrta
Osiyo xalqlarining qadimiy ajdodlari va ularning turmush tarzi, urf-odat
va marosimlari
toʻgʻrisida
qimmatli
maʼlumotlarni
zardushtiylik dinining
muqaddas kitobi "Avesto"da ham
koʻrish
mumkin. Miloddan avvalgi 6—1-
asrlardan arab istilosigacha
Oʻrta
Osiyo xalqlariga tegishli
maʼlumotlarni
qadimiy
axomaniylar davriga oid qoya tosh bitiklarida, parfiyoniy,
sugʻdiy,
xorazmiy,
baxtariy yozma yodgorliklarida, xitoy sayohatnomalarida, sosoniylar Eronining
oʻrta
forsiypahlaviy tildagi yodgorliklarida, arman tilidagi manbalarda, qadimiy
turkiy yozma yodgorliklarda uchratamiz.
Ilk
oʻrta
asr (912-asrlar) mualliflari geograf va sayyohlar Ibn Xurdodbeh,
alBalxiy, Istaxriy, Ibn Havqal,
Masʼudiy,
Yoqut Hamaviylar
oʻz
sayohatnomalarida Sharq xalqlari E.si
boʻyicha
qimmatli
maʼlumotlar
yozib
qoldirganlar.
Xalq
ogʻzaki
ijodi namunalari
boʻlgan
"DadaQoʻrqut",
"Alpomish", "Manas",
"Goʻroʻgʻli"
dostonlari tarixiy va etn. jihatdan nihoyatda muhim manbalardir.
Muhammad Xorazmiyning "Surat alAarz", Abu Rayhon Beruniyning "Qonuni
Masʼudiy",
"Amudaryo tarixi"; Mahmud
Koshgʻariyning
"Devonu
lugʻotit
turk",
Narshaxiyning "Buxoro tarixi" asarlari
Oʻrta
Osiyo, shu jumladan,
Oʻzbekiston
shaharlari, ularning tarixi, tabiiygeografik sharoiti, etnotoponimiyasi, ayrim shahar
va qishloqlar aholisining lingvistik va etnik tarkibi, ijgimoiy-siyosiy hayoti,
maishiy turmushi va madaniyatining
baʼzi
jihatlari, diniy
eʼtiqodlariga
oid noyob
maʼlumotlar
mujassamlashganligi bilan muhim ilmiy ahamiyatga ega.
Amir Temur va uning vorislari hukmronlik qilgan davrda yashagan saroy
tarixchilari va solnomachilari, jumladan, Hofizi Abruning "Zubdat uttavorix"
("Tarixlar
qaymogʻi"),
Nizomiddin Shomiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Husayn
Kubraviy, Ali Kushchi va boshqalarning asarlarida shu davrga oid etn.
maʼlumotlarni
uchratish mumkin.
Shuningdek, ispan elchisi Ryui Gonzales de Klavixoning asarida, rus
solnomalarida, mashhur sayyoh Marko Poloning sayohatnomasida ham muhim
maʼlumotlar
jamlangan.
Boburnshtt "Boburnoma" asarida Movarounnahr va
qoʻshni
mamlakatlarda
yashagan elatlarning etnik tarkibi va tarixi, urf-odati va marosimlari madaniyati va
maishiy turmushi haqida, Gulbadanbegimshsht "Humoyunnoma" nomli
tarixiybiografik asarida Toshkent va Andijondan to Qashqar va Hind okeani
boʻylarigacha
qanday shaharlar, viloyatlar borligi, ularning aholisi haqida
maʼlumotlar
keltirilgan.
Oʻrta
asrlar ilmiy merosi
boʻlgan
Hofiz Tanish al-Buxoriyning
"Abdullanoma" ("Sharafnomai shohiy"),
Maʼsud
ibn
Koʻhistoniyning
"Tarixi
Abulxayrxoniy",
Kamoliddin
Binoiyning
"Shayboniynoma",
Fazlulloh
Roʻzbehonning
"Mehmonnomai Buxoro",
Abulgʻoziy
Bahodirxonning "Shajarayi
turk" Kabi asarlarida qimmatli tarixiyetn.
maʼlumotlar
bor.
16—17-asrlarda Buxoro, Xiva va
Qoʻqon
xonliklarining vujudga kelishi va
Rossiya davlati bilan muntazam savdo va diplomatik munosabatlar
oʻrnatilishi
natijasida rus elchilarining
oʻzbek
xonliklariga qilgan safarlari jarayonida
toʻplagan
materiallarida ham etn.
maʼlumotlar
mavjud
boʻlib,
ular
maʼlum
ilmiy
qimmatga egadir.
Turkiston
oʻlkasini
jadal etn.
oʻrganish
oʻlkani
mustamlaka qilish maqsadi
bilan
bogʻliq
boʻlib,
oʻzbek
xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar
toʻplash
davri 19-asrdan boshlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan,
oʻzbeklarni
etn. jihatdan
oʻrganish
yoʻlida
1872 yil Moskvada ochilgan politexnika
koʻrgazmasi
munosabati bilan
tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining
Turkiston
boʻlimi,
Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari
jamiyatining Turkiston
boʻlimi,
Turkiston arxeologiya havaskorlari
toʻgaragi,
Turkiston qishloq
xoʻjalik
jamiyati, Xomutov
toʻgaragi,
Oʻrta
Osiyo olimlari
jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston
boʻlimi,
Sharqshunoslik jamiyatining
Toshkent
boʻlimining
roli katta
boʻldi.
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji
oʻlkada
faoliyat
koʻrsatgan
rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat
arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev,
ʼ.L.Vyatkin,
N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov,
A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan
bogʻliqdir.
Ular amalga oshirgan
ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan
boʻlsada,
toʻplangan
katta etn. materiallar
19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim
ilmiy ahamiyatga ega.
1918 yilda Turkiston xalq universitetiyaa
oʻzbeklar
E.si
boʻyicha
maxsus kurs
kiritilib, bu mavzu
boʻyicha
maʼruzalar
oʻqitila
boshlandi.
1920—30 yillar
Oʻzbekistonda
E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va
tarkibiy shakllanish davri
boʻldi.
1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan
yetishib
chiqqan
mutaxassislar
G.Alimov,
M.Bikjanova,
A.Boltayev,
Ya.Gʻulomov,
Sh.Inogʻomov,
T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev,
K.Yusupov va boshqalar
Oʻzbekistonda
muzey ishini
yoʻlga
qoʻyish
va
rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni
koʻrgazmaga
qoʻyishga
tayyorlash
boʻyicha
muhim ishlarni amalga oshirishdi.
1943 yil 4 noyabrda
OʻzFA
Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va
arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6
boʻlim,
shu jumladan, akad.
M.Andreyev rahbarligidagi E.
boʻlimi
ham bor edi.
Boʻlim
respublikada etn.
tadqiqotlarning yetakchi markazi
boʻlib
qoldi.
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat
olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko)
Oʻzbekistonda
E. fanining
rivojlanishida muhim bosqich
boʻldi.
Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida
qoraqalpoqlar E.sining maxsus
oʻrganilganligi,
Qoraqalpogʻistonda
etn. fikrlarning
shakllanishi uchun asos
boʻldi.
1960—80 yillarda
oʻzbek
hamda qoraqalpoq xalqlarining etnogenezi va etnik
tarixi
boʻyicha
faol tadqiqotlar olib borildi (V.P.Alekseyev, A.A.Asqarov,
O.Suxareva, T.K.Xojayov va boshqalar).
Oʻzbeklar
etnik tarixini
oʻrganish
bevosita akad. K.Shoniyozov nomi bilan
bogʻliq.
Oʻzbekiston
xalqlari folklori,
Oʻzbekiston
dekorativ va amaliy
sanʼatining
turli sohalari, xalq musiqasi, teatri, raqs
sanʼati,
kiyimlari,
anʼanaviy
xalq taomlari,
kishilarning
maʼnaviy
va moddiy hayotini
oʻrganish
etn. manbalardan biri sifatida
etnograflarning diqqat markazida
boʻddi.
1960, ayniqsa, 1980- yillar
Oʻzbekiston
E. fani uchun avvalgi tarixshunoslik davriga nisbatan
gʻoyat
sermahsul, ayni
vaqtda, ziddiyatli kechdi. Bu ziddiyatlar E.ning dolzarb masalalarini belgilash va
ishlab chiqishda, siyosiy sharoitga
ogʻishmay
va
soʻzsiz
amal qilishda; monografik
va umumlashtiruvchi tadqiqotlarda ularning tahliliytanqidiy nuqtai nazardan
oʻrganib
chiqilmaganligida; katta
koʻlamdagi
ilmiy tekshirish ishlarining etnos
xoʻjalik
amaliyoti va madaniy hayoti vazifalariga mos kelmaganida namoyon
boʻldi.
Oʻzbekiston
mustaqillikka erishishi bilan Respublikamizda E. fani yangi sifat
bosqichiga
oʻtdi.
Oʻzbekiston
E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish
ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik
yillarida
oʻzbek
xalqi
anʼanaviy
madaniyatini
oʻrganishda
"evropatsentrizm"
nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga
"oʻtmish
sarqiti" deb qarashga chek
qoʻyildi.
Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
"Oʻzbekiston
FA Tarix
instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998 yil 27 iyul) tarix fani
va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan
oʻzgartirdi.
Oʻzbek
xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini,
oʻzbek
etnomadaniy
jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo
boʻlib,
ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi
yoʻnalishlaridan
biriga aylandi. Bu
yoʻnalishni
tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va
qarluqlar", 1999;
"Oʻzbek
xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa
boʻlib
qoʻshiladi.
1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy
E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev),
Oʻzbekiston
aholisining maishiy
turmoʻsh
anʼanalarini
(S. Soatova,
M.Oʻroqov,
V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq
qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E.
Fargʻona
(Sh.Abdullayev, S.Gubayeva),
Buxoro
(A.Jumayev,
M.Qurbonova),
Surxondaryo,
Qashqadaryo
viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov,
O.Boʻriyev,
Q.Nasriddinov) hamda
Qoraqalpogʻiston
Respublikasining
(T.Yesbergenova,
R.Kamolov,
N.Tleubergenov) mintaqaviy
oʻziga
xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi
tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning
oʻtmishi
va bugunini, hozirda
oʻz-oʻzini
boshqarish organi sifatida amaliyotdagi
ahamiyatini
oʻrganishga
bagʻishlangan
etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik
tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy
oʻquv
yurtlari uchun
E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov
"Oʻzbek
xalqi etnografiyasi", T., 1994),
oʻqitish
uslubi
qoʻllanmalari
(O.Boʻriyev,
B.Ishoqov), etnologiya atamalari
lugʻati
(O.Boʻriyev)
chop etildi.
Oʻzbekistonda
E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi
muammolari maxsus tadqiqot mavzusi
boʻldi
(A.Doniyorov va D.Hoshimova).
Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb
muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001 yillarda Termiz va Qarshida etn.
tadqiqotlar markazi tashkil etildi.
Oʻzbekiston
FA Tarix instituti etnologiya
boʻlimi
bu tadqiqotlar
yoʻnalishini
belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib
kelmoqda.
Ma’lumki, o‘zbek elatining shakllanish jarayoni boshqa turkiy zabon
xalqlardan birmuncha farq qilgan. Jumladan: o‘zbek elatining ajdodlari tub yerli
etnik birliklar asosida, ya’ni ikki til (turkiy va eroniy tillar) turkumidagi
xalqlarning aralashuvi jarayonida vujudga kelgan.
Movaraunnahr va unga tutash mintaqalarda turg‘un yashovchi aholi
so‘g‘diylar, xorazmiylar, turkiy zabon etnoslar o‘z hududlarida qadimdan yashab,
bo‘lajak o‘zbek elatining poydevorini tashkil qiladilar.
O‘rta Osiyoning o‘troq voha aholisi so‘g‘diylar, xorazmiylar, baqtriyaliklar,
parkanlar, chochliklar nomi bilan yuritilgan. Ular yashagan vohalarni o‘rab olgan
dashtlarda esa chorvador ko‘chmanchilar yashar edilar. Ular Ahmoniylar
bitiklarida saklar deb atalgan. Yunon manbalarida ular skiflar deb yuritilgan.
Asosiy xo‘jaligi chorvachilik bo‘lgan bu aholi «Avesto»da turlar deb atalib, ularni
yurti Turon[2] deb yuritilgan. Bularning har ikkisi ham o‘zbeklarni qadimgi etnik
qatlamiga oid deb tushunmoq kerak. Bu bronza davriga to‘g‘ri kelib, bu davrda
Movaraunnahrga birinchi bor turkiy zabon qabilalar kirib keladilar. Bu bosqichda
zardushtiylik e’tiqodlari bo‘yicha inson hayotining mohiyati halol va poklik
ekanligi, inson ezgu fikr, ezgu amal orkali yomonlik bilan kurashganlar. Bu
davrdagi ajdodlarimiz yutuqlari Sharq (Xitoy, Hindiston) va G‘arb (Rum, Yunon)
madaniyatiga ijobiy ta’sir qilgan. Keyin milodiy II-Sh asrlarda turkiy tilli
etnoslarning iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti rivojlanib, milodiy IV-V asrlarda
yangi Qang‘ar elati shakllanadi.
Turk xoqonligi davrida turk va so‘g‘d tilli xalqlarning o‘zaro yaqinlashishi,
aralashish jarayoni davom etgan. Natijada ikki qardosh o‘zbek va tojik xalqlarining
shakllanishiga iqtisodiy va etnomadaniy sharoitlar yaratiladi.
IX-X asrlarda K.Shoniyozovga ko‘ra o‘zbek xalqi elat bo‘lib shakllangan[3].
Ma’lumki,o‘zbek va tojik elatlari sak-massagetlar, baqtriylar, YUECHJILAR –
qang‘arlar, xunlar, so‘g‘diylardan tomir olgan. Lekin ularni har biriga xos tili,
o‘zligini anglashi kabi farqli xususiyatlari mavjud bo‘lib, har bir elat ana shu
xususiyatlari bilan birbiridan farq qilgan.
XI asrda ham Mavaraunnaxr va unga tutash mintaqalarda yashovchi aholi
etnik, iqtisodiy va madaniy jihatdan bir-biri bilan yaqinlashib, qorishib boradilar.
Bu bosqichda Islom dini ta’sirida ilmu-fan, ma’rifat taraqqiy etgan. Imom Buxoriy,
at-Termiziy, Ahmad Yassaviy, Najmiddin Kubro tariqatlari ravnaq topadi. Ahmad
Farg‘oniy, Al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, Ibn-Sino kabi vatandoshlarimiz jahon
ilmu-fani, madaniyati va taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shganlar.
Ajdodlarimiz asarlarini G‘arb mamlakatlarida tarqalishi Ovropa madaniyatiga
ta’sir etib, Ovro‘pa uyg‘onishi – «Renessanisi»ni vujudga keltirdi, ya’ni Yevropani
ming yillik «uyqu»dan uyg‘otdi. O‘zbek xalqining shakllanish jarayonining
yakunlovchi bosqichi XIasrning o‘rtalaridan to XII-asr o‘rtalarigacha davom etib,
elatga xos etnik belgilarning rivojlanishi me’yoriga yetadi.
Bu davrda «O‘zbek» atamasi vujudga kelib, bu so‘zning tom ma’nosi «o‘z»
va «bek» so‘zlaridan iborat bo‘lgan, «Asl bek» demakdir[4]. Bu o‘zbeklar XVI asr
boshlarida o‘z sardorlari bilan Movaraunnahrga kirib keldi va sulolaviy
hukmronlikni temuriylardan tortib olib, bu o‘lkaga o‘zbek nomini olib keldi. Bu
nom bugungi kundagi o‘zbek xalqi etnik nomiga aylandi.
Ming shukurlar bo‘lsin-ki, mustaqilligimiz tufayli o‘zbek «o‘ziga bek» va
o‘ziga-o‘zi «Xo‘jayin» bo‘lib, dunyo xaritasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi.
Eng yangi etnografik tadqiqotlarga asoslanib, o‘zbekni quyidagicha ta’riflash
imkoniyatiga ega bo‘ldik: «o‘rta gavdali, bug‘doy rang, sochi qora, va qizg‘ish-
qo‘ng‘ir, soqoliqora, ba’zida kul rang, burni kichkina va to‘g‘ri, lablari qalin,
tishlari oq va sog‘lom, peshonasi to‘g‘ri, qosh usti kam bo‘rtib chiqqan, qoshlari
yoysimon, iyagi yirik, yuzi serqirra, qulog‘i katta va ajralib turadi, oyoq-quli
mehnatda toblangan, gavdasi risoladagidek» bo‘lgan[5].
Shu bilan birga o‘zbeklar boshqa millatlardan ochiq ko‘ngilliligi, mardligi,
jiddiyligi, vatanparvarligi, insonparvarligi, mehr-murruvatligi, mehmondo‘stligi,
kechirimliligi, mehnatsevarligi, ona va ayollarni e’zozlashi, otalarni hurmatlashi,
yaxshilik qilish kabi qadimiy an’analarni saqlab qolishi bilan ham farqlanadi. Shu
bilan birga o‘zbeklarning «oilaviy munosabatlarini» asl namuna deb hisoblasa
bo‘ladi deb yozib qoldirgan Xerman Vamberi[6].
Mamlakatimizda bugungi kunda ta’lim to‘g‘risidagi, kadrlash tayyorlash
milliy dasturi asosida boshlangan ma’rifiy isloxatlar o‘ylaymiz-ki, IX-XII
asrlardagi ma’rifat taraqqiyot «g‘ildiragi»ni aylantirib yuborganidek, millatimizni
ma’naviy yaxshilashga poydevor bo‘ladi. Lekin ma’naviyatni iqtisodiyotdan
ajratish mutlaqo xato bo‘lgandek, bugungi kunda milliy salohiyatimizni
rivojlanishida ekologik omillarni zarurligi millat ravnaqiga o‘z ta’sirini
o‘tkazmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |