Arxeologik va me’moriy yodgorliklarning o‘lkashunoslikda tutgan o‘rni.
Reja:
1. O`lkamiz tarixini o`rganishda arxeologiya fanining tutgan o`rni va
ahamiyati.
2. Tarixiy-madaniy jarayonlar. Ishlab chiqaruvchi xo`jalik shakllariga o`tish
va ularning keyingi taraqqiyoti.
3. Bronza va temirdavrlari xususiyatlari.
4. O`lkamizdagi qadimgi va o`rta asrlar davri shaharlari va me`moriy
obidalari.
5. O`zbekistonda olib borilgan arxeologik tadqiqot ishlari va ularning asosiy
natijalari.
Tayanch so`z va iboralar:
arxeologiya, etnografiya, toponimika, e`tiqod
yodgorliklari, ibtidoiy odamlar, arxeologiya yodgorliklari.
Asosiy qism:
O`lkashunoslik besh asosiy manbaga: arxeologiya, etnografiya,
toponimika va arxiv hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi.
Qishloq, rayon, shahar yoki viloyat hududining tarixini o`rganishda shu
manbalardan birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka
tarixini mukammal o`rganib bo`lmaydi.
O`sha besh manbadan biri bo`lgan arxeologiya to`g`risida gap borganda,
avvalo maktab tarixi kursining qaysi qismida, qaysi sinfda va qanday qilib,
qachon arxeologiyaga oid materiallardan foydalanish mumkin degan savolga
javob berish kerak bo`ladi. Chunonchi, V sinf tarixi kursida O`zbekiston
xalqlarining eng qadimgi ibtidoiy jamoa davri: odamlar to`da holda yashagan
davr, ona urug`i (patriarxat) davri, ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar
chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib
chiqishi davridan boshlab, quldorlik jamiyati, feodalizm davri, nihoyat XVIII
asrning
ikkinchi
yarmida feodalizmning
emirilishi
va
kapitalistik
munosabatlarning rivojlanishigacha bo `lgan juda katta tarixiy davr o`z ifodasini
topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida o`quvchilar
ma`lum tasavvur hosil qilishida, tarixiy faktlarni ishonarli qilib tushuntirishda
arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir.
«Arxeologiya» so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «arxayos» — qadimgi,
«logos» — fan, ya`ni qadimgi davrni o`rganuvchi fan degan ma`noni bildiradi.
Arxeologiya — o`lkashunoslik va tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
Dunyo xalqlarining bir necha yuz ming yillardan beri davom etib
kelayotgan tarixi bor. Lekin shu uzoq tarixiy taraqqiyotning eng keyingi 5 —
6 minginchi yillaridan boshlabgina yozma asarlar bo`lib, undan avval xalqlarda
yozuv va yozma tarix bo`lmagan.
Yozuv paydo bo`lgandan keyin xam ko`pgina voqealar yozilmay qolgan,
podsholarning buyruqlari, ruhoniylarning diniy ta`limotlari, xazinalarning hisob-
kitoblari hamda turli urushlar haqidagi yozma asarlar esa o`z zamonasining ishlab
chiqarish usullari va vositalarini, xalqning maishatini etarlicha aks ettirmagan.
Demak, qadimgi shahar va qishloqlar qazib ko`rilganda, u erlardan qadimgi
xalqlarning uy-joy qoldiqlari, uy-ro`zg`or asboblari, zeb-ziynat buyumlari, e`tiqod
yodgorliklari topiladi; bu narsalar esa yozma tarixdagi ma`lumotlarga qaraganda
o`sha davr turmu-shini har taraflama va aniqrok, yoritib berishga yaraydi. Yozma
tarix paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha yuz ming yillik davr tarixini hamda
yozma tarix chiqqandan keyingi davr hayotini to`la o`rganish zaruriyati o`sha
davr xalqlaridan qolgan buyumlarni tekshirib ko`rishni taqozo etadi. Bunday
yodgorlik buyumlarini tekshiruvchi fan arxeologiyadir, Arxeologiya ibtidoiy
odamlar yashagan makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni
qazib ko`rib, tarixni aniqlaydi.
Arxeologlar qazishma usuli bilan ish ko`radilar. Ayniqsa yozuvlar paydo
bo`lmasdan burungi davr tarixini arxeologiya qazishmalarida topilgan
buyumlar to`ldiradi, arxeologiya qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib
boriladi. Katta qurilishlardao`tkaziladigan yer qazish ishlarida arxeologiya
buyumlariga ehtiyot bo`lish yuzasidan ilmiy tushuntirishlar o`tkaziladi.
Arxeologiya fani hali boshqa fanlarga qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan,
dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan fandir.
Tarixiy ma`lumotlarga qaraganda, tarixchilik O`rta Osiyoda juda ham
qadimdan boshlangan. Xorazmlik mashhur olim Beruniyning yozishiga ko`ra,
arab istilochilari O`rta Osiyodagi mahalliy olimlarni yo`qotibgina qolmay,
mahalliy til va mahalliy yozuvdagi asarlarni ham yo`q qilib, yondirib
yuborganlar. Shu sababli eng qadimgi zamonlarda yozilgan asarlar
saqlanmagan. Ming yil davomida yozilib kelgan tarixiy asarlar juda ko`p.
Muhammad Narshaxiyning «Buxoro tarixi», Bal`amiyning «Tarix tabari tarjimasi»
kabi asarlari yozilganiga ming yildan oshdi. Lekin O`rta Osiyoda arxeologiya,
yuqorida aytilganidek juda yosh fan. Rossiyada bu fan XVIII asrning o`rtalarida
paydo bo`lib, XIX asrda ancha rivojlangan. O`sha vaqtda olimlar Rossiya
erlarida ko`p topilgan O`rta Osiyo qadimgi tanga pullarini to`plab, ularni
tekshirib, Rossiya bilan O`rta Osiyo xalqlarining qadimdan iqtisodiy aloqada
bo`lib kelganligini isbot etdilar. XIX asrning ikkinchi yarmida, O`rta Osiyo
Rossiya tomonidan bosib olingandan keyin, bu erga kelgan har bir mutaxassis va
savodli kishi qal`alar xarobasini, sun`iy tepalarni, shaharlar xarobalarini, qadimdan
qolgan bino xarobalarini ko`rib, ularning tarixini surishtira boshladilar.
Natijada 1870 yillarda Toshkentda chiqa boshlagan gazeta va jurnallarda bu
tarixiy yodgorliklar haqida turli ma`lumotlar e`lon qilina boshlandi. Bunday
xarobalarni tekshirish jarayonida, hatto «xazina» izlab ba`zi tepalarni buzib
yuborishgacha ham bordilar. Bir guruh taraqqiyparvar rus ziyolilari —
arxeologiya havaskorlari hozirgi tarix muzeyini tashkil etib, har joyda topilgan
arxeologiyaga oid yodgorliklarni bu erga to`plashga kirishdilar. Rus
sharqshunoslari N. I. Veselovskiy, V.V.Grigor’ev, I.Kallaur, V.V.Bartol’d,
V.L.Vyatkin, shuningdek, o`zbek arxeologlaridan Akrompolvon Asqarov va
boshqalar bu yodgorliklarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan o`rganish ishida
tashabbuschi bo`ldilar. O`rta Osiyoning cho`llari, tog`lari va qishloq erlaridagi
ba`zi yodgorliklar haqidagi turli afsona va xabarlarni matbuotda e`lon qilish
odat bo`la bordi. Bu ishga qozoq, o`zbek, tojik, turkman havaskorlari ham
tortildi.
Hozir Toshkentdagi tarih san`at va tabiat muzeylarida to`plangan boy
arxeologiyaga oid ashyolar to`plamining katta qismi o`sha havaskorlar tomonidan
XIX asrda yig`ilgan. Bundan tashqari, ular bir qancha muhim yodgorliklarda
qazishma ishlari ham olib bordilar. Bu borada, ayniqsa, arxeolog-sharqshunos
V.L.Vyatkinning xizmatlari alohida tahsinga loyiqdir.
Rus sharqshunoslari buzib tashlangan Ulug`bek rasadxonasining izlarini
topish uchun ko`p urindilar, nihoyat, Samarqandda istiq.omat qiluvchi
V.L.Vyatkin qadimgi vasiqalarni o`rganish asosida rasadxonaning o`rnini aniqladi.
1908—1909 yillarda bu joy arxeologik yo`l bilan qazildi va rasadxonaning
g`ildirak shakldagi binosining kursisi, binoning buzilgan g`isht va naqshlari
hamda rasadxonaning sakkizdan bir qismi topildi. Bu ish tarix fani uchun katta
kashfiyot bo`ldi. Shu bilan birga, arxeologiya havaskorlari qadimgi
Samarqanddagi «Afrosiyob» tepaligida birmuncha qazishmalar o`tkazdilar.
XX asrning 20- yillarigacha O`rta Osiyoda arxeologiya mustaqil fan
darajasiga ko`tarilmadi. Arxeologlar arxeologiya yodgorliklarini ma`lum tarixiy
bosqichdagi ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyot natijasi deb baholay
olmadilar, ishlab chiqarish munosabatlari qanday bo`lganini payqay olmadilar,
madaniyatni ishlab chiqarish taraqqiyoti va ijtimoiy munosabatlar mahsuli deb
tushuna olmadilar, balki uni bironta din bilan yoki birorta «alohida iqtidorli
shaxslar» bilan bog`ladilar. So`ngra arxeologiya yo`li bilan topilgan
buyumlarga faqat yozma tarixni tasdiqlovchi material sifatidagina qarab,
arxeologiyaning imkoniyatlarini chegaralab qo`ydilar. Shuning uchun ham ular
tarixning uzoq o`tmish davrlari ni o`rganishga kirisha olmadilar.
Natijada, arxeologiya ham, tarixshunoslik singari, idealistik nazariya
bilan sug`orilgan holda tarixchilarga jiddiy yordam bera olmadi. Tarixchilikning
katta yutuqlaridan biri arxeologiyaga katta e`tibor berganligi bilan belgilanadi.
Jamiyat tarixi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va shu asosda ishlab chiqarish
munosabatlarining turli davrda o`zgarib borishidan iborat ekanligi fanda e`tirof
etilgach, tarixni ijtimoiy -iqtisodiy tuzumlarga ajratib davrlash masalasi kun
tartibiga qo`yildi.
Tarixchilikda butun insonyyat tarixi quyidagi davrlarga bo`lib o`rganiladi:
1. Ibtidoiy jamoa tuzumi davri. 2. quldorlik davri. 3. Feodalizm davri. 4.
Kapitalizm davri.
Hozirgi fanning aniqlashiga ko`ra, kishilik jamiya-ti tarixi bir million
yilga yaqinlasha boradi. Shu uzoq davrning oxirg`i ming yillaridangina sinfiy
jamiyat, ya`ni quldorlik jamiyati vujudga kelgan bo`lib, unga qadar o`tgan
davrlar ibtidoiy jamoa davrini, ya`ni sinf paydo bo`lgunga qadar o`tgan davrni
o`z ichiga oladi. O`zbekistonda tarix fani rivoj topgunga qadar, birinchidan,
tarixni ishlab chiqarish usullariga qarab davrlashtirish yo`q edi.
O`zbekistonda, umuman O`rta Osiyoda ibtidoiy jamoa davri bo`lganligiga
shubha bilan qaralgan edi. Ikkinchidan, O`rta Osiyoga aholi eron va
SHimoliy Hindiston tomondan ko`chib kelgan, deb taxmin qilinar edi.
quldorlik davri ham go`yo bo`lmagan, eng qadimgi zamonlardan tortib,
so`nggi Buxoro amirlari yamonigacha O`rta Osiyo xalqlarining ha yotida
o`zgarish bo`lmagan, deb uqtirilar edi.
Tarixni davrlashtirish masalasining qo`yilishi tarixchilar va arxeologlarni
ishga solib yubordi. Birinchi besh yillik oxiridayoq sobiq SSJI tarixini, shu
jumladan, O`zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi yuzasidan yozma
manbalarni o`rganishga kirishish bilan birga, arxeologiya yodgorliklarini qazib
topishga ham jiddiy e`tibor berila boshlandi. Bu ishning boshida Moskva,
Sankt-Peterburg
va
O`zbekiston
arxeologlari:
A. Y. YAkubovskiy,
G.V.Grigor’ev, S.P.Tolstov, M.E.Masson, V.A.Shishkin, Y.G`ulomov va
boshqalar turdilar. Birinchi ish O`zbekistonning alohida rayonlarida
arxeologiyaga oid qidirish o`tkazishdan boshlandi. Masalan, 1925-1930 yillarda
Samarqandda V.L.Vyatkin, 1926—1928 yillarda Termizda B. P.Denike, 1929—
1930 yillarda A. A.Potapovlar Farg`ona vodiysida hamda 1932 — 1933 yillarda
Namangan viloyatining o`chqo`rg`on rayoni Norin daryosi bo`yida
elektrostantsiya qurish tayyorgarligi munosabati bilan Sankt-Peterburg
arxeologlaridan B.A.Latinin Farg`ona vodiysining shimoli-sharqiy rayonlarida;
1934 yili Sankt-Peterburg arxeolog G. V. Grigor’ev YAngiyo`l rayonida;
o`sha yili professor A.Y.YAkubovskiy boshliq Sankt-Peterburg va O`zbekiston
arxeologlari Buxoro viloyatining sharqiy qismida, yana o`sha yili arxeolog
M. E. Masson boshliq arxeologlar Ohangaron vodiysida jiddiy arxeologik qidiruv
ishlarini o`tkazdilar
5
.
1936 -1937 yillarda bu ish kengayib, qadimgi Termiz shahrini qazish
yuzasidan ilmiy ishlar kuchaytirilishi bilan birga prof. S.P. Tolstov
boshchiligida Xorazmda, V.A.SHishkin boshchiligida Buxoro viloyatining
g`arbiy qismida yangidan tekshirishlar boshlandi. Bu ilmiy safarlar katta
miqyosda uyushtirilib, bularning hammasida Moskva, Sankt-Peterburg va
O`zbekiston arxeologlari hamkorlik qildilar. Bu ilmiy safarlar 1939 — 1940
yillarda O`zbekistonda sug`orish soxasida xalq qurilishlari boshlanishi
munosabati bilan arxeologiya kuzatishlari o`tkazdi, bu borada Farg`ona vodiysida
katta natijalarga erishildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |