“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
44
imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag‘batlantirilishi navbatdagi yangi fikr yoki
g‘oyalarning tuzilishiga olib keladi.
3. Har bir ta'lim oluvchi o‘zining shaxsiy fikri yoki g‘oyalariga asoslanishi hamda
ularni o‘zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g‘oya)larni umumlashtirish,
turkumlashtirish yoki ularni o‘zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g‘oya)larning shakllanishiga
zamin hozirlaydi.
4. Mashg‘ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini standart
talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni baholashga yo‘l
qo‘ymaydi. Agarda ularning fikr (g‘oya)lari baholanib, boriladigan bo‘lsa, ta'lim oluvchilar
o‘z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar, oqibatda ular yangi fikrlarni
ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo‘llashdan asosiy maqsad ta'lim oluvchilarni muammo
xususida keng va chuqur fikr yuritishga rag‘batlantirish ekanligini etibordan chetda
qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini baholab borishning har qanday usulidan voz
kechish maqsadga muvofiqdir.
“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR,
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE
KONFERENSIYASI
www
.
bestpublication.
uz
45
KIMYO FANINI O'QITISHDA ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH AHAMIYATI
Meliqulov Botir Amonovich
Surxondaryo viloyati, Denov tumani
55-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi
Kimyo fani o‘qituvchisi
Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo`lgan ta`lim
tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil
taraqqiyot yo`lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta`lim tizimini isloh qilish va
takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko`tarish, unga ilg`or pedagogik va axborot
texnologiyalarini joriy qilish hamda ta`lim samaradorligini oshirish davlat siyosati
darajasiga ko`tarildi. ―Ta`lim to`g`risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi‖ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta`lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar
tayyorlashning asosi yaratildi.
Ma`lumki, uzluksizlik va uzviylik ta`lim tizimda ortiqcha takroriylikka chek qo`yib,
avvalo jamiyatning ma`naviy va intellektual salohiyatini kengaytiradi, qolaversa, davlatning
ijtimoiy va ilmiy texnik taraqqiyotini takomillashtirish omili sifatida ishlab chiqarishning
barqaror rivojlanishini ta`minlaydi. Pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi va ularning
o`quv-tarbiya jarayoniga kirib kelishi, shuningdek, axborot texnologiyalarining tez
almashinuvi va takomillashuvi jarayonida har bir inson o`z kasbiy tayyorgarligini,
maxoratini kuchaytirish imkoniyati yaratiladi.Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni
kun sayin oshib borayotgan axborot – ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat
ko`rsata olishga, axborot oqimidan oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning
uchun uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
Ta`limning bugungi vazifasi o`quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot –
ta`lim muhiti sharoitida mustaqil ravishda faoliyat ko`rsata olishga, axborot oqimidan
oqilona foydalanishga o`rgatishdan iboratdir. Buning uchun uzluksiz ravishda mustaqil
ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur.
O`zbekiston Respublikasi demokratik, huquqiy va fuqarolik jamiyatini qurish yo`lidan
borayotgan bir paytda talim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi va
harakatga keltiruvchi kuchi har tomonlama rivojlangan barkamol insonni tarbiyashdan
iboratdir. Bu barobarida darslarda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish yaxshi
samara beradi.
Didaktik o`yin texnologiyalari
Didaktika yunoncha ―didaktikos‖ so`zidan kelib chiqqan bo`lib, o`qitish, o`rganish
ma`nosini bildiradi. O`quvchilarga bilim berishda yangi inavatsion tehnalogiyalardan
foydalanib darslarni olib borish yaxshi natija beradi. So`ngi paytlarda asosiy didaktik
kategoriyalar sirasiga ta‘limning didaktik tizimi va ta‘lim texnologiyasi kabi tushunchalarni
ham kiritish taklifi ilgari surilmoqda. Tadqiqotchilar mavjud didaktik konsepsiya
(tizim)larni umumlashtirib quyidagi guruhlarga ajratdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |