Zamonaviy ta‟lim tizimini rivojlantirish va unga qaratilgan kreativ g„oyalar, takliflar va yechimlar



Download 9,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/714
Sana17.02.2023
Hajmi9,32 Mb.
#912409
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   714
Bog'liq
37 2 qism respublika ilmiy onlayn

 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: 
 
1. Jumayev M. Bolalarda matematik tushinchalarni rivojlantirish nazariyasi va 
metodakasi. — T.: «Ilm-Ziyo» 
2. Jumayev M. va boshqalar. Matematika o‗qitish metodikasi. — T.: «Ilm-Ziyo» 
3. Stoylava L. P., Pishkalo A. M. Boshlang‗ich matematika asoslari. — T.: 
«O‗qituvchi» 


“ZAMONAVIY TA‟LIM TIZIMINI RIVOJLANTIRISH VA UNGA QARATILGAN KREATIV G„OYALAR, 
TAKLIFLAR VA YECHIMLAR” MAVZUSIDAGI 37-SONLI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ON-LINE 
KONFERENSIYASI 
www
.
bestpublication.
uz
174 
BOSHLANG‟ICH SINF ONA TILI VA O‟QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA 
SO'Z MA‟NOSINI TUSHUNTIRISH. 
 
Nurmatova Shaxlo Mahmudovna 
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumani 
41-umumiy o‘rta ta‘lim maktabi 
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
 
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga so‘z ma‘nolarini 
tushuntirish orqali ularning lug‘at boyligini oshirish va nutqini rivojlantirish yo‘llari 
haqida fikr yuritilgan. 
Kalit so‟zlar

Atamalar, matnlar, obrazli so'zlar, badiiy nutq birliklari, kontekst
lug‘at, tasviriy vositalar, maqollar. 
 
So'zlaming ma‘nosini tushuntirish o'quvchilar lug'atini boyitadi, nutqini o'stiradi. 
Boshlang'ich sinflarda o'qitiladigan fanlarning atamalari ham tushuntirilishi lozim bo'lgan 
so'zlar qatoriga kiritiladi. Atamalarning ma‘nosini tushuntirish mazkur so'z anglatgan 
tushunchani yaxshi fahmlab olishga yordam beradi. Masalan, predmet atamasining 
ma‘nosini tushuntirish bilan o'quvchilar predmet keng ma‘noda qo'llanishini, tabiatdagi 
barcha narsa, hodisa, tushunchalar predmet deyilishini bilib oladilar. Bu ot, sifat, son, fe‘l 
kabi atamalarni tez fahmlab olishda ularga yordam beradi. 
So'zning ma‘nosini tushuntirish juda kam vaqt olishi va darsning asosiy mavzusidan 
o'quvchilar diqqatini chalg'itmasligi kerak. Buning uchun o'qituvchi har bir darsga 
tayyorlanish jarayonida ma‘nosi tushuntirilishi lozim bo'lgan so'zlarni, uni tushuntirishning 
eng qulay usullarini va darsning qaysi o'rnida tushuntirishni belgilab oladi. 
Kitoblaridagi matnlarda birinchi marta uchragan, bolalar ma‘nosini bilmaydigan ayrim 
so'zlar matnni o'qishdan oldin tushuntiriladi. Matnni o'qish jarayonida so'z ma‘nosini 
tushuntirishga chek qo'yish kerak. Agar biror so'zni matnni o'qish vaqtida tushuntirish 
zaruriyati tug'ilsa, matn mazmunidan o'quvchilar diqqatini chalg'itmagan holda shu so'z 
ma‘nosi qisqacha tushuntiriladi. Ko'chma ma‘noda ishlatilgan obrazli so'zlar va badiiy nutq 
birliklari matn o'qilgandan keyin tushuntiriladi, chunki ularning ma‘nosi matn mazmunidan, 
kontekstdan yaxshi tushuniladi. Ayniqsa, masallar o'qilganda, undagi allegorik, ko'chma 
ma‘noda ishlatilgan so'zlarni asami o'qishdan oldin yoki o'qish jarayonida tushuntirib 
bo'lmaydi. 
Metodikada so'zlarni tushuntirishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: 
1.
So'zni kontekst asosida tushuntirish. Bunda o'quvchilar tushun- maydigan so'z 
ularga tushunarli so'zlar qo'llangan gap (yoki matn) yordamida tushuntiriladi. 
2. So'z ma‘nosini lug‗atdan va o'qish kitoblarida matn ostida berilgan izohdan 
foydalanib tushuntirish. Bunda o'quvchilarni izohdan mustaqil foydalanib, so‗z ma‘nosini 
mustaqil tushunib olishga o'rgatish muhim ahamiyatga ega. 
3. So'z ma‘nosini shu so'zning ma‘nodoshi yordamida tushuntirish. Masalan, sabo — 
shabada, mudofaa — himoya, sozanda — musiqachi, diyor — vatan, inshoot — bino, samo 



Download 9,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   714




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish