7- mа’ruzа Маvzu: Klassifikasiya jarayonida ishlatiladigan dastgohlarni tuzilishi va ishlash tartibi



Download 394,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana17.02.2023
Hajmi394,43 Kb.
#912144
1   2   3   4
Gidrotsiklonlar 
Gidrotsiklonlar apparat ichida mineral zarrachalarning spiralsimon traktoriya bo’ylab 
xarakatlanish natijasida hosil bo’ladigan markazdan qochuvchi kuchni ishlatishga asoslangan 
klassifikatsiyalovchi apparatlarga kiradi. 
Bunda markazdan qochuvchi kuch mineral zarrachaga ta’sir qiluvchi gravitatsion kuchdan 
ancha kattadir. Shuning uchun gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash ajralish gravitatsiya kuchi 
hisobiga sodir bo’luvchi boshqa apparatlardagiga nisbatan jadalroq boradi. 
Gidrotsiklonlar katta ishlab chiqarish unumdorligiga va yuqori klassifikatsiyalash 
samaradorligiga ega. 
Boyitish amaliyotida gidrotsiklonlar yanchilgan mahsulotni quyulma va qumga ajratish, 
maxsulotlarni shlamsizlantirish, suvsizlantirish va x.k.maksadlarda ishlatiladi. 
Gidrotsiklon tsilindr va konus qismlardan tuzilgan yuqoridan markazida dumaloq teshigi bor 
qopqoq bilan yuriladigan apparatdan iborat. 


Dastlabki mahsulot gidrotsiklonning tsilindrik qismiga bosim ostida konussimon uchlik 
orqali beriladi. Gidrotsiklonga mahsulotning bunday berilishi butananing aylanishini vujudga 
keltiriladi. Yirikroq zarrachalar markazdan qochuvchi kuch ta’sirida gidrotsiklon devoriga sikiladi 
va tashqi oqim bilan konusning pastki teshigi orqali chiqariladi. Mayda zarrachalar ichki 
aylanuvchi oqim bilan yuqori kopqoqdagi teshik orqali chiqariladi. 
Gidrotsiklon 
1 – manometr, 2 – qopqoq,3 – quyuluvchi truba,4 –tsilindrik qismi, 5 –trua,6 – qoplama,7 – 
konusli qismi, 8 – konussimon nasadka. 
Gidrotsiklonlarda zarrachalarning ajralishi og’irlik kuchi ta’sirida emas, balki markazdan 
qochuvchi kuch ta’sirida sodir bo’lishi tufayli ularda nisbatan mayda zarrachalarni ham katta 
mehnat unumdorligi bilan cho’ktirish mumkin. Gidrotsiklonlarda o’lchami 15 mkm gacha bo’lgan 
quyulma olish mumkin, shu tufayli ularni butanani shlamsizlantirish uchun ishlatish mumkin. 
Mahsulot yirikligini gidrotsiklonga tushayotgan butananing bosimini hamda pastki bo’shatish 
teshigining o’lchamini o’zgartirish orqali boshqarish mumkin. Gidrotsiklonlar xuddi mexanik 
klassifikatorlar quyulmalari kabi yiriklikdagi quyulma olishga imkon beradi. Biroq 
gidrotsiklonlarning quyi mahsuloti 50-65% qattiq zarrachalarni saqlaydi, ya’ni mexanik 
klassifikatordagiga nisbatan suyuqroq qum olinadi va shuning uchun ko’proq suvda mualloq 
joylashgan mayda sinfni saqlaydi. Shu sababga ko’ra gidrotsiklonlarda klassifikatsiyalash 
samaradorligi mexanik klassifikatorlarnikidan past. 
Gidrotsiklonlar rudalarni yanchish sxemalarida keng qo’llaniladi. Ular sharli tegirmonlar 
bilan yopiq tsiklda ishlovchi mexanik klassifikatorlarning o’rnini bosadi. 
Gidrotsiklonlar katta sanoat maydanini ishg’ol etmaydi va mexanik klassifikatorlarga 
nisbatan ancha arzon. 
Ishlatishda gidrotsiklonlar klassifikatorlarga nisbatan qulayroq, chunki ularning tuzilishi 
sodda va xarakatlanuvchi qismlari yo’q. Gidrotsiklonga kelib tushadigan mahsulotning xajmi 
mexanik klassifikatorlardagidan kam. Bu ham tegirmon-gidrotsiklondan tashkil topgan agregatni 
ishga tushirish va to’xtatish engillashtiradi, shunigdek rudani enchish tsiklida bo’lish vaqtining 
qisqaligi tufayli rudaning oksidlanishini kamaytiradi. 
Gidrotsiklonlarning asosiy kamchiligi gidrotsiklonning o’zini va unga bo’tanani beruvchi 
nasosning tez ishdan chiqishi, va nasosning ishi bilan bog’lik elektr energiya sarfining balandligi. 
Ularning ishlash muddatini uzaytirish uchun zamonaviy gidrotsiklonlar ichki tomonidan rezina 
qoplanadi va alohida detallarini almashtirish mumkin bo’lishi uchun yig’iladigan qilib 
tayyorlanadi. Metalning maxsus navlaridan tayyorlangan nasoslarni ishlatish tavsiya qilinadi. 


Gidrotsiklonlar 50 dan 1000 mm gacha diametrda tayyorlanadi. Konuslik burchagi odatda 
20-22

q
abul qilinadi. 
Butananing gidrotsiklonga kirishdagi bosimi 0,3 dan 3 ata. Pastroq bosimda ishlash afzalroq, 
chunki bunda gidrotsiklonning ishdan chiqishi va elektrenergiya sarfi kamayadi. Yuqori ishlab 
chiqarish unumdorligiga erishish uchun gidrotsiklonlarning bir nechtasini o’rnatish kerak. 

Download 394,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish