Davlat tilini rivojlantirish departamenti davlat tilida ish yuritish



Download 10,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/294
Sana13.02.2023
Hajmi10,95 Mb.
#910747
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294
Bog'liq
Davlat nilida ish yuritish Amaliy qo\'llanma Aminov M va boshq 2020

Muqaddima
ish yuritishning asosi ekanligini isbotlab o ‘tirishning hojati 
y o ‘q.
Barchaga m a’lumki, har qanday hujjat muayyan axborotni 
u yoki bu tarzda ifodalash uchun xizmat qiladi, demak, har 
qanday hujjatdagi birlamchi va asosiy unsur bu tildir. Ayni 
paytda, hujjatchilikda til axborotni faqat qayd etish vazifasi- 
nigina bajarib qolmasdan, boshqamv faoliyatini izchil tartibga 
soluvchi vosita sifatida ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun 
ham, aw alo , o ‘z qadimiy an’analarimizdan kelib chiqib va 
dunyo hujjatchiligidagi ilg‘or tajribalardan ijodiy foydalangan 
holda, hujjatchiligimizni takomillashtirish yo‘lidan bormoq 
kerak. Hujjatlaming sof o‘zbek tilidagi yagona andozalarini 
yaratish, bular bilan bog‘liq atamalaming bir xilligiga erishish 
borasida ish olib borish bugungi kundagi dolzarb muammo- 
lardandir. Mamlakatimizda bu yo‘nalishdagi ishlar boshlab 
yuborilgan, ancha-muncha natijalar ham yo‘q emas.
0 ‘zbek tilidagi hujjatchilikni takomillashtirishda mavjud 
tajribalardan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda amali- 
yotda «qonun», «farm on», «qaror» so ‘zlarini ulam ing 
nom laridan keyin b a ’zan bosh h arf bilan, b a’zan kichik 
h arf bilan yozish holatlari uchram oqda. Aslida, 0 ‘zbekis- 
ton R espublikasi va 0 ‘zbekiston Respublikasi Preziden- 
ti nomidan e ’lon qilingan qonun, farmon va qarorlar oliy 
tashkilot va oliy mansab egasi nomidan e ’lon qilingani 
sababli ulam ing nom laridan keyin keladigan «qonun», 
«farmon», «qaror» so ‘zlari bosh harfda yozilishi kerak. 
M asalan: 
«Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi
Qonuni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
21-oktyabrdagi «O'zbek tilining davlat tili sifatidagi nufu-
zi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to ‘g ‘risi-
da»gi Farmoni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 11-iyuldagi «O'zbekiston tarixi» telekanalini
tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g ‘risida»gi Qarori.
11


Muqaddima
Ish yuritishda, albatta, o ‘zbek tilining o ‘z qonun-qoidala- 
riga rioya qilish kerak. K ichkinagina bir misol: bizda o ‘zbek 
tilida bitilgan hujjatlarda uning sanasini k o ‘rsatish, masalan, 
«12-oktyabr 1989-yil» tarzida yozish rus tilidan k o ‘chirish 
oqibatida odat b o ‘lib qolgan. Rus tilida «12 октября 1989 
года» tarzida yoziladi va bu rus tilining tabiati va qonuniyat- 
lariga to ‘la muvofiq keladi. Ayni iboraning o ‘zbek tilidagi 
m a ’nosi ham aslida «1989-yilning 12-oktyabri» demakdir. 
Shunday ekan, o ‘zbek tilining o ‘z tabiati va qonun-qoida- 
lari asosida «1989-yilning 12-oktyabri» yoki ju d a b o ‘lma- 
ganda, «1989-yil 12-oktyabri» tarzida yozish kerak. Bu-ku -
bir misol. H ujjatlarda so ‘z va gap tartibi bilan aloqador, so ‘z 
q o ‘llash bilan b o g ‘liq ju d a k o ‘p m uam m olar borki, ulam i 
faqat ayni til tabiatidan kelib chiqib hal etmoq lozim. Ak- 
sincha y o ‘l tutish, biron-bir darajada b o ‘lsin, o ‘zini oqlay 
olmaydi.
Rasmiy tadbirlardan tashqari, hozirga qadar o ‘zbek tilida 
idoraviy ish yuritish sohasida bir necha amaliy qo ‘llanmalar 
yaratildi.
Q o‘lingizdagi kitob muallifiari 1990-yilda «O czbek tili­
da ish yuritish» nomli qo ‘llanmani tayyorlab, nashr ettirgan 
edilar. Bu kitob tez tarqaldi. Ammo istiqlol sharofati bilan 
ju d a k o 4plab yangi tushunchalar paydo b o ‘ldi, ko‘plab tushun- 
chalar yangi mohiyat kasb etdi, yana ko‘plab tushunchalar 
esa tamoman eskirdi. Tilimizning lug‘at boyligini tozalash 
jarayonlari tezlashdi, «eskirgan» degan tam g‘a bilan qo'llani- 
shi cheklangan so ‘zlar qaytadan «tiriltirildi», tilimiz tabiati- 
ga muvofiq ravishda yangi so‘zlar yasaldi. Ana shu m a’noda 
mazkur kitobni tamoman yangidan tayyorlash ehtiyoji tug‘il- 
di. Ana shu ehtiyojni inobatga olgan holda tayyorlangan ki­
tob «Ish yuritish (Amaliy qo‘llanma)» nomi ostida bir necha 
marta chop qilindi. Yana shuni ta ’kidlash kerakki, ish yuritish 
haqida boshqa tillarda ham k o ‘plab adabiyotlar, q o ilanm a, 
y o ‘riqnomalar mavjud. Bular tegishli xodimlarga ish yuntish-
12


Muqaddima
da uslubiy yordam berishdan tashqari idoralar ish qog‘ozlari- 
da umumiylik, bir xillikni ham ta ’minlaydi. Shu manbalar va 
amaliy tajribalar, shuningdek, yuqorida tilga olingan « 0 ‘zbek 
tilida ish yuritish» q o‘llanmasi asosida tayyorlangan kitobning 
so‘nggi 8-nashri 2017-yilda chop etilgan bo‘lib, unda mav- 
ju d muassasalarning deyarli ham masida eng faol qo‘llana- 
digan hujjatlarga, umumiy ish yuritish faoliyati masalalariga 
to ‘xtalingandi.
Bugun o ‘zbek tilin in g davlat tili sifatidagi nufuzi va 
m avqeini tubdan oshirishga ja d al kirishilgan bir davr- 
da ana shunday q o ‘llanm aning takom illashtirilgan yangi 
nashrini tayyorlashga katta ehtiyoj tu g ‘ildi. A na shu eh- 
tiyojni inobatga olgan holda q o ‘lingizdagi yangi nashr 
tayyorlandi. «D avlat tilida ish yuritish» am aliy q o ‘l- 
lanm asining ushbu nashrida a w a lg i nashrida m avjud 
b o ‘lgan xato va kam chiliklar tuzatildi va b a rta raf etildi. 
U hozirgi kunda am aliyotda k o ‘p q o ‘llanayotgan hujjat 
nam unalari bilan to ‘ldirildi. X izm at yozishm alari yanada 
takom illashtirildi. L u g ‘at qismi ish yuritishga doir va ish 
yuritishda q o ‘llanadigan yangi atam alar bilan to ‘ldirildi, 
shuningdek, ish yuritishga bevosita aloqador b o ‘lm agan 
ayrim atam alar chiqarib tashlandi.
Q o‘lingizdagi kitobning dastlabki boblarida ish yuri­
tish hujjatlarining o ‘ziga xos xususiyatlari, turlari, umumiy 
uslubiy tomonlari hamda idoraviy ish yuritish tili, shuning­
dek, boshqamv hujjatlaridagi zamriy qismlar (rekvizitlar) va 
ulami rasmiylashtirish, blanka hujjatlari talablari xususida 
to‘xtab o‘tiladi.
Ushbu takomillashtirilgan yangi nashmi tayyorlashda 
qo‘llanma mualliflari aw algi nashrlar yuzasidan mutaxas- 
sislar, amaliyotchilar bildirgan fikr-mulohazalar, takliflami 
e ’tiborga olib, ularga jiddiy yondashdilar. Shu nuqtayi na- 
zardan kitob mundarijasi jiddiy o ‘zgartirildi, ko‘p hujjatlami 
yoritishda aniqliklar kiritildi.
13


Muqaddima
K ito b n in g asosiy qism ida ish yuritishda eng faol q o ‘lla- 
n ad ig an h u jjatlar tavsiflanadi, bu hu jjatlar am aliyotda qabul 
q ilin g an ta s n if guruhlari ichida alifbo tartibida berilgan.
H ujjatlam i yoritishda, imkoni boricha, bir xil uslubga rioya 
qilindi: dastlab har bir hujjatning ta ’rifi, o ‘ziga xos xususi- 
yatlari, yozilish tartiboti, zaruriy qismlari, bu qism lam ing ay- 
rim izohlari berildi, so ‘ng ulam ing shakllari yoki am aliyotda 
k o ‘p q o ‘llanadigan nam unalari keltirildi. Shakl va nam unalar 
aksariyat hollarda m uayyan hujjat yoritilgandan so ‘ng yoki 
m uayyan b o ‘lim oxirida berildi va matn ichida tegishli joyda 
ularga havola etildi.
M a ’lum ki, m uayyan bir hujjat turi turli xizm at vaziyat- 
larida turli k o ‘rinishlarga ega b o ‘ladi, garchi bunda ulam ing 
zaruriy qism lari o ‘zgarm asa-da, axborotning bay on tarzi 
m azkur xizm at vaziyatiga m uvofiq ravishda qisman o ‘zga- 
radi. A na shulam i hisobga olib, ayni bir hujjat turining faqat 
bittagina nam unasi em as, balki turli xizm at vaziyatlarini aks 
ettim vchi bir necha nam unalari berildi. 

Download 10,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   294




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish