Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet573/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Eksportni rag‘batlantirishning tashkiliy 
usullariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
- eksport qiluvchilarga axborot va maslahat berish xizmatlarini ko‘rsatish 
uchun maxsus bo‘linmalarni tashkil etish; 
- savdo bitimlarini tuzishda davlat idoralarining ishtirok etishi; 
- tashqi savdo uchun malakali kadrlarni tayyorlashga ko‘maklashuv; 
- xorijiy mamlakatlarda ko‘rgazmalar tashkil etishda yordam ko‘rsatish; 
- milliy kompaniyalarni diplomatik jihatdan qo‘llab-quvvatlash va h.k. 
Eksportni rag‘batlantirishning kredit-moliyaviy usullari
quyidagilardan 
iborat: 
- eksportga tovarlar yetkazib berishni subsidiyalash; 
- eksport qiluvchilar uchun davlat kreditlarini berish va xususiy kreditlar 
berilishini rag‘batlantirish; 
- xorijda amalga oshiriluvchi savdo bitimlarini davlat tomonidan sug‘urtalash; 
- eksportdan olinuvchi foydadan soliq to‘lashdan ozod etish va h.k. 
Mamlakatimizda ishlab chiqaruvi korxonalarning eksport salohiyatini yanada 
oshirishni rag‘batlantirish ko‘lami yanada oshirildi. Shu borada O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2012 yil 26 martdagi “Eksport qiluvchi korxonalarni 
rag‘batlantirishni kuchaytirish va raqobatbardosh mahsulotlarni eksportga yetkazib 
berishni kengaytirish borasida qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-1731-


755 
sonli Qarori qabul qilinib, unga muvofiq mikrofirma va kichik korxonalarga sifatni 
boshqarish tizimlarini joriy etish, mahsulotlarning xalqaro standartlarga 
muvofiqligini sertifikatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, laboratoriya testlari va 
sinovlarini o‘tkazish komplekslarini xarid qilishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 
uchun yangi texnologik uskunalarni sotib olishda nazarda tutilgan yagona soliq 
to‘lovi bo‘yicha soliq solinadigan bazani kamaytirish huquqi berildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavot mahsulotlarini 
tashqi bozorlarga chiqarish samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 17 oktabrdagi PQ-3978-son qarori qabul qilindi. 
Unga ko‘ra, eksport operatsiyalari bo‘yicha bojxona yuk deklaratsiyasi 
rasmiylashtirilgan sanadan boshlab muddati o‘tkazib yuborilgan debitor qarzdorlik 
hosil bo‘lishi meva-sabzavot mahsulotlari uchun 120 kun etib belgilanadi. Eksport 
qiluvchining tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha to‘lov muddati o‘tgan debitor 
qarzdorligi bo‘lsa, uning keyingi eksporti faqat 100 foizli oldindan to‘lov asosida 
amalga oshirilishiga ruxsat beriladi
1

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 09.10.2018 y. 814-son 
"O‘zagroeksport" AJ ixtisoslashtirilgan tashqi savdo kompaniyasi oldindan 
to‘lovsiz, tasdiqlangan bank akkreditivi ochilmasdan yoki birinchi darajali xorijiy 
bank kafolati rasmiylashtirilmasdan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilishi 
mumkin bo‘lgan yetakchi xorijiy import qiluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga 
qo‘shimchalar kiritish haqida"gi Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
28.07.2017 
y. 
PQ-3157-son 
"Mahalliy 
eksport 
qiluvchi 
korxonalarni 
rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Qarorlari 
mahalliy ishlab chiqaruvchilarni eksport qilishga undovchi me’yoriy xujjatlar 
bo‘lib hisoblanadi. 
Importni tartibga solish, asosan, uni tarifli va tarifsiz vositalar orqali 
cheklashdan iborat. Asosiy tarifli to‘siq sifatida bojxona bojlarini keltirish 
mumkin. 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеntining “Mеva-sabzavot mahsulotlarini tashqi bozorlarga chiqarish 
samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018 yil 17 oktyabrdagi PQ-3978-son qarori 


756 
Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotining raqobatdoshligini oshirishda 
eksport salohiyatidan samarali foydalanishning strategik yo‘nalishi sifatida 
O‘zbekistonning xorijiy sheriklar bilan 2019 yildagi savdo-iqtisodiy
investitsiyaviy, texnologik va moliyaviy-texnik hamkorligini tubdan rivojlanishi va 
kengayishini ta’minlashga doir «Yo‘l xaritasi» loyihasini ishlab chiqib, unda 
quyidagilarni nazarda tutilmoqda:
1
- O‘zbekiston korxonalarining mahsulotlari va xizmatlarini tashqi bozorga 
eksport qilishni kuchaytirib borish; 
- O‘zbekistonga investitsiyalarni, ilg‘or texnologiyalarni, sayyohlar oqimini, 
shuningdek, grantlar, imtiyozli kreditlar va texnik ko‘maklarni jalb etish; 
- Respublikaning transport-tranzit imkoniyatlarini oshirish, tashqi savdo yuk 
tashish ishlari uchun qulay sharoitlarni shakllantirish; 
- ta’lim, fan va texnika sohasidagi hamkorlikni kengaytirish. 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   569   570   571   572   573   574   575   576   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish