Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/607
Sana11.02.2023
Hajmi6,22 Mb.
#910102
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   607
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.5-rasm. Tovar va xizmatlar nafliligi va qiymatining
yaratilishida ishlab chiqarish omillarining roli 
Demak, ishlab chiqarilgan tovarlarning nafliligini yaratishda har uchala omil: 
tabiat, kapital, ishchi kuchi to‘liq qatnashadi, qiymatning tashkil topishida esa 
mehnat to‘liq , kapital qisman qatnashadi, tabiat esa umuman qatnashmaydi. Bu 
Yaratilgan tovar va xizmatlar 
Naflilikni yaratishda to‘liq qatnashadi 
Qiymatning tashkil topishida 
qatnashadi 
Tabiat
Kapital
Ishchi 
kuchi 
Mеhnat 
Aniq mеhnat bilan 
o‘tkazilgan ishlab 
chiqarish vositalari 
qiymati 
Abstrakt 
mеhnat bilan 
yaratilgan 
yangi qiymat 


60 
narsani bilish, muhim nazariy va uslubiy ahamiyatga ega bo‘lib, qiymat yoki 
naflilikning o‘sishida qaysi omil muhim rol o‘ynashini bilish imkonini beradi va 
shu bilan birga turli xil bexuda munozaralarga chek qo‘yiladi.
Ishlab chiqarish jarayonining ikki tomonlama tabiati uning natijalarining ham 
ikki tomonlama tavsifi borligini ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish jarayonining darajasi 
bir joyda to‘htab turmaydi., doimo o‘zgarishda, rivojlanishda bo‘ladi va uning 
natijasi ham ko‘payib boradi. 
2.3. Xizmat ko‘rsatish ishlab chiqarishning tarkibiy qismi sifatida
 
Xizmat ko‘rsatish jarayoni ishlab chiqarish jarayonining ajralmas qismi va 
muhim yo‘nalishidir. 
Shuning uchun ham dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida xizmat ko‘rsatish 
sohalarini jadal rivojlantirish evaziga yalpi ichki mahsulot hajmini ko‘paytirish 
aholining turmush darajasini oshirishga erishilmoqda. Hozirgi kunda dunyoning 
rivojlangan mamlakatlarida ishchi kuchining 70 foizdan ortig‘i ushbu sohada 
faoliyat yuritishmoqda. Ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh yalpi ichki mahsulotida 
xizmatlar sohasining ulushi 78 foiz, Yaponiyada 72 foiz, Germaniyada 69 foiz va 
Rossiyada 60 foizni tashkil qilmoqda.
1
Shu sababli xizmat ko‘rsatish sohalarining mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotiga ta’sirini har tomonlama chuqur o‘rganish va uni intensiv 
rivojlantirishning aniq yo‘llarini izlab topish muhim ahamiyatga egadir.
Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan – “Sanoat, 
qishloq xo‘jaligi, kapital qurilish, transport-kommunikatsiya, servis va xizmat 
ko‘rsatish sohalarida salmoqli yutuqlar qo‘lga kiritildi”
2
– deya ta’kidlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil

fevraldagi 
PF-4947-sonli 
Farmoni 
“2017-2021 yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
1
Ю.Иванов Доля сферы услуг в ВВП России. –М.: Вопросы статистики. 2017. №3 
2
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy majlisga murojaatnomasi // Xalq so‘zi, 2018 
yil 29 dеkabr. 


61 
strategiyasi”da - “Xizmatlar ko‘rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki 
mahsulotni shakllantirishda xizmatlar roli va ulushini oshirish, ko‘rsatilayotgan 
xizmatlarning tuzilmasini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy, texnologik 
turlarini tubdan o‘zgartirish”
1
lozimligi belgilab qo‘yilishi ushbu sohaning 
mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida naqadar katta ahamiyatga ega 
ekanligidan dalolat beradi.
Hammamizga ma’lumki, sobiq ittifoq davrida uning tarkibiga kiruvchi barcha 
respublikalar, jumladan, O‘zbekistonda ham nashr qilingan iqtisodiy adabiyotlarda 
xizmat ko‘rsatish sohalarida hech qanday qiymat, mahsulot va daromad 
yaratilmasligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri nazariyalar mavjud edi. O‘sha davrda ularning 
fikricha, faqatgina moddiy ishlab chiqarish sohalarida mahsulot yaratiladi va u 
barcha daromadlar, shu jumladan, jamiyat milliy daromadining asosiy manbai, deb 
hisoblangan. Xizmat ko‘rsatish sohasida esa hech qanday mahsulot yaratilmaydi va 
u jamiyatning moddiy boyligini ko‘paytirmaydi, deb o‘ylashgan.
Bunday noto‘g‘ri g‘oyaning asoschisi ingliz iqtisodchisi A.Smit bo‘lib, uning 
“Xalqlar boyligining tabiati va sabablari” nomli asarida bu g‘oya ilgari surilgan. 
Ushbu noto‘g‘ri konsepsiya faqatgina ilmiy g‘oya sifatida emas, balki ko‘pgina 
mamlakatlarning, jumladan, sobiq SSSRning ham iqtisodiy va statistik 
amaliyotining asosini tashkil qildi. Ushbu g‘oyaga asosan xizmat ko‘rsatish 
sohalarining mahsuloti milliy mahsulot hajmi va tarkibida hisobga olinmas edi.
Rivojlangan mamlakatlarning aksariyati ushbu konsepsiyaning noto‘g‘ri 
ekanligini bizdan ko‘ra ancha ilgari tushunishdi va o‘z iqtisodiy amaliyotida milliy 
mahsulot hajmi va tarkibini hisoblash jarayonida xizmatlar sohasining 
mahsulotlarini hisobga oladigan bo‘lishdi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan keyin (1993 yildan boshlab) 
bosqichma-bosqich milliy hisoblar tizimiga o‘tishni boshladi va shundan keyingina 
YaIM tarkibida xizmatlar sohasining mahsuli hisobga olinadigan bo‘ldi. 
1
“2017-2021 yillarda O‘zbеkiston Rеspublikasini rivojlantirishning bеshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
stratеgiyasi”. http://strategy.gov.uz/uz/pages/action_strategy 


62 
YaIM tarkibida xizmat ko‘rsatish sohasining mahsulini hisobga olishning 
to‘g‘ri va zarurligini tushunishda uning nazariy jihatlariga e’tibor berish muhim 
hisoblanadi. Ayniqsa, ko‘rsatilgan xizmatlar mahsulining ikki tomonlama tabiatini 
o‘rganish muhim ahamiyatga egadir. Xizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan 
mahsulot boshqa buyumlashgan tovarlarga o‘xshab moddiy shaklda namoyon 
bo‘lmaydi. Lekin, ko‘rsatilgan xizmatlar ham huddi boshqa buyumlashgan tovarlar 
singari 

Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   607




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish