Техника фанлари | Технические науки | Technical sciences
№2 | 2021
44
Fozilov Farxod
Goyibov Oybek
Ravshanov Rizamat
Samarkand State Institute of Architecture
and Civil Engineering
ENERGY SAVING IN A SOLAR BUILDING WITH A SOLAR SYSTEM OF THE
TROMBA WALL TYPE
ANNOTATION
In
this research paper, practical recommendations are given for conducting thermophysical
experiments on the use of a low-temperature passive heating solar system "tromba wall" in
residential buildings under construction according to a standard project in our republic. Based on
the experience, a solar system solar house of the "trombone"
type was improved and
recommendations were given for the practical application of residential buildings in order to increase
their energy efficiency.
Keywords:
blood clot, wall, energy, climate, solar system, solar, latitude, renewable, external, air,
barrier, heat, physics.
1.KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017 yil 26 maydagi “2017-2021
yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy
sohada energiya samaradorligini oshirish chora tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi qarori bu boradagi
sa’yi-harakatlarni yangi bosqichga ko‘tardi. Ushbu hujjatda 2017- 2021
yillarda yalpi ichki
mahsulotning energiya sig‘imini yanada qisqartirish, mahsulot tannarxini kamaytirish va qayta
tiklanuvchi manbalar energiyasidan foydalanishni kengaytirishga yo‘naltirilganligi
bilan
ahamiyatga ega. Unga ko‘ra yaqin istiqbolda ustuvor vazifa sifatida iqtisodiyotning energiya va
resurs sig‘imini qisqartirish, ishlab chiqarishga energiyani tejaydigan
texnologiyalarni keng joriy
qilish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, mehnat samaradorligini
oshirish ko‘zda tutilgan. An’anaviy energetika yoqilg‘isi va energiyasining haqiqiy qiymatini aks
ettiradigan narxlarni belgilash, shu yo‘sinda samarali energiya uskunalaridan foydalanish hamda
aholi ongiga energiyani tejashga oid g‘oyalarni singdirish ham ana shunday muhim choralar sirasiga
kiradi.
Ma’lumki, so‘ngi vaqtlardagi ekologik va epidemiologik vaziyat
bu bilan chambarchas
bog‘liq bo‘lgan energiyaga bo‘lgan talabning ortishi ikkilamchi energiya manbalarining qadimiy
turi bo‘lgan organik chiqindilar, ularning manbalari, yig‘ilishi, saqlanish, qayta ishlash qurilmalari
va qayta ishlash natijasida hosil bo‘ladigan energiya va organik o‘g‘itdan foydalanish to‘g‘risida
batafsil ma’lumotlar beriladi. Binolar ichida mo’tadil issiqlik –fizik va namlik holatini ta’minlash
maqsadida ularning tashqi to’siq konstruksiyalarini loyihalashda issiqlik –fizik hisoblar amalga
oshiriladi. Loyihalash ishlarini bajarishda qurilish issiqlik fizikasi muhim ahamiyatga ega bo’lib,
tashqi to’siq konstruksiyasilardan issiqlik havo o’tishi, konstruksiyalarining issiqlik ustivorligi va
namlik holatini o’rganish bilan birgalikda, energiya samarador binolarni
loyihalashda katta
ahamiyatga ega. Qurilish issiqlik fizikasidan olingan bilimlar tashqi to’siq konstruksiyalar uchun
oqilona qurilish materiallarini tanlab olishda kata ro’l o’ynaydi. Ayniqsa samarali tashqi to’siq
konstruksiyalarini ishlab chiqarishda, sanoat chiqindilaridan foydalanib,
yangi qurilish
materiallarini yaratishda va yengil betonlarning qurilishda keng qo’llanishda juda muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: