Yoshlarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim
maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar
o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy
va axloqiy kamol topishiga
ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh
vaqtida
bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining
o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi.
(77-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 24-dekabrdagi O‘RQ-239-sonli
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 554-modda)
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslarni ishga qabul qilish ushbu Kodeksning
241-moddasida
nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
78-modda. Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmasligi
Ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Quyidagilar ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish deb hisoblanadi:
ushbu Kodeks 6-moddasining
birinchi qismi
talablarining buzilishi;
ish beruvchi tomonidan taklif qilingan shaxslarni ishga qabul qilmaslik;
Oldingi
tahrirga qarang.
ish beruvchi qonunga muvofiq mehnat shartnomasi tuzishi shart bo‘lgan shaxslarni
(belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslarni; homilador ayollarni va uch
yoshga to‘lmagan bolalari bor ayollarni — tegishincha ularning homiladorligi yoki bolasi borligini vaj
qilib) ishga qabul qilmaslik;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning
224-moddasi
, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil
5-dekabrdagi 965-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynalayotgan
va mehnat bozorida teng shartlarda raqobatlasha olmaydigan shaxslarni ishga joylashtirish uchun ish
o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish tartibi to‘g‘risidagi
nizom
.
(78-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 29-
avgustdagi 681-I-son
Qonuni
tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 9-son, 181-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
muqaddam sudlangan shaxslarni ishga qabul qilmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan hollar mustasno, yoxud shaxslarni ularning yaqin qarindoshlari sudlanganligi munosabati
bilan ishga qabul qilmaslik;
(78-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi O‘RQ-476-sonli
Qonuniga
asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Keyingi
tahrirga qarang.
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollar.
Keyingi
tahrirga qarang.
Ishga qabul
qilish rad etilgan taqdirda, xodimning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul
qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart, bu javob
ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Asoslantirilgan javob berish haqidagi talablarni qondirishni rad etish xodimning ishga qabul qilish
g‘ayriqonuniy ravishda rad etilganligi ustidan shikoyat qilishiga to‘siq bo‘lmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi
Qonuni
, O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy sud ishlarini yuritish to‘g‘risidagi kodeksi
23-bobi
(“Ma’muriy organlarning va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining, ular mansabdor shaxslarining
qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish to‘g‘risidagi ishlarni yuritish”).
Do'stlaringiz bilan baham: