💭
Iqtiboslar
✦
‘’Xodim
boshqarish bilan
farzand tarbiya qilish ayni
jarayon’’ -
Alisher Isaev
✦
‘’Liderlik haqidagi eng xavfli
nazariyalardan
biri - bu
liderlik tug’ma qobilyat
degan fikr. Bu bema’nilik,
aslida esa aksincha, liderlik
bu o’zlashtiriladigan
qobilyat’’ -
Warren Bennis
🎙
Podcast tavsiya:
✦
Online & Offline ta’lim farqi.
✦
Muvaffaqiyat sari yo’l -
Jahongir Rahmonov.
📚
Kitob tavsiya:
✦
‘’Atom odatlar’’
- James Clear
✦
‘’Men’’ - Fotih Duman
LIDER NOTES
Xurshid Saidmuhammad | Fikrlar #101
🗣
Rahbar bo’lmasdan liderlik qilishning
5
usullari.
Haqiqiy lider egallab turgan lavozimi bilan belgilanmaydi. Va
sizlar bilan quyida rahbar bo’lmasdan
turib ham liderlik qilish
yo’llari haqida gaplashamiz:
✦
Proaktiv
(
faol
)
bo’ling
-
liderlar kimdir ularga qanday
muammolarni hal qilishni aytishini kutib o’tirishmaydi. Ular
atrofdagi muammolarni anglab,
unga doim yechim bilan
kelishadi.
✦
Atrofdagilarni rag’batlantiring
-
jamoadoshlarni
rag’batlantirish uchun rahbar bo’lish shart emas.
Atrofdagilarga yordam berish, jamoaviy ishlashga undash va
har bir g’oya uchun qiziqish bildirish orqali rag’bat
bersa
bo’ladi.
✦
Mas’uliyat doirasidan tashqaridagi vazifalarga ustlaning
-
haqiqiy liderning “Bu mening vazifam emas” deganini
eshitmaysiz. Liderlar doim mas’uliyat
doirasidan tashqari
vazifalarni bajarishga moyil bo’lishadi.
✦
Atrofdagilarni maqtang
-
liderlar doim atrofdagilarning
yaxshi natijalari uchun “Rahmat”
aytib maqtash orqali
yaxshi niyat va ishonchlilikni bildirishadi.
✦
Bilimlarni ulashing
-
o’z bilimlaringizni baham ko’rishdan
uyalmang. Boshqalarga yo’l ko’rsatishga tayyor bo’lgan
expert sifatida o’sish sizni lider sifatida tan olishga yordam
beradi.
Hamma ‘’Lider’’ bo’lishi kerakmi?
Bir necha kun oldin bo’lib o’tgan bir
Podcastda
menga
👆
savolni berib qolishdi. Men albatta
hamma lider bo’lishi kerak deb javob berdim. Nega? Liderlik chunki bu faqatgina ish yoki
o’qish joylarida ko’rsatiladigan qobilyat emas. Har bir inson hayoti davomida turli davrlarni
bosib o’tar ekan, shu har bir davrning o’ziga yarasha qiyinchiliklari bo’ladi va bunday
vaziyatlardan avvalo o’zini, va qolaversa kelajakda oilasi, farzandlarini ham yaxshi kayfiyatda
olib chiqib ketishi zarur bo’ladi. Har bir insonida ma’lum bir liderlik qobilyati bor jamiyatlarda
uzluksiz rivojlanish davom etaveradi, chunki lider insonlar jamiyatdagi muammolarni
yechishga, xalqni to’g’ri maqsadlar sari yo’naltirishga va katta-kichik ijobiy o’zgarishlarni
amalga oshirish g’ami bilan yashaydilar. Va shu sabablar yuzasidan ham biz har doim
atrofimizni yaxshilashimizga,
‘’Menga nima zarur’’
yoki
‘’Kimdir qilib qo’yadida’’
deb emas,
atrofimizdagi muammolarga bir jamiyat vakili sifatida mas’uliyat bilan yondashishimiz kerak
deb o’ylayman. Menimcha, liderlari yo’q jamiyatlar yoki tashkilotlarning Zooparkdan farqi yo’q
bo’lsa kerak.