Mavzu: Na‘t g‘azallarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari



Download 5,99 Mb.
Sana10.07.2022
Hajmi5,99 Mb.
#772060
Bog'liq
Mavzu Na‘t g‘az-WPS Office

Mavzu:Na‘t g‘azallarining g‘oyaviy badiiy xususiyatlari


Reja:
1. Na‘t tushunchasi haqida ma‘lumot
2. Na‘t g‘azallari Navoiy talqinida
3. Na‘t g‘azallaridan namunalar
Tayanch tushunchalar:
Payg‘ambar, Muhammad s.a.v. , na‘t, Mark Xayt, vasf , me‘roj , me‘rojnoma.
Alisher Navoiy asarlari lug‘atida na‘tga shunday ta‘rif berilgan:"Na‘t payg‘ambarni madh etish,yaxshi sifatlarini aytib maqtash".
Musulmon xalqlari adabiyotida deyarli barcha asarlar Olloh hamdi va Muhammas s.a.v. madhi bilan boshlanadi.
Na‘t nafaqat nazm ya‘ni g‘azal balki nasriy asarlar dostonlarda ham uchraydi. Buni biz ko‘plab adiblar ijodida uchratganmiz.
Navoiyning " Xazoyin ul -maoniy"(Ma‘nolar xazinasi) devonidan ham qirqqa yaqin na‘t g‘azallari joy olgan.Ularning har birida yangi yangi- o‘zaro o‘xshashi yo‘q badiiy tasvirlar yaratilgan.Shoir na‘tlarida rasulullohni odamzotning sarvari eng buyuk zot sifatida ta‘rifu tavsif etgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi albatta . Shoir ba‘zi na‘t g‘azllarida bu g‘azalni na‘t g‘azal ekanligini g‘azal maqtasida aytib ham o‘tgan.
Hazrat Navoiy na‘t g‘azallarida payg‘ambarimizning sifatlari , xususiyatlari , shafoatlari, mo‘jizalari , nurlarini vasf etgan.
Shoir na‘tlarini o‘qigan kishi, eng komil inson - Muhammad payg‘ambar ekanligini bilib oladi.
Cho‘lpon nashriyotida chop etilgan "Ilohiy mo‘jizalar "kitobida " Eng buyuk inson " degan bir fasl bor...
Undan bilib olamizki, amerikalik olim Mark Xayt " Tarixda 100 buyuk odam " nomli kitob chop etgan.Unda aytilishicha,bu olim insoniyat tarixida hozirgacha ma‘lum buyuk zotlarning qobilyatlari,kurashlari,amallari,tadqiqot va muvaffaqiyatlari haqidagi ma‘lumotlarni kompyuter xofizasiga kiritadi...
Keyin inkor etib bo‘lmaydigan matematik amal bilan ularning eng qudratlisini aniqlaydi. Eng oxirgi natijani olish uchun tugmachani bosganda,kutilmagan va o‘ta hayajonli natija kelib chiqadi. Kompyuterda yer yuzida shu vaqtgacha yashab o‘tganlar ichidagi eng buyuk inson ismi yoziladi:
"Hazrati Muhammad sallollohi alayhi vasallam!"
Olamni ham, odamni ham Olloh yaratgan,lekin bundan maqsad komil insonni bunyod etish edi. Komil inson- Muhammad payg‘ambar.
Shuning uchun ham shoirlar bu ulug‘ zot ta‘rifida she‘r bitishni o‘zlariga sharaf bilganlar.
Mazmuniga ko‘ra na‘tlarni shartli ravishda ikkiga bo‘lish mumkin:
1.Vasf na‘tlar
2.Me‘rojnoma na‘tlar
VASF na‘tlarda payg‘ambarimizning umumiy sifatlari qalamga olinadi.
ME‘ROJNOMA natlarda payg‘ambarimizning makkadan Quddusga borishlari va Quddusdan ko‘kka chiqishlari ya‘ni yuqoriga ko‘tarilishlari , Olloh huzuriga safarlari- me‘roj tuni deyiladigan parvozlari ta‘rifu tavsif etiladi.
Na‘t g‘azallardan namunalar:
Sen kimu na‘tin demak til asragil ko‘p nuktadin,
Ey Navoiy, ma‘rifatni qilma har ne bor harj.
("G‘aroyib us-sig‘ar" 94-g‘azal)
Tong emastur, gar navo bo‘stonida topqay maqom,
Chun Navoiy o‘zni na‘ting ko‘yida qildi muqim.
("Badoe ul-vasat"393-g‘azal)
Navoiy, nabiy na‘tidin jam' qilg‘il
Parishon esa xotiri xarzagarding.
("Favoyid ul-kibar"338-g‘azal)
To aning birla bo‘lg‘ay ,Navoiy ,sening,
Na‘tu hamding bayoniga doston saro.
("Badoye ul-vasat" 7-g‘azal)
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak na‘t g‘azallari orqali biz payg‘ambarimiz haqida ko‘plab narsalarni bilib olish bilan birga uning go‘zal badiiyat yaratilishiga sabab bo‘lganidan va u haqidagi ijod namunalaridan bahramand ham bo‘la olamiz ekan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. " Tasavvuf va badiiy ijod " o‘quv uslubiy majmuasi ( Urganch 2020)
2. Navoiyning " Xazoyin ul - maoniy" devoni
3. Ziyoda G‘afforova "Navoiyning hamd va na‘t g‘azallari" Toshkent ma‘naviyat 2001
E‘tiboringiz uchun rahmat
Bajardi: Qo‘shimatova Yulduzoy
Tekshirdi: To‘rayeva Dilnoza
Download 5,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish