12
Bundan tashqari, narx bilan o`ynash moliyaviy barqarorlikka imkon bermaydi,
korxonani rejalashtirish va boshqarishni qiyinlashtiradi. Hozirgi sharoitlarda narx bilan
bog`liq bo`lgan usulni qo`llash ayniqsa, yangi bozorlarga kirib borishda (masalan,
yangi
bozorga kirib borishda yaponlar narxlarni o`rtacha 10%ga kamaytiradilar) davom
etmoqda. Biroq narxlarning pasaytirilishi bo`lajak foyda va rentabellik darajasi aniq
hisoblab chiqishni talab qiladi (narxlarning pasaytirilishi daromadning o`sishiga olib kela
oladimi yoki yo`qmi, shuni aniqlash kerak).
Hozirgi rivojlangan bozor sharoitlarida raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan
usuli – o`z tovarini raqobatchilarning o`xshash tovarlaridan ajratib ko`rsatish, unga
xaridor uchun o`ziga xos bo`lgan xislatlar berish, texnik xizmat ko`rsatish
darajasini
oshirish, tovarlarni sotishning ilg`or shakllarini rivojlantirish, firma faoliyatining
funktsional jihatlari va tuzilmasini takomillashtirish, xaridorlar so`rovlarining o`ziga
xosligini hisobga olish kabilar afzal ko`rilmoqda. Buning uchun raqobatchilar yangi
tovarlar
chiqarish, ularni takomillashtirish, sifatini oshirish, turli xil qo`shimcha xizmatlar
va sotuvdan keyingi xizmat ko`rsatish kafolatini taklif qilishdan foydalanadilar. Narx
bilan bog`liq bo`lmagan raqobatda nisbatan moliyaviy barqarorlik ta`minlanadi va bu
korxonani samarali boshqarishga imkon beradi.
Raqobatning narx bilan bog`liq bo`lmagan
usuli samaradorligi yuqoriro q, chunki
raqobatchilar javob tariqasidagi xatti-harakatarni narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatdagi
kabi tezlik bilan amalga oshira olmaydilar. Shuning uchun ham narx bilan bog`liq
bo`lmagan raqobatni samarali raqobat deb ham atashadi. Narx bilan bog`liq b o`lmagan
raqobat usuli narx bilan bog`liq bo`lgan raqobatga nisbatan ko`proq kuch va moliyaviy
xarajatlar sarflanishini talab qilsada, muvaffaqiyatga erishilgan
hollarda bu xarajatlar
to`la oqlanadi. Firmaning maqsad va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda raqobatli
xulq-atvorning quyidagi variantlaridan biri tanlab olinishi mumkin:
1)
yangi mahsulot, texnologiya, sotuv usullari, servis va reklamani yaratish;
2)
yangilik yaratganlardan qisqa muddatda kam xarajatalr bilan «nusxa ko`chirib
olish»;
3)
erishilgan
yutuqlarni sifatni oshirish, assortimentni kengaytirish kabi yo`llar bilan
imkon qadar uzoq vaqt saqlab turish.
13
Firmaning ma`lum bir bozor segmentlariga xizmat ko`rsatishga moslashib olishi
qoidaga ko`ra boshqa bozor segmentlarini yo`qotish yoki ularda muvaffaqiyatga erishish
imkoniyatlarining pasayishi hisobiga erishiladi. SHunga asosan quyidagi raqobat
strategiyalaridan biri belgilab beriladi:
Cheklangan raqobat strategiyasi
— raqobatli kurash strategiyasi yuqori sifatli, tor
ixtisoslashgan mahsulotlarni cheklangan miqdorda ishlab chiqarishdan iborat.
Lokal raqobat strategiyasi
— raqobatli kurash strategiyasi bozorning kichik (lokal)
hajmli ehtiyojlarini maksimal darajada chuqur qondirishni nazarda tutadi. Ushbu
strategiyaga amal qiluvchi kichik firmalar
samarali asbob-uskunalar, ilmiy-texnik
loyihalar va maxsus sohada bilimlarga ega bo`lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: