Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet267/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

X
A
L
Q
 
O
B
Y
E
K
T
L
A
R
IN

L
O
Y
IH
AL
A
S
H
 
V
A
 
Q
U
R
IS
H
 
J
A
R
A
Y
O
N
ID
A
O
‘T
K
A
Z
IL
A
D
IG
A
N
 
IN
J
E
N
E
R
-
G
E
O
L
O
G
IK
 
V
A
 
G
ID
R
O
G
E
O
L
O
G
IK
T
A
D
Q
IQ
O
T
 
IS
H
L
A
R
IN
IN
G
 
M
A
Q
S
A
D

V

V
A
Z
IF
A
L
A
R
I


2 9 6
oshishi oqibatida yuzaga keladigan o‘zgarishlarni oldindan bilishga yor-
dam beradi. Bu esa o‘z navbatida loyihaning texnik bosqichida olingan
ma’lumotlarning qanchalik to‘g‘riligini baholash, kerak bo‘lgan hollarda
loyihaga ba’zi bir qo‘shimcha, o‘zgartishlar kiritish imkonini beradi.
Lozim  bo‘lgan  hollarda  qo‘shimcha  tadqiqot  o‘tkazilishi  ham
mumkin.
22.2. GRAJDAN VA SANOAT OBYEKTLARINI
LOYIHALASH VA QURISH MAQSADIDA O‘TKAZILADIGAN
INJENER-GEOLOGIK TADQIQOT ISHLARI
Grajdan va sanoat obyektlarini loyihalash va qurish maqsadlari uchun
o‘tkaziladigan  injener-geologik  tadqiqot  ishlarining  asosiy  maqsadi
quyidagilardan iborat:
1. Qurilish obyekti maydonini tanlash.
2. Tanlangan maydonda qurilish obyekti bosh rejasini ishlab chiqish.
3. Ayrim imorat va inshootlarni joylashtirish.
Qurilish maydonini tanlash. Bu bosqichda injener-geologik qidiruv
ishlari  bir  qancha  maydonda  bir  vaqtda  olib  boriladi  va  ana  shu
maydonlardan eng maqbulini tanlab olishga qaratiladi. Buning uchun
eng avvalo maydonlarning injener-geologik sharoitiga oid hamma chop
etilgan  va  arxiv  ma’lumotlar  yig‘ilib,  o‘rganilib,  tahlil  etib  chiqiladi.
Ma’lum  yo‘nalishlar  bo‘yicha  topografik  xarita  yordamida  maxsus
marshrutlar bo‘yicha yurishlar o‘tkaziladi. Maydonning yer sathi tuzi-
lishi, unda tarqalgan geologik va texnogen jarayonlar to‘g‘risida kuzatish
ishlari olib boriladi. Chop etilgan va arxiv ma’lumotlarning yetarli yoki
yetarli emasligiga e’tibor berilgan holda hamda injener-geologik sharoit-
ning murakkabligiga qarab qo‘shimcha ravishda qazilishi kerak bo‘lgan
shurf, burg‘i quduqlari, ularning chuqurligi, qayerlarga joylashtirilishi,
tekshirish uchun olinadigan monolit va namunalar miqdori, laborato-
riya tadqiqot ishlarining turlari, hajmi aniqlanib chiqiladi va bajariladi.
Bajariladigan ishlarning hajmi iloji boricha kam, lekin qurilish maydo-
nini baholash uchun yetarli bo‘lmog‘i lozim. Amaliyotda tadqiqot ish-
larining bu bosqichida bajariladigan ishlarni injener-geologik rekognos-
sirovka ishlari deb yuritiladi. Mavjud chop etilgan, arxiv ma’lumotlari
va  qo‘shimcha  o‘tkazilgan  tekshirish ishlari  natijalari  asosida  hisobot
tuziladi. Hisobotda tanlangan qurilish maydonining ijobiy va salbiy to-
monlari, jumladan, yer sathining tuzilishi, fizik-geografik, geologik, gid-
rogeologik sharoiti, geodinamik, texnogen jarayonlar mavjudligi, ularning
tarqalish qonuniyatlari, seysmiklik darajasi, qurilish materiallarining bor-
yo‘qligi, avtomobil, temir yo‘llarining yo‘nalishi, ishchi kuchi to‘g‘risida
imkoniyati boricha batafsil ma’lumotlar keltiriladi. Umuman olganda,
tanlangan qurilish maydonining qurilish uchun yaroqliligi, texnik-iqti-


2 9 7
sodiy jihatdan javob berishi asoslab beriladi. Keyingi bajariladigan in-
jener-geologik tadqiqot ishlarining yo‘nalishi, grajdan va sanoat obyekt-
larini qay yo‘sinda joylashtirilishi to‘g‘risida ko‘rsatmalar beriladi. Bu
bosqichda bajariladigan hamma ishlar 1:25000—1:50000 masshtabda olib
boriladi.
Tanlangan qurilish maydonida o‘tkaziladigan injener-geologik tadqiqot
ishlari. Tadqiqod ishlarining bu bosqichida bajariladigan ishlar sanoat
obyektlarining bosh rejasini tuzishga, imorat va inshootlarni qurish va
ularni qurib bo‘lgandan keyingi davr maydonida injener-geologik sharoit
komponentlarini qay darajada o‘zgarishi to‘g‘risida dastlabki ma’lumot-
larni olishga, kerak bo‘lgan taqdirda lozim bo‘lgan chora va tadbirlar
belgilashga qaratiladi. Umuman olganda, bajarilgan hamma ishlar imorat
va  inshootlarni qurilish  jarayonida  hamda  qurilib bo‘lgandan  keyingi
foydalanish  jarayonida  o‘z  mustahkamligini  ta’minlashga  qaratilgan
bo‘lishi  lozim.  Bu  bosqichda  butun  qurilish  maydoni  va  maydonda
quriladigan har bir imorat va inshootlar joylashtiriladigan maydonchalar
ayrim-ayrim  mukammal  tekshiriladi.  Tekshirish  ishlarini  olib  borish
uchun  injener-geolog  qo‘lida  qurilish  maydonining  1:1000—1:10000
masshtabdagi topoplani, imorat inshootlarni qurish rejasi va ularning
tavsiflari bo‘ladi.
Qurilish maydonida va ayrim maydonchalarda bajariladigan tekshi-
rish ishlarining turi (qidiruv-razvedka, tajriba-tadqiqot, laboratoriya va
h.k.) va hajmi (shurflar, burg‘i quduqlarining soni, chuqurligi, tadqiqot
uchun  olinadigan  monolit,  namunalarning  miqdori  va  h.k.)  qurilish
rejalashtirilayotgan imorat va inshootlarning xalq xo‘jaligidagi o‘rni, ko‘p
qavatliligi,  qurilish  maydonining  oddiy  yoki  murakkabligi,  tekshirish
ishlarining masshtabiga qarab turlicha bo‘lishi mumkin (22.2-jadval).
22.2-jadval

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   263   264   265   266   267   268   269   270   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish