Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

18.3. SANOAT AHAMIYATIGA EGA BO‘LGAN SUVLAR
O‘z tarkibida u yoki bu darajada kimyoviy miqdor komponentlari
(yod, brom, oltingugurt, litiy va b.) bo‘lgan va sanoat maqsadlari uchun
ularning tarkibidagi ana shu mikrokomponentlardan ma’lum miqdorda
ajratib  olish  mumkin  bo‘lgan  suvlar  sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan
mineral suvlar deb ataladi. Shuning uchun ham bunday suvlar har bir
mamlakatning  gidromineral  xomashyolar  manbayi  bo‘lib  hisoblanadi
va baholanadi. Hozirgi vaqtda mineral suvlardan litiy, volfram, seziy,
mis, nikel, yod, brom, oltingugurt elementlarini va boshqa shifobaxsh
tuzlarni (xlorli, sulfatli, karbonatli) ajratib olish uslublari ishlab chiqilgan
bo‘lib, olingan  xomashyo sanoatda va meditsinada  keng qo‘llaniladi.
Sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  mineral  suvlar  dunyoning  juda  ko‘p
mamlakatlarida (AQSH, Avstraliya, Gretsiya, Rossiya, Chexiya va b.)
mavjud.
Dunyoning  ba’zi  hududlarida  yer  ostidan  otilib  chiquvchi  buloq
suvlari yer ustiga juda katta miqdordagi sanoat ahamiyatidagi mineral
tuzlarni  va  nodir  metallarni  olib  chiqib  yotqizishi  ham  mumkin.
Jumladan, G. B. Bogomolov ma’lumotiga ko‘ra, Chexiyaning Karlovi-
Vari  rayonidagi  yer yuzasiga  nisbatan  12  m balandlikka  tabiiy  bosim
ostida  otilib  chiqayotgan,  harorati  72,2°C  li,  sekundiga  30 m
3
  sarfga
ega bo‘lgan «Vrjidlo» bulog‘idan yer yuzasiga har yili 17 t tuz olib chiqib
yotqiziladi. Shu bilan birga uning tarkibida 40 dan ortiq nodir elementlar
(seziy, rubidiy, selen, surma, litiy, stronsiy) va radioaktiv komponentlar
borligi  ham  aniqlangan.  Sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  tuz  konlari
mavjud  hududlarda  shu  nom bilan  ba’zan  shaharlar  nomlanishi  ham
bejiz  emas.  Masalan,  Rossiyadagi  «Sol-Vechegorsk»,  «Solikamsk»
shaharlari shular jumlasiga kiradi.
Respublikamizda  sanoat  ahamiyatiga  ega  bo‘lgan  mineral  suvlar
Farg‘ona vodiysida (Sho‘rsuv, Shimoliy Sox, Andijon, Chimiyon vo-
dorod-sulfid suvlari, Chortoq yodli suvlari), G‘arbiy O‘zbekistonning
qator rayonlarida mavjud.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish