BA’ZI O‘SIMLIKLARNING TRANSPIRATSIYA KOEFFITSIYENTI
(B. A. Apollov bo‘yicha)
O‘simlik turlari
Transpiratsiya koeffitsiyenti
Bug‘doy
333—554
Suli
401—665
Sholi
811
Grechka
271—646
Kungaboqar
4900
Beda
251—441
Kartoshka
281—448
Qand lavlagi
377—497
Har yili Yer shari yuzasidan 520 ming km
3
miqdordagi suv bug‘la-
nib turadi. Bu holat yer usti va yer osti suv oqimlarini, dunyo okeani,
dengiz va ko‘llardagi suv rejimi barqarorligini saqlashda planetar aha-
miyatga ega.
Bug‘lanish va transpiratsiya jarayonining sodir bo‘lish tezligi asosan
yer sathining dengiz yuzasiga nisbatan balandligiga, uning ekspozitsiya-
siga, havo haroratiga va namligiga, yil fasllariga, atmosfera yog‘inining
miqdoriga, yer sathini tashkil etib turgan tog‘ jinslari turlariga, shamol
tezligiga, o‘simlik dunyosining turlariga va qalinligiga bog‘liq.
2 0 2
Bug‘lanish qiymati millimetrda ifodalanadi. Uni aniqlash ma’lum
qalinlikdagi va sathdagi suv havzalarida, ekin maydonlarida maxsus
qurilmalarga o‘rnatilgan yuzasi 3000 sm
2
gacha bo‘lgan bug‘lanishni
aniqlaydigan asboblar (ÃÃÈ-3000) hamda tuproq yuzasida yuz beradigan
bug‘lanishni o‘lchaydigan ÃÃÈ-51 bug‘latgichlar yordamida olib beriladi.
Bug‘latgichlarning diametri qanchalik katta bo‘lsa, bug‘lanish qiymati
shuncha kam va haqiqiy tabiiy bug‘lanish qiymatiga yaqin bo‘ladi.
Yer usti suv oqimi. Bu suv oqimi daryolar oqimi bo‘lib, yerning ustki
yuza qismida vujudga kelishi va oqishi bilan xarakterlidir. Daryolarning
suvliligi uning havzasi maydonining kattaligiga, havo bosimiga, ana shu
maydonga tushadigan yog‘inning miqdoriga bog‘liq. Ma’lumki, baland-
likni dengiz yuzasiga nisbatan ortib borishi bilan havoning bosimi har
100 metrga 13,3 mb kamayib boradi. Havo bosimining balandlikka qarab
bunday kamayishi o‘z navbatida yog‘inning ma’lum balandlikka qadar
ortib borishiga va keyin kamayishiga ba’zan yog‘inning quruq qor
holatida tushishiga sababchi bo‘ladi.
Yer usti suv oqimini doimiy ravishda ta’minlab turuvchi omillardan
biri — bu tog‘li hududlarning yuqori baland mintaqalaridagi mavjud
muzliklar hisoblanadi. Muzliklar Yer shari quruqlik maydonining
16 mln km
2
yoki 11% qismini egallaydi. Uning hajmi 18 mln km
3
bo‘lib,
Yer sharidagi hamma daryolar yillik oqimidan 500 marta oshiqligi bilan
xarakterlanadi (Apollov, 1963).
V. I. Lvovich keltirgan ma’lumotiga ko‘ra, yer yuzasidagi daryolar-
ning suvi planetamizning quruq qismidagi hamma suv hajmining 36560
km
3
qismini tashkil etadi, uning 3550 km
3
hajmdagi miqdori har yili
okeanga qaytib oqib tushadi. Qolgan qismi esa yer osti suv oqimini
hosil qilishda va bug‘lanishga sarf bo‘ladi (Sedenko, 1979).
Yog‘inning daryo oqimini vujudga keltirish, uni suv bilan ta’min-
lash darajasi suv yig‘uvchi maydonning geologik, relyef tuzilishiga, tog‘
jinslarining g‘ovakligiga bog‘liq holda yuz beradi.
Amaliyotda u yoki bu daryoning ma’lum bir oqib o‘tish joyidagi
(boshlanish, o‘rta, quyi oqimidagi va h.k.) suv sarfini aniqlash quyida-
gi formula yordamida amalga oshiriladi:
Q =VF ,
bu yerda: Q — daryoning biron-bir oqib o‘tish joyidagi suv sarfi, m
3
/s;
V — ana shu joydagi daryo suv oqimi tezligi, m/s;
F — daryo suv oqib o‘tuvchi sathining ko‘ndalang kesimi
yuzasi, m
2
.
Ma’lum daryo havzalaridan jilg‘alar holatida yig‘ilib oqib keluvchi
daryo suvlari ana shu havzalardagi suv oqimini vujudga keltiruvchi
manbalarga (yomg‘ir, qor, muzliklar, buloqlar) qarab, yomg‘ir suvidan
2 0 3
vujudga kelgan daryolar, yomg‘ir va muzliklar suvlaridan yig‘ilib oqim
hosil qilgan daryolar, yog‘in, muzliklar va buloqlar suvlarining qo‘shilma-
sidan yoki faqat buloq suvlaridan vujudga kelgan daryo oqimlari nomi
bilan ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |