Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

13.2. GRUNT SUVLARI
Grunt suvlari deganda yer sathiga nisbatan birinchi joylashgan suv
o‘tkazmaydigan qatlam ustki qismidagi yer osti suvi tushuniladi (13.1-
rasm). Grunt suvlari quyidagi xususiyatlari bilan boshqa yer osti suvlari-
dan farq qiladi:
1. Grunt suvlari suv o‘tkazmaydigan qatlam ustidagi suvli tog‘ jinslari
tarqalish  hududi  bilan,  ularning  qalinligi,  suv  o‘tkazuvchanligi  bilan
chambarchas bog‘liq.
2. Grunt suvlarini vujudga keltiruvchi asosiy omillar bo‘lib, atmosfera
yog‘ini, daryo, ko‘l havzalaridagi suvlar, gidrotexnik inshootlar (kanal,
suv omborlari, sug‘orish shoxobchalari) dagi suvlar hamda atmosferadagi
mavjud suv bug‘larining kondensatsiyalanishi hisoblanadi.
3. Grunt suvlarining sath chuqurligi va sarfi yil fasllarining o‘zgarishi,
daryo  suvlarining  sarfi,  sug‘orish shoxobchalarida  suv  oqishi  vaqtlari
bilan bog‘liq holatda goh ko‘tarilib, goh pasayib turadi.
4. Grunt suvlarining kimyoviy tarkibi, fizik xususiyatlari yig‘iladi-
gan yoki oqib o‘tadigan tog‘ jinslari tarkibi bilan, suv yig‘ilish maydoni-
ning  geoekologik  sharoitiga  qarab  o‘zgarishi  mumkin.  Ko‘p  hollarda
grunt  suvlarining  tarkibi,  xossa  va  xususiyatlari  yer  yuzasidagi  suv
havzalaridagi suvlarga yaqin bo‘ladi.


2 1 4
Fanda grunt suvlari mavjud bo‘lgan qatlamni suvli qatlam deb, grunt
suvlarining sathidan suv o‘tkazmaydigan qatlamgacha bo‘lgan masofa
suvli qatlamning qalinligi deb, yer yuzasidan grunt suvlarining sathigacha
bo‘lgan masofa ularning sath chuqurligi deb yuritiladi. Grunt suvlarining
ustki  yuzasi  uning  sathi  deyiladi.  Agar  grunt  suvlarining  sathi  yer
yuzasiga nisbatan gorizontal holatda bo‘lsa, grunt suvlarining havzasi,
yer  yuzasiga  nisbatan  ma’lum  qiyalikda  yotsa,  yer  osti  suvlari  oqim
vujudga keladi.
Grunt  suvlari  o‘zining  vujudga  kelish,  harakat  qilish  jarayonida
daryo, ko‘l, suv omborlari, kanal suvlarini oziqlantirishi yoki biz yuqo-
rida ko‘rsatib o‘tganimizdek, ulardan suv olishi, oziqlanishi mumkin
(13.2-rasm). Ulardan oziqlanish jarayoni asosan bahor fasliga, oziqlan-
tirish esa yoz fasliga to‘g‘ri keladi. Shunday qilib, grunt suvlari bilan
yer  usti  (daryo)  suvlari  orasida  doimiy  ravishda  gidravlik  bog‘liqlik
hukm suradi.
Gidrogeologiyada  yer  osti  suvlarini,  jumladan,  grunt  suvlarining
«rejimi» degan ibora ishlatiladi. Grunt suvlarining rejimi deganda tabiiy
(geologik, geomorfologik, ob-havo sharoiti) va texnogen (odamlarning
xo‘jalik faoliyatlari) omillar ta’siri ostida yer osti suvlari harakatini, suv
sarfini,  sathini,  tarkibini  va  xossa,  xususiyatlarining  ma’lum  vaqt
mobaynida o‘zgarib turish tushiniladi. Grunt suvlarining rejimini o‘rga-
nish  katta ilmiy va amaliy  ahamiyatga ega.  Chunki grunt  suvlarining
ko‘p yillik, yillik va fasliy rejimini o‘rganmasdan, bilmasdan turib, ular-
ning o‘zgarish sabablarini, qonuniyatlarini bilish, xalq xo‘jaligi obyekt-
larini yer osti suvlari bilan ta’minlash masalalarini hal etish aslo mum-
kin emas.
13.2-rasm. Yer  osti grunt suvlarini yer  usti suvlari bilan  bog‘liqligi (M.V.Sedenkodan).
—  tuproq  suvlari  bilan  yer  usti  suvlari  orasida  bog‘liqlik  yo‘q;  b  —  grunt  suvi  daryo
suvidan oziqlanmoqda; d — daryo suvi grunt suvidan oziqlanmoqda; e — o‘ng qirg‘oqdagi
grunt suvlari daryo suvini oziqlantirmoqda, chap qirg‘oqdagi grunt suvlari daryo suvidan
oziqlanmoqda.


2 1 5

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish