Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


 GIDROIZOGIPS XARITASI VA UNI TUZISH



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet208/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

13.3. GIDROIZOGIPS XARITASI VA UNI TUZISH
Grunt suvlarining sathi u yoki bu maydonlar bo‘ylab doimo bir xil
bo‘lmasligini hamda yillar, fasllar mobaynida o‘zgarib turishini hisobga
olib, ma’lum davrlar uchun gidroizogips xaritalar tuziladi. Bu xaritalar
asosini  grunt  suvlari  sathining  bir  xil  mutlaq  yoki  nisbiy  balandlik
nuqtalari bo‘yicha birlashtirib turuvchi chiziqlar tashkil etadi. Gidro-
izogips xaritasi topografik xaritalarga o‘xshab ketadi. Topografik xarita-
lardagi  gorizontal  chiziqlar  dengiz  sathiga  nisbatan  bir  xil  balandlik
nuqtalarini birlashtirib tursa, bu xaritadagi gidroizogips chiziqlari grunt
suvlarning bir xil sath balandliklarini birlashtirib turadi (13.3-rasm).
Grunt suvlarining sath balandliklarini aniqlash topografik xaritalar
yordamida amalga oshiriladi. Buning uchun grunt suv sath chuqurligining
o‘zgarishini o‘rganish maqsadida qazilgan quduqlar topoxaritaga tushi-
riladi, ularning dengiz yuzasiga nisbatan balandligi aniqlanib, kuzatish
jurnaliga yozib boriladi. Shuningdek, kuzatish jurnaliga har bir quduqdagi
maxsus asboblar (13.4-rasm) yordamida o‘lchangan grunt suvining sath
chuqurligi  ham  yozib  boriladi.  Quduq  joylashgan  joyning  mutlaq
13.3-rasm. Gidroizogips xaritasi (Y. Ergashevdan). 1 — burg‘i qudug‘i; 2 — shurf; 3 —
gidroizogips chizig‘i va uning mutlaq balandligi, m. Raqamlar, chapdan: suratda — quduq
va shurf nomeri, maxrajda — yer osti suvigacha bo‘lgan chuqurlik, m; o‘ngdan suratda
quduq yoki shurf joylashgan joyning mutlaq balandligi, m; maxrajda — yer osti suvi sat-
hining mutlaq  balandligi;  4  —  yer  osti  suv  oqimining  yo‘nalishi.


2 1 6
balandligidan suv sathigacha bo‘lgan chuqurlik qiymati ayirib tashlansa,
quduqdagi grunt suvi sathining mutlaq balandligi chiqadi. Masalan, 16.3-
rasmdagi quduqning mutlaq balandligi 506,5 m, ana shu balandlikdan
turib o‘lchangan grunt suvining sath chuqurligi 5,5 m. Bunda grunt suvi
sathining mutlaq balandligi 506,5
-5,5=501 m bo‘ladi. Ana shu yo‘sin-
da hamma quduqlardagi grunt suvi sathlari hisoblab chiqiladi. Bir xil
balandlikdagi nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilib, gidroizogips chizig‘i
o‘tkaziladi.  Agarda  quduqlar  oralig‘idan  qo‘shimcha  gidroizogips
chiziqlari o‘tkazish lozim bo‘lib qolgudek bo‘lsa, ana shu bir-biridan
ma’lum  masofadagi  ikki  quduqdagi  grunt  suvlari  sathlarining  mutlaq
balandliklari  farqi  topilib,  farq  ikkala  quduq  oralig‘idagi  masofaga
bo‘linadi.  Masalan,  5  va  6-quduqlardagi  (13.3-rasm)  grunt  suvlari
sathlarining mutlaq balandligi farqi 501
-497=4 m, masofa 4 sm, bunda
har bir sm ga 1 m balandlik farqi mos keladi. Shu bilan yer osti suv-
larining  500,  499,  498  m ga  teng  bo‘lgan  oraliq  nuqtalarini  topishga
muyassar bo‘linadi. Shu yo‘sinda boshqa quduqlar oralig‘idagi nuqtalar
ham aniqlanib, olingan hamma natijalar asosida mukammal gidroizogips
xaritasi yaratiladi.
Amaliyotda  grunt  suvlarining  oqim  qiyaligini  hamda  suv  harakat
yo‘nalishini bilish katta ahamiyatga ega. Chunki qiyalik qancha katta
13.4-rasm.  Yer  osti  suvlari  sathini  o‘lchaydigan  asboblar;  a  —  po‘kakli  o‘lchagich;
b  —  ovoz  beruvchi  o‘lchagich  (xlopushka);  d  —  elektrik  o‘lchagich.


2 1 7
bo‘lsa, suv oqim tezligi ham shuncha katta bo‘ladi. Suv oqimi qiyali-
gini ikki gidroizogips chizig‘i balandliklarini hisobga olgan holda quyidagi
formula yordamida aniqlanadi:
1
2
q
H
H
l
J


,
bu yerda: J
q
 — grunt suv oqimining qiyaligi;
H
1
 — birinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik;
H
2
 — ikkinchi gidroizogips chizig‘i o‘tgan mutlaq balandlik;
l — birinchi va ikkinchi gidroizogips chiziqlari orasidagi to-
pografik xarita masshtabini hisobga olib aniqlangan masofa.
Gidroizogips oralig‘idagi masofa bir-biriga qancha yaqin bo‘lsa, grunt
suvlari oqimining qiyaligi ham shuncha katta bo‘ladi va aksincha.
Grunt suvlari oqimining qiyaligi suv oqimining gidravlik gradiyenti
yoki bosim gradiyenti deb ham yuritiladi.
Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlash uchun katta
mutlaq balandlikka ega bo‘lgan gidroizogips chizig‘idan, kichik mutlaq
balandlikka  ega  bo‘lgan  gidroizogips  chizig‘iga  qarab  perpendikular
o‘tkaziladi. O‘tkazilgan perpendikular chizig‘i grunt suvining harakat
yo‘nalishini ko‘rsatadi. Tabiatda grunt suvi harakat qiluvchi suvli qatlam-
ning ostidagi suv o‘tkazmaydigan qatlamni yer osti relyef tuzilishiga,
uni  qiyaligiga qarab  gidroizogips  chiziqlari  bir-birlariga nisbatan  goh
yaqin, goh uzoq joylashishi, buni natijasida grunt suvining harakat yo‘na-
lishi oqim qiyaligi ham o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun
perpendikular  chiziq  gidroizogipsni  bir  necha  joyidan  o‘tkazilgani
ma’qul.
Grunt suvlari oqimining harakat yo‘nalishini aniqlashning uchbur-
chak usuli ham mavjud. Bu-
ning  uchun  o‘z  joylashishi
bo‘yicha uchburchak shaklini
hosil  qiluvchi  uchta  burg‘i
qudug‘i  bo‘yicha  grunt  suv-
lari sathlarini mutlaq baland-
ligi  to‘g‘risidagi  ma’lumot
bo‘lishi darkor. Masalan, bi-
rinchi A  nuqtaga  joylashgan
quduqdagi  suv  sathi  mutlaq
balandligi  26  m,  B  nuqtada
joylashganining  mutlaq  ba-
landligi 30 m, hamda V nuq-
tadagisiniki  —  24  m  (13.5-
rasm). Eng avvalo, AB va BG
nuqtaga joylashgan burg‘i qu-
duqlari  oralig‘ini  (uchbur-
13.5-rasm.  Grunt  suvi  oqimining  harakat
yo‘nalishini  uchburchak  usuli  yordamida
aniqlash.


2 1 8
chak tomonlarini) teng bo‘laklarga bo‘linib chiqiladi. So‘ngra uchbur-
chak tomonlaridagi har bir nuqtaga to‘g‘ri keluvchi suv sath balandlik-
lari  aniqlanib,  bir  xil  balanlikdagi  nuqtalar  birlashtiriladi.  Ana  shu
nuqtalarni  (29,  28,  27,  26,  25)  birlashtirish  natijasida  hosil  qilingan
chiziq  gidroizogips  chizig‘i bo‘ladi.  So‘ngra  gidroizogips  chizig‘ining
baland nuqtasidan past nuqtasiga qarab perpendikular chizig‘i o‘tkazi-
ladi. Hosil qilingan BD chizig‘i grunt suvining shu maydondagi oqim
harakat yo‘nalishini ko‘rsatadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   204   205   206   207   208   209   210   211   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish