Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  EROZIYA  JARAYONINI  VUJUDGA  KELTIRUVCHI



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.6.2.  EROZIYA  JARAYONINI  VUJUDGA  KELTIRUVCHI
SABABLAR  VA  UNGA  QARSHI  KURASH  CHORALARI
Eroziya  jarayoni  asosan  bahor  faslida  kuchayib,  qishloq  xo‘jaligi
uchun  katta  zarar  keltiradi,  u  yerning  ustki  unumdor  qatlamlarini
butunlay yuvib ketadi, ekin maydonlarini ishlab bo‘lmaydigan darajada
buzadi, o‘nqir-cho‘nqirlar,  jarlar paydo qiladi,  tuproqning kimyoviy,
fizik, mexanik xossalarini o‘zgartirib yuboradi. Eroziya jarayonining ana
shunday bajaradigan buzg‘unchilik ishlariga asosan quyidagilar sababdir:
1. Yer sathining qiya yoki nishab bo‘lishi (qiyalik 8—10° dan kam
bo‘lmasligi).
2.  Yuviladigan  jins  qatlamlarining  haddan  tashqari  g‘ovak,  sochi-
luvchan bo‘lishi, tuproq zarrachalarining bir-birlari bilan mustahkam
jipslashmaganligi.
3. Yog‘in miqdorining ko‘p bo‘lishi va tez yog‘ishi.
4.  Asosiy  daryo o‘zanining  yuvilayotgan  maydon sathiga  nisbatan
pastda va dengiz yuzasiga nisbatan balandda bo‘lishi.
Daryo o‘zani yuviluvchi maydonga nisbatan qancha pastda bo‘lsa
va dengiz yuzasidan balandda bo‘lsa, maydonda hosil bo‘lgan yomg‘ir
suvlari oqimining ana shu daryo o‘zaniga qarab intilishi, yuvish kuchi
shuncha katta bo‘ladi.
Eroziya jarayonini vujudga keltiruvchi yuqoridagi sabablar kuchini
kamaytirish  shu  bilan  birga  u  keltiradigan  oqibatlarning  oldini  olish
uchun ko‘riladigan asosiy choralar quyidagilardan iborat:
1.Yuvilish jarayoniga uchrovchi tuproq qatlami zarrachalarining mus-
tahkam jipslashib turishini ta’minlash. Buning uchun ana shu rayonlarda
daraxtzorlar,  butazorlarni  ko‘paytirish,  mavjud  daraxt,  butazorlarni
qirqishni qat’iyan cheklab qo‘yish.
2. Haydash ishlarini yo‘lga solish.


1 3 2
3. Tog‘ yonbag‘irlarini qirqib, terrasalar hosil qilish, bu bilan nishablik
(qiyalik) darajasini kamaytirish.
4. Jarlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaslik. Jarlarning paydo bo‘lishini
ko‘rsatadigan  asosiy  belgilar  biz  yuqorida  ko‘rsatib  o‘tganimizdek,
birinchi  yilda  chuqurligi 0,5—1  metr,  eni  1—2 metr  keladigan  tabiiy
ariqchalarning  hosil  bo‘lishi  bo‘lib,  agar  vaqtida  tegishli  choralar
ko‘rilmasa, bu ariqchalar zaminida keyingi 3—4 yil ichida qayta-qayta
o‘yilishi, qulash, yuvilish jarayonlar natijasida chuqurligi 15—20 metrga,
eni hatto 10—30 metrga yetadigan jarlar hosil bo‘ladi. Shuning uchun
ikkinchi yiliyoq ana shu hosil bo‘lgan ariqchalardan suv oqqanda, uni
o‘yilib, yuvilib ketmaydigan qilish, temir-beton plitalar yotqizish, kerak
joylarda ma’lum to‘siqlar o‘rnatish va suvning oqish tezligini iloji bori-
cha kamaytirish, ariqchalarning yon devorlari atrofiga ko‘p yillik o‘simlik
ko‘chatlari o‘tkazish darkor.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish