Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet130/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Takrorlash  va  tekshirish  uchun  savollar
1. Karst  hodisasi  nima  va  u  qanday  vujudga  keladi?
2. Asosiy  karst  hosil  qiluvchi  tog‘  jinslarini  aytib  bering.
3. Karst  hodisasi  lyoss  va  lyossimon  tog‘  jinslarida  ham  uchraydimi?
4. Karst  bo‘shliqlari  mavjudligi  oqibatlari  to‘g‘risida  gapirib  bering.
5. Karst  bo‘shliqlari  qanday  o‘rganiladi?  Ulardan  saqlanish  uchun  qanday
tadbirlar  ko‘riladi?
7.6. EROZIYA JARAYONI
7.6.1.  EROZIYA  JARAYONI  TO‘G‘RISIDA
UMUMIY  TUSHUNCHA
Osmondan tip-tiniq, top-toza holda yoqqan yomg‘irning yer yuziga
urilishi bilan loyqalanishini, tezda o‘zi bilan tuproq zarrachalarini kemi-
rib, harakatga kelishini, o‘z yo‘lida yuvish ishlarini bajarishi va pastki
yerlarga oqib ketishini, jarlar hosil qilishini hammangiz ko‘rgansiz. Bu
9—M.Sh. Shermatov


1 3 0

Eroziya  lotincha  so‘z  bo‘lib,  yemirish  yoki  kemirish  ma’nosini  anglatadi.
hodisa  fanda  eroziya
1
  jarayoni  deb  yuritiladi.  Eroziya  jarayonining
boshlanishida va rivojlanishida yomg‘ir tomchilarining ahamiyati juda
katta bo‘lib,  yomg‘ir tomchilarining  tuproq qatlamiga  urilishi tuproq
zarrachalarini  hatto  60—90  sm  balandlikka  1—1,5  m  radius  bo‘ylab
otib yuborishi mumkinligi aniqlangan.
N. A. Gorskiyning ma’lumotiga ko‘ra bir gektar yer yuzasiga 10 mm
qalinlikda yoqqan yomg‘irning og‘irligi 100 tonnaga borishi, Amerika
tuproqshunosi  B. Osbornoning  hisoblashicha,  bir  gektar  yer  yuzasiga
50  mm  qalinlikda  yomg‘ir  yoqqanda  625  ot  kuchiga  teng  keladigan
energiya ajralishi hisoblangan bo‘lib, bu energiya 17,5 sm qalinlikdagi
tuproq qatlamini 90 sm balandlikka 86 marta ko‘tarib tashlashga qodir
ekan. Bu, demak, u 62 mln kgm ga teng keladigan ish bajardi, demakdir.
Yomg‘ir tomchilarining yer yuzasiga katta kuch bilan urilishi, ma’-
lum qalinlikdagi tuproq qatlamining yemirilishi, so‘ngra hosil bo‘lgan
suv oqimining tog‘ yon bag‘irlari bo‘ylab, ma’lum nishablikdagi ariqlar
orqali  harakatga  kelishi  katta-katta  hosildor  ekin  maydonlari  ustki
qatlamlarining ba’zan butunlay yuvilib ketishiga sabab bo‘ladi. Masalan,
ana shunday yomg‘ir tomchilaridan, erigan qor suvlaridan o‘z qatralarini
yig‘uvchi Missisipi daryosi 1 sutka davomida okeanga 1,5—2 mln tonna
loyqa  zarralarini,  20  ming  tonna  qum,  shag‘al  toshlarni  olib  kelib
tashlaydi.  Shunga  o‘xshash  Chotqol  daryosi  o‘z  qatralarini  yig‘ib
keladigan (o‘zining eng dastlabki qatralarini Talas ola tog‘ining janubiy-
g‘arbiy  yon  bag‘irlaridan  boshlaydi)  maydonni  har  kv  km  dan  yiliga
150  tonna,  Norin daryosi  (o‘zining  dastlabki  qatralarini  Tyan-Shan-
ning Oqshiyroq massividan — Petrov muzligidan boshlab yig‘adi) esa
250 tonna tuproq zarralarini, qum, shag‘al toshlarni yuvib oqizib keladi.
Golland  geologi  R.  Kyuenenaning  hisoblashicha,  Yer  sharining
quruqlik  qismidan  har  yili  12  kub km  yoki  36  mlrd  tonna  loy,  qum,
tosh materiallari eroziya jarayoni natijasida yuvilib turadi.
Eroziya jarayoni ikki xil ko‘rinishda sodir bo‘ladi. Birinchisi tuproq
eroziyasi  deyilib,  yomg‘ir  suvlari  yerning  ustki  qatlamlarini  yuvish
natijasida yuz beradi. Ikkinchisi jar eroziyasi deb yuritiladi. Birinchisi
eroziya jarayonining boshlanishi bo‘lib, ikkinchisi uning davomi hisob-
lanadi. Chunki ana shu ma’lum tekislik bo‘ylab yuvish ishlarini bajargan
suv qatralari asta-sekin pastliklarga qarab oqishi, bir-birlari bilan qo‘-
shilishi natijasida katta kuchga ega bo‘lgan suv oqimini hosil qiladiki,
bu oqim chuqurligi 0,5—1 metr, kengligi 1—2 metr ariqchalarni hosil
qilib oqadi. So‘ngra shu ariqchalar bo‘ylab, yerning pastki qatlamlari
tomon  o‘yish, yemirish,  o‘pirish  ishlarini  bajaradi. Vaqt  o‘tishi  bilan
yuqoridagi ariqchalarning uzunasi bir necha kilometrga, eni 15—20 metr-
ga, chuqurligi hatto 10—30 metrga yetadigan jarlarni vujudga keltiradi.
Tuproq eroziyasi asosan tog‘ yuqori qismlarining shimoliy yon bag‘ir-


1 3 1
larida rivojlangan bo‘lib, jarlarning hosil bo‘lish jarayoni esa lyoss jin-
slari keng tarqalgan tog‘ oldi rayonlarda juda taraqqiy etgandir.
Eroziya jarayoni Markaziy Osiyoning Chotqol, Qurama, Turkiston,
Zarafshon,  Pskom,  Ugom,  Farg‘ona,  Oloy,  Hisor,  Pomir,  Issiqko‘l
rayoni atrofi tog‘larida (Kungay, Teskay) va shu tog‘lardan boshlanuvchi
Sirdaryo,  Amudaryoning  irmoqlari  Chirchiq,  Ohangaron,  Norin,
Zarafshon,  Vaxsh,  So‘x,  Qoradaryo,  Chu  daryolarining  vodiylarida
hamda Yevropa qismining Ukraina, Moskva, Boltiq bo‘yi, Kavkaz, Qrim
hududlarida rivojlangan.
Shuningdek,  eroziya  jarayoni  Yer  yuzasining  hamma  qismlarida,
ayniqsa, Shimoliy Amerikaning Kordilyera tog‘larida, Liviya, Hindiston,
Birma  va  boshqa  ko‘pgina  mamlakatlarda  keng  tarqalgan  bo‘lib,  u
mamlakatlar qishloq xo‘jaligi rivojlanishiga katta ziyon keltiradi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish