Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


Eski, turib qolgan, «namlangan» qor ko‘chkisi



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

Eski, turib qolgan, «namlangan» qor ko‘chkisi — havo haroratining
ko‘tarilishi,  issiq  qor,  yomg‘ir  yog‘ishi  bilan  bog‘liq  bo‘lib,  yomg‘ir,
qor suvlarining ilgari yig‘ilib qolgan qor uyumlariga singib, yer yuzasi-
ga yetishi, qor uyumi bilan yer yuzasi orasida suyuq oquvchan massa-
ning  vujudga  kelishi  va  massa  yig‘ilib  qolgan  qor  uyumini  o‘ng‘aylik
bilan o‘z joyidan ko‘chib harakatga kelishini ta’minlashi natijasida sodir
bo‘ladi. Ko‘chkining bu turi ko‘pincha erta bahorda yuz beradi.


1 1 7
7.3.1.  QOR  KO‘CHKISI  HODISASINING  OQIBATI
VA  UNDAN  SAQLANISH  CHORALARI
Qor ko‘chkisi vaqtida harakatga kelgan qor massasining hajmi ba’zan
2 mln m
3
 ni tashkil qilib, shunday katta tezlikka ega bo‘ladiki, bu tezlik
mutaxassislarning hisoblashlaricha^ soatiga 250—350 kilometrga yetib,
harakat qilayotgan qor massasining oldida vujudga kelgan havo to‘lqi-
nining ta’sir kuchi esa har kvadrat metrga 100—120 tonnadan to‘g‘ri
kelar ekan.
Demak, qor massasining ma’lum maydonda ma’lum yo‘nalishdagi
harakati jarayonida, ana shu maydondagi mavjud gidrotexnik inshoot-
lari, yo‘l, aloqa vositalari, uy-joylar, bog‘lar, qo‘ying-chi nimaiki bo‘lsa
hammasi  vayron  bo‘ladi,  qor  tosh  uyumlari  ostiga  ko‘miladi.  Ko‘p
hollarda bu hodisa qulash hodisasining ham kelib chiqishiga sabab bo‘lib,
daryolarni to‘sib, tabiiy to‘g‘onlar hosil qiladi. Bahor faslida tabiiy to‘-
g‘onlarning ochilib ketishi esa qancha-qancha yerlarning to‘satdan suv
to‘lqiniga yuzma-yuz kelishi, natijada xalq xo‘jaligiga katta ziyon etishiga
sabab bo‘ladi.
Qor ko‘chkisi hodisalari Shveysariya, Avstriya, Italiya hududlarida,
Kavkaz, Tyan-Shan, Pomirda, Alp, Shimoliy Ural tog‘larida ko‘pincha
yuz berib turadi. Shveysariyadagi Randi qishlog‘i butun aholisi bilan 2
marta  qor  ko‘chkisi  ostida  qolganligi  ma’lum.  1916-yili  16-dekabrda
birinchi jahon urushi davrida Alp tog‘i rayonida qor ko‘chkilari sodir
bo‘lib, bir necha yuz mudofaa obyektlari vayron bo‘ladi, okoplar, tran-
sheyalar, yuzlab, minglab soldat va ofitserlar qor, tosh uyumlari ostida
ko‘milib ketadi. Natijada ikkala urushayotgan tomondan 9 mingga yaqin
kishi halok bo‘ladi.
1969-yili yanvar oyida Markaziy Osiyoning tog‘li rayonlariga qorning
ketma-ket  yog‘ishi,  havo  haroratining  nihoyatda  pasayib  ketishi  ana
shu rayonlarda qor ko‘chki hodisalarining vujudga kelishiga sabab bo‘ldi.
Hozirgi vaqtda tog‘li hududlarning  keng ko‘lamda o‘zlashtirilishi,
suv omborlari, katta-katta GES lar, dam olish uylari, sanatoriyalar quri-
lishi, bolalar oromgohlari tashkil qilinishi so‘zsiz shu rayon uchun qor
ko‘chkisi  hodisasi  qancha  xavfli  yoki  xavfsizligini  o‘rganishni  taqozo
qiladi.
Shuning uchun ana shunday hududlarda qurilish ishlarini boshlash-
dan bir necha yil avval maxsus tekshirish ishlari olib borilib, juda ham
xavfli deb topilgan uchastkalar kartalarga ajratilib, belgilab qo‘yiladi va
aholi yashaydigan uy-joylar, gidrotexnik inshootlarni qurish, butunlay
man etiladi. Agar imoratlar va inshootlar qurish juda ham shart bo‘lsa,
kerakli injenerlik choralari ko‘riladi. Bu choralar asosan quyidagilardan
iborat:
1. Qor ko‘chkisi vujudga keladigan tog‘ yonbag‘irlarini daraxtzor-
larga aylantirish, mavjud butazorlarni qirqishni qat’iyan man etish.


1 1 8
2.  Tog‘  yon  bag‘irlarining  nishabligini,  haddan  tashqari  tikligini,
maxsus  traktorlar  yordamida  terrasalar,  maxsus  tekis  maydonchalar
tashkil qilish yo‘li bilan kamaytirish.
3. Qor ko‘chkisi sodir bo‘lishi muqarrar bo‘lgan vaqtlarda (ketma-
ket qor yog‘ib, havo harorati pasaysa) kishilarni to‘satdan bo‘ladigan
qor ko‘chkisidan qutqarish uchun, ularni oldindan ogohlantirilgani holda
yig‘ilgan, harakatga kelishi mumkin bo‘lgan qor qatlamlari va uyumlarini
oz-ozdan ehtiyotlik bilan yo‘qotib borish.
4. Maxsus injenerlik qurilmalar (qor qirqg‘ich, damba, qor ko‘chki-
sini o‘tkazib yuboradigan tonnellar) yordamida qor ko‘chkisining harakat
yo‘lini o‘zgartirib, boshqa tomonga yo‘naltirib yuborish.
5. Doimiy ravishda kuzatish  ishlarini tashkil qilish.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish