Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari


  SURILISH  HODISASIDAN  SAQLANISH  MAQSADIDA



Download 5,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/295
Sana30.12.2021
Hajmi5,78 Mb.
#90191
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   295
Bog'liq
Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi asoslari (M.Shermatov)

7.1.2.  SURILISH  HODISASIDAN  SAQLANISH  MAQSADIDA
KO‘RILADIGAN  CHORA  VA  TADBIRLAR
Tekshirishlar natijasida surilish hodisasi sodir bo‘ladi, deb topilgan
hududlarda aholi yashashi qat’iy man etiladi. Shu hududda ariqlar qazish,
yo‘llar o‘tkazish, haydash, daraxtlarni qirqish ishlariga chek qo‘yiladi.
Agar surilish hodisasi davom etayotgan bo‘lsa, doimiy ravishda kuzati-
ladi, surilishning xarakteri o‘rganiladi. Buning uchun reperlar o‘rnatish,
burg‘i quduqlari qazilib, uning ichiga plastmassadan egiluvchan mosla-
malarni joylashtirish, agar yoriqlarning kengayib borishini hisobga olish
zarur bo‘lsa, suriluvchi reykalar o‘rnatish ayni muddaodir. Surilish yuz
berayotgan maydon juda katta bo‘lmasa uning pastki qismiga — yo‘liga
tosh,  temir-beton  devorlar  quriladi.  Agar  surilish  hodisasi  juda  katta
maydonni  o‘z  ichiga  oladigan  bo‘lsa,  buning  chorasi  ancha  mushkul
bo‘lib, temir-beton devorlar yordamida to‘sib, ushlab bo‘lmaydi. Bunday
hollarda ochiq va yopiq suv yo‘llari (drenajlar) qazilib shu hududdagi
mavjud  yer  osti  sizot  suvlarining  chiqib  ketishi  ta’minlanadi.  Ba’zan
tuproq qatlamlarida transheyalar qazilib, shu transheyalarda yuqori is-
siqlik beruvchi yoqilg‘ilarni yoqish yordamida yuqori (800° dan oshiq-
roq) temperaturada qizdiriladi, bunda tuproq mag‘zidagi suvlar bug‘la-
nib, tuproqning fizik-mexanik xossalari o‘zgarib ketadi, natijada suri-
luvchi massa o‘z joyida turib qoladi.
Ba’zi hollarda suriluvchi qatlam bilan shu qatlam ostida yotgan asos
jins  orasida  sizot  suvlari  sizilib  chiqib  turadigan  turlicha  qalinlikdagi
qum, qum tuproq, shag‘altosh qatlamlari bo‘lib, bu qatlamlardan uzoq
davrlar mobaynida doimiy ravishda sizot suvlari o‘zi bilan mayda qum,
tuproq zarrachalarini olib chiqib ketishi jarayonida yuqoridagi qatlam-
ning  pastki  qatlamga  jipslashib  turishi  kamayadi.  Natijada  suriluvchi
kuch,  ushlab  turuvchi  kuchdan  oshib  ketadi  va  surilish  hodisasi  yuz
berishi  mumkin.  Bunday  hollarda  ana  shu  ora  qatlamning  (qum,
shag‘altosh qatlami) qalinligi undan oqib chiqib turadigan suvning miq-
dori, shu sizot suv paydo bo‘ladigan joy o‘rganilib, sizot suvining oqish
yo‘li  o‘zgartiriladi  yoki  quduqlar  (drenajlar)  qazilib,  shu  quduqlarga
nasoslar o‘rnatiladi va suv nasoslar yordamida so‘rib olinadi.

Download 5,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish