Pedagogika, innovatsiya, integratsiya



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma


Behbudiy.
  B a y o n i  haqiqat.  « U lu g ‘  T urkiston» g a zeta si.  1 917,  12-iyun.
109


Maktab  ishi,  xalq  orasiga  m a’rifat tarqatish Avloniy  faoliyatining  bosh 
y o ‘nalishini tashkil  qildi. Ammo,  Chor  mustamlakachilik siyosatini  amalga 
oshirib  borayotgan  o ‘lka m a’muriyati  1908-yilda maktabni yopdi.
Avloniy 
1909-yilda  Degrez  mahallasida  yangi 
maktab  ochdi, 
1909-1917-yillar davomida uning «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», 
«Turkiy  Guliston  yoxud  axloq»,  «M aktab  gulistoni»,  6  qismdan  iborat 
«Adabiyot yoxud milliy she’rlar» to ‘plami nashr etildi. Abdulla Avloniyning 
fikricha, axloq -  bu xulqlar majmuyidir. Xulq esa, kishida o ‘z-o‘zidan paydo 
bo'lm aydi.  Ularning  shakllanishi  uchun  m a’lum  bir  sharoit,  tarbiya  kerak. 
Kishilar yomon bo‘lib tug ‘ilmaydilar, ularni  muayyan sharoit yomon qiladi.
Avloniyning ta ’kidlashicha, axloq tarbiyasi xususiy ish emas. Bu tarbiya 
ijtimoiy  ishdir.  Har  bir  xalqning  taraqqiy  qilishi,  davlatlarning  qudratli 
bo‘lishi avlodlar tarbiyasiga ko‘p jihatdan  bog‘liq.
Abdulla  Avloniy  kishining  ilm  olishini  eng  yuksak  fazilat  hisoblaydi. 
Uning  aytishicha,  ilm  agar  jam iyat  manfaatiga  xizmat  qilmasa,  xalq 
farovonligi  y o ‘lida  qo ‘llanilmasa,  u  o ‘likdir.  Shuning  uchun  ham  adib 
xalqqa ko ‘proq nafi  tegadigan  ilm-hunar bilan  shug‘ullanishni taklif etadi.
Adib  ilmning amaliy ahamiyatini chuqur tahlil etadi. Uning fikricha, har 
bir kishi  biror  ilm,  hunarni  egallar ekan,  uni  hayotda  qo ‘llay  bilishi  darkor, 
ana  shundagina  ilm-hunarning jam iyatga  nafi  tegishi  mumkin.  Avloniy  o ‘z 
ilmini  amalda  qo ‘llay oladigan kishilarni  dono  insonlar,  deb  hisoblaydi.
Fitrat  ham  Turkistonda  yangi  maktablar  ochib,  ularni  yangi  dastur  va 
darsliklar  bilan  ta ’minlash  haqida  qayg‘urdi.  U  Turkiston  maktablarida 
jiddiy  o ‘zgarish  boMishi,  o ‘quvchilarga  zamonaviy,  dunyoviy  bilim  berish 
kerakligini,  xalqning  ijtimoiy,  m a’rifiy  ongini  oshirish  zarurligini,  m a’rifat 
baxt-saodat,  milliy taraqqiyot va istiqlol zamini  ekanligini ta ’kidladi.
Fitrat  o ‘z  ijodiy  va  pedagogik  faoliyatida  yaratgan  ilmiy  va  badiiy 
asarlarida  Vatan,  xalq,  millat  erkinligi,  farovonligi  haqidagi  orzularini, 
ta ’lim  va  tarbiya  haqidagi  qarashlarini  ifodaladi.  U  Turkistonda  va  boshqa 
Sharq  oMkalarida  atoqli  olim,  maorifchi  va  ustoz  muallim  sifatida  shuhrat 
qozondi.
Fitrat ilm -m a’rifatning jam iyat taraqqiyoti va inson kamoloti, madaniyat 
rivojida muhim ahamiyatga molikligini yuqori  baholaydi.
U  m a’naviy  boylik  va  go ‘zallik  negizi  insoniyat  yaratgan  tafakkur 
durdonalarini  ongga  singdirish,  joylashdan  iborat,  degan  g ‘oyani  olg‘a 
suradi.
Hamza Hakimzodaning ta ’kidlashicha,  aqliy tarbiyada bolalar tabiat va 
jam iyat  qonun-qoidalarini, tabiat hodisalarini,  ularning  o ‘zaro  bog‘liqligini 
bilishi  kerak.  Shundagina bolalar jam iyat va xalq farovonligi  uchun xizmat 
qiladigan bo4ibyetishadilar. Uning uqtirishicha, axloqiy tarbiyada bolalarda
110


insonparvarlik tuyg‘usini  rivoj  toptirish kerak.  Zero,  insonparvar  insongina 
kishilarni,  ota-onani  qadrlaydi,  insoniy  huquqlarni  himoya  qiladi,  ularga 
hurmat-ehtiromda bo‘ladi.
Hamza  Hakimzoda  o ‘z  pedagogik  qarashlarida  bolalarda  sabrlilik 
xislatini  rivoj  toptirishga  e’tibor  beradi.  Uning  ta ’kidlashicha,  «Sabrli 
kishilar  har  yerda  izzatlik,  har  kirn  qarshisida  hurmat  va  obro‘li  bo‘lur. 
Sabrli kishilarni  har kim sevar va chin  ko‘ngildan do‘st tutar»1.
Abdulhamid  Cho‘lponning  asarlarida  ifodalangan  insonparvarlik, 
vatanparvarlik haqidagi fikrlar o ‘z davri ta ’lim-tarbiyasida alohida ahamiyat 
kasb  etdi,  yoshlar m a’rifiy  ongi  rivojiga kuchli ta ’sir ko‘rsatdi, yoshlarning 
o ‘tmish  allomalarning  hayot  y o ‘llari,  olg‘a  surgan  g ‘oyalarini  anglab 
olishlariga  yordam  berdi.  ChoMpon  asarlarida  ifodalangan  m a’rifiy  fikrlar 
hozirgi yoshlarni  barkamol qilib yetishtirishga ham xizmat qilmoqda.
AsqarZunnunov ta’lim-tarbiyada ibratning mohiyati haqida shunday deydi:
«Boqiy  olamning  o ‘zi  ibrat  manbayidir.  Hayotdagi  yaxshilik  va 
yomonlik,  poklik  ibrat  namunasidir.  Inson  yaxshilik  odamga  quvonch 
baxsh  etishini  ko‘rib,  yaxshilik  qilishga  intiladi,  yomonlik  odamni  badnom 
qilishini ko‘rib, undan yiroqlashishga harakat qiladi. Ibrat shu jihatlari bilan 
inson tarbiyasida alohida o ‘rinda turadi.
Donishmand ota-bobolarim iz,m a’rifatparvarallom alaro‘zfaoliyatlarida 
bolalarga  o ‘rnak  bo‘lishga  harakat  qilganlar,  ijod  etgan  narsalarini  inson 
aql-zakovatining  yaratuvchilik  qudratiga  ega  ekanligini  namuna  qilib 
ko‘rsatganlar,  bolalarni  ko‘proq  tabiat  bag‘rida  bo‘lishga  chorlaganlar, 
o ‘simlik  va  hayvonot  olami  bilan  tanishtirganlar.  Ota-bobolar  ana  shu 
amaliy ishlari bilan yoshlarga ibrat bo‘lganlar».
A sqarZunnunovningta’kidlashicha, ta ’lim va tarbiyada ikkinchi darajali 
ish  boMmaydi.  Barcha  ishning  samarali  bo‘lishi  ularni  oqilona  amalga 
oshirilishiga,  o ‘qituvchilar  o ‘rtasida  ahillik  barqaror  bo‘lishiga,  ularning 
ijodkorligiga, o ‘quvchilar bilan odilona muloqotda bo‘lishlariga bogMiqdir.
Asqar  Zunnunov  pedagogik  tajribada,  maktabda,  ta’lim-tarbiyada  ishni 
qamrovli tashkil  etish  kerakligini  aytadi.  Zotan,  bu tadbir zamon  talabi bo‘lib, 
ta’lim-tarbiyani  o ‘zaro  bogiiq  tarzda,  ya’ni  o‘qituvchilar  jamoasi  erishgan 
ilg‘or  usullarni  hayotga  tatbiq  etish  bilan  takomillashtirib  borish,  maktabdagi 
tarbiya  bilan  oiladagi  tarbiyaning  uzviylikda bo‘lishiga  erishish  o‘quvchining 
shaxs sifatida shakllanishida muhim omil bo‘lishi shubhasizdir.
Mahalliy  mualliflik  maktablari, jam iyat  hayotidagi  o'zgarishlar  ta ’lim 
va tarbiya tizimiga o ‘z ta’sirini  ko‘rsatmay qolmagan.  XX  asrning  ikkinchi 
yarmida musulmonlar muhitidan mutaxassislarni tayyorlash maqsadidayangi

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish