Pedagogika, innovatsiya, integratsiya


TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING  GURUHIY SHAKLI



Download 7,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/320
Sana30.12.2021
Hajmi7,45 Mb.
#90075
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   320
Bog'liq
Boshlang`ich ta`limda pedagogika innovatsiya integratsiya o`quv qollanma

TA’LIMNI TASHKIL ETISHNING  GURUHIY SHAKLI
S o 'nggi  yillarda  darsni  tashkil  etishning  um um iy  va  yakka  tartibdagi 
shakllari  bilan  bir  qatorda,  ta ’limni  tashkil  etishning  guruhiy  shakli  ham 
keng tarqalm oqda.
Guruhiy  shaklning asosiy  belgilari:
-   m azkur  darsda  m uayyan  o 'q u v   vazifalarini  hal  qilish  uchun  sin f bir 
necha guruhlarga  bo'linadi;
-  har bir guruh m uayyan topshiriq oladi va uni  birgalashib,  o 'z  boshlig'i 
yoki  o'qituvchining  bevosita rahbarligida  bajaradi;
-  topshiriq  guruhning  har  bir  a ’zosi  q o'shg an  hissani  hisobga  olish  va 
baholash  im konini  beradigan  y o 'sin d a bajariladi;
-   guruhning  tarkibi  doim iy  bo'lm ayd i,  uni  tanlashda  guruhdagi  har 
bir  a ’zoning  o 'q u v   im koniyatlari  jam o a  uchun  naqadar  foydali  am alga 
oshadigan  bo'lishi  nazarda tutiladi.
M axsus  tanlangan  guruhlarda  o 'q u v   va  ishlab  chiqarish  topshiriqlari 
m a’lum  y o 'riq n o m a -   reja  bo'y ich a  bajariladi.  Turli  predm etlarda va  hatto, 
bitta  predm et  b o 'y ich a  darslarda  guruhlarning  rahbarlari  va  tarkibi  har 
xil  bo'lishi  m um kin.  D arsning  guruhiy  shakli  guruhdagi  ishning  tashkil 
etilishiga  bog'liq.
B irinchi  galda,  guruhning  tarkibini  to 'g 'r i  tanlash  zarur.  U,  albatta, 
kichik  jam o a  bo'lishi  lozim,  shundagina  barcha  a ’zolar  bir-birlarining 
yutuqlarini  boyitadilar  va  kam chiliklarini  to'ldiradilar.  G uruhda  o 'zaro  
salbiy m unosabatdagi  bolalar bo'lm aslig i  kerak.
B a’zan  m a ’lum  topshiriq  guruhning  m oyilligi  va  qobiliyatlariga  qarab 
qism larga  ajratiladi.  A’zolarning  har  biri  ishning  o 'z ig a  tekkan  qism ini 
yakka  tartibda  bajaradi.  K eyin  har  bir  o'quvchi  bajargan  ishning  natijalari 
m uhokam a qilinadi v a jam lanadi.
D arsning  guruhiy  shakli,  ayniqsa,  qandaydir  am aliy  m asalalarni  hal 
qilishda  yoki  kursning  qandaydir  xususiy  m asalasini  chuqur  o'rgan ishd a 
sam arali  bo'ladi.
D arsning um um iy yoki yakka tartibdagi shaklida o'qituv chi bitta darsda 
ham m a  o 'quvchilarga  yordam   berishga  qiynaladi.  U  bir-ikki  o'qu vch i
69


bilan  ishlayotganida  o ‘zlarida  savollar  tu g ‘ilgan  o ‘quvchilar  navbat  kutib 
turadilar.  G uruhda  esa  o ‘quvchilarga  ju d a   tez  yordam   berish  m um kin. 
Tajribadan k o ‘rinadiki, bunda guruhdagi kuchli va b o ‘sh o ‘qu vch igay ord am  
beradigan  o ‘quvchi  b o ‘sh  o ‘quvchiga  nisbatan  kam   m anfaatdor  b o ‘lmaydi, 
binobarin,  u  o ‘z  o ‘rto g ‘iga  tushuntirishda  uning  bilim lari  yuksak  darajada 
faollashadi  va  m ustahkam lanadi.  G uruhlar  har  qanday  m uam m olarni  hal 
qilishda  ham  g ‘oyat  sam aralidir.  B ir  tom ondan,  ijodiy  ish  haqiqatni  izlash 
jarayonini  individuallashtiradi,  chunki  har  bir  o ‘quvchi  yechim ni  m ustaqil 
holda  topishga  intiladi.  Ikkinchi  tom ondan,  fikr  alm ashish,  taxm inlarni 
birgalikda tekshirish tabiiy, jam o av iy  xususiyat kasb  etadi.
Sinfni  guruhlarga  bo ‘lishda  qiyinchiliklar  tu g ‘ilishi  tabiiy.  A yrim lar 
sinfni o ‘quvchilam ing qobiliyatlariga ham da aqliy kam olot darajasiga qarab 
guruhlarga  ajratishni  tavsiya  etadilar.  B unday  qilish  xatodir,  binobarin, 
qobiliyatli  va  qobiliyatsiz  o ‘quvchilarni  bir-biridan  uzoqlashtirish  m um kin 
em as,  aksincha,  guruhlarda  kuchsiz  o ‘quvchilarga  kuchli  o ‘quvchilarning 
tashkiliy ravishda yordam   berishini y o ‘lga q o ‘yish  m aqsadga m uvofiqdir.
0 ‘quv  dasturida  ko ‘zda  tutilgan  ekskursiyalami  o ‘tkazish  majburiy 
bo‘lib,  bu  ish  u yoki  bu  predmetni  o ‘rganishga  ajratilgan vaqt hisobiga amalga 
oshiriladi.  Ta’limning boshqa tashkiliy shakllari  kabi o ‘quv ekskursiyalari ham 
didaktik prinsiplami (ilmiylik, o ‘qishni hayot bilan bog‘lanishini, ko ‘rsatmalilik 
va  hokazolam i)  am alga  oshiradi,  borliqni,  hodisalar  va  jarayonlarni,  o ‘zaro 
b o g iiq lik  ham da o ‘zaro aloqalarni  o ‘rganishda,  ilmiy dunyoqarashni,  bilish va 
jam oatchilik qiziqishlarini,  shaxsning  sifatlarini  shakllantirishda,  o ‘quvchilarni 
mehnat faoliyatiga tayyorlash va kasblarga y o ‘naltirishda yordam   beradi.

Download 7,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   320




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish