O„zbekiston tarixi kafedrasi



Download 1,41 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/85
Sana07.02.2023
Hajmi1,41 Mb.
#908804
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85
Bog'liq
Кашка. МАЖМУА 2022 - для слияния

4-MAVZU: KESH TARIXI 
 
Reja: 
1.
Kesh tarixiga oid manbalar. Keshda ijtimoiy turmush va madaniyat.
2.
Vohada dehqonchilik va hunarmandchilik.
3.
Iqtisodiy va madaniy hayot(I-VII asrlar).
4.
Kesh shahrining Qashqa vohasi tarixida tutgan o‗rni 
Tayanch so‘z va iboralar: 
Kesh – Kess Ksenippa, Sho‗robsoy, Sangirtepa va Uzunqir 
yodgorliklari, Oqsaroy, Dorussaodat va Doruttilovat majmualari. 
 
Shahrisabz – Qashqa vohasining sharqiy qismida, Hisor va Zarafshon tizma tog‗lari 
oralig‗ida oquvchi Qashqadaryo havzasidagi qadimiy dehqonchilik vohasi – So‗g‗d muzofotida 
joylashgan.
Milodga qadar bo‗lgan I asrda yashagan Rim tarixchisi Kvint Kursiy Rufning 
ma‘lumotiga ko‗ra, Ksenippa shaklar mamlakati bilan chegaradosh (bu esa uning cho‗l bilan 
tutash bo‗lganligiga ishora), ―u yerda zich joylashgan qishloqlar ko‗p, chunki hosildor yerlar 
nafaqat tubjoy kishilarni, shu bilan birga kelgindilarni ham o‗ziga jalb etadi‖
1

Kvint Kursiy Ruf, ―Ksenippa shaklar yeri bilan chegaradosh‖, deganida to‗g‗ri gapni 
aytgan. Chunki hozirgi Shahrisabzni qadimgi davr jug‗rofiy tushunchalari bilan chegaralaydigan 
bo‗lsak, uning shimoli g‗arbiy hududi Samarqand va Buxoro yerlari bilan tutashganligini anglash 
qiyin bo‗lmaydi. Bundan tashqari, shaklar joyi, deyilganda faqat Sirdaryo ortini tushunmaslik 
kerak bo‗ladi. Bess Erondan Navtoqqa kelganda uni qo‗llab-quvvatlovchilar safida shaklar ham 
bo‗lganligi ma‘lum. Shak qavmlari hozirgi Chiroqchi va Ko‗kdala dashtlarida o‗rnashgan 
bo‗lishlari ehtimoldan yiroq emas. 
So‗g‗dning asosiy shaharlaridan bo‗lgan hozirgi Shahrisabz ―Kesh‖, ―Kash‖ va ―Kess‖, 
―Kiss‖ deb turlicha talqin etilgan. Akad. V.V.Bartold Shahrisabzning qadimda ―Kiss‖ deb qayd 
etilgani misoli tariqasida Yoqut Hamoviydan bir dalil keltiradi: ―Yoqut, – deydi akad. 
V.V.Bartold, – Ibn Ma‘qulning ishontirib aytgan bir gapini, ya‘ni Amudaryo ortidagi hamma 
yerda Kiss deb talaffuz qilganlarini eshitganligini keltirib o‗tadi‖
2

Bu fikrga murojaat qilishdan maqsad shuki, qadimda viloyatlar, odatda, shu joyning 
asosiy shahri nomi bilan yuritilganligini ta‘kidlashdir. Baqtriyaning bosh shahri Baqtr (Hirot) 
bo‗lgani kabi, Kesh – Kess Ksenippa (Kissinippa, Kisennippa, Ksenippa) viloyatining poytaxti 
ekanligi ham haqiqatga yaqin ehtimol. 
Sharqiy Qashqadaryo (Kitob-Shahrisabz vohasi) hududlaridan so‗nggi yillarda mil.avv. I 
ming yillikning birinchi yarmi va o‗rtalariga oid shaharsozlik madaniyati haqida yangi 
ma‘lumotlar olindi. Bu hududlardagi Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari Qashqadaryo o‗rta 
1
Кабанов С.К. ―Нахшеб на рубеже древности и средневековья‖ (III-VII вв). Т.: ―Fan‖, 1977. 87-bet. 
2
Бартольд В.В. Соч.3. М.:1965. Б.205. 


24 
oqimidagi SHo‗robsoy daryosi bo‗yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy-xo‗jalik 
hududida joylashgan. 
Sharqiy Qashqadaryo (Kitob-Shahrisabz vohasi) hududlaridan so‗nggi yillarda mil.avv. I 
ming yillikning birinchi yarmi va o‗rtalariga oid shaharsozlik madaniyati haqida yangi 
ma‘lumotlar olindi. Bu hududlardagi Sangirtepa va Uzunqir yodgorliklari Qashqadaryo o‗rta 
oqimidagi SHo‗robsoy daryosi bo‗yida vohaning eng yirik va qadimiy madaniy-xo‗jalik 
hududida joylashgan. 
Sangirtepadagi arxeologik-stratigrafik tadqiqotlar natijasida yodgorlikning shakllanish 
tarixi, uning o‗zlashtirilishi va tashlandiq holga kelish bosqichlari aniqlangan. Yodgorlikning ilk 
shakllanish davri mil. avv. IX-VIII asrlarga oiddir. Ushbu davrda bu yerda mustahkam paxsa 
devor bilan o‗ralgan yirik inshoot qad ko‗taradi.
Uzunqir ko‗hna shahrining dastlabki tashqi devori bo‗rtib chiqqan, to‗g‗ri burchakli 
burjlarga, burjichi xonalariga, yarim ustunlarga, jangovar va «soxta» shinaklarga ega bo‗lgan. 
Bunday tuzilishiga ega bo‗lgan devorlar Janubiy O‗zbekistonning mil.avv. VIII-VI asrlarga oid 
birorta yodgorligida uchramaydi (ular boshqa yodgorliklarda biroz keyingi davrlarda paydo 
bo‗ladi). Lekin, Old Osiyo yodgorliklari bilan ko‗pgina umumiy jihatlarga ega. Masalan, 
Bobilning (mil.avv. VII-VI asrlar) va ba‘zi Mesopotamiyadagi boshqa yirik shaharlarning 
mudofaa devorlari burjlar bilan mustahkamlanib, yarim ustunlarga ega bo‗lganki, bu hol Uzunqir 
me‘morlari tomonidan Old Osiyo an‘analari qo‗llanilganidan dalolat beradi. 
Uzunqirdagi arxeologik tadqiqotlar uning hududida hayot mil.avv. I ming yillik 
boshlarida paydo bo‗lganligidan dalolat beradiki, yodgorlik markaziy qismidagi shurfdan 
topilgan va qadimiy manzilgoh bo‗lganligidan dalolat beruvchi mil.avv. VIII asrga oid sopol 
siniqlari majmuasi shuni ko‗rsatadi, mil.avv. VII asrga kelib esa manzilgoh mustahkam mudofaa 
devorlari bilan o‗rab olinadiki, bu shaharsozlikning yorqin namunasidir. 
Uzunqir shaklidagi ilk shaharlarning paydo bo‗lishini O‗rta Osiyodagi eng qadimgi 
davlatlarning vujudga kelishi jarayoni bilan bog‗lash mumkin. Ilk temir davrida So‗g‗diyona 
hududlari qadimgi Baqtriya tarixiy-madaniy viloyati tarkibiga kirgan. Shuning uchun ham 
So‗g‗diyonaning yirik shahar markazlari (Afrosiyob, Ko‗ktepa, Buxoro, Uzunqir, Yerqo‗rg‗on) 
va aynan Baqtriya markazlarining (Baqtr, Oltindilyor, Qiziltepa) me‘morchiligi, 
hunarmandchiligi va moddiy madaniyati bir-biriga ancha yaqin bo‗lib, umumiy tarixiy madaniy 
jarayonlar ta‘sirida rivojlangan. 
So‗nggi yillarda Sangirtepada tadqiqot ishlarini davom ettirgan M.Hasanov xulosalariga 
ko‗ra, Sangirtepada mil.avv. IX-VIII asrlardan V-IV asrlargacha bo‗lgan Baqtriyadagi 
Kuchuktepa uchala davri (I-II-III) sopol majmualari kuzatiladi. Shuningdek, bu erdan So‗g‗d 
hududlarida birinchi bo‗lib zardo‗shtiylik ibodatxonasining markaziy zali ochildi. 


25 
Fikrimizcha, So‗g‗diyona vohasidagi dastlabki shaharlar qishloqlardan iqtisodiy, siyosiy 
va madaniy mavqei bilan ajralib turgan. Tadqiqotlar natijalarining tahliliga qaraganda eng 
qadimgi shaharlar asosan aholisi sug‗orma dehqonchilik bilan shug‗ullangan vohalarda, qadimgi 
savdo yo‗llari bo‗ylarida, hukmdorlar qarorgohlari atroflarida paydo bo‗lgan. Bunday shaharlar 
o‗zlari joylashgan vohalarning siyosiy, iqtisodiy, madaniy, diniy va harbiy markazlari vazifasini 
bajargan bo‗lishi shubhasizdir. 
So‗g‗diyona shaharsozligining paydo bo‗lishi va rivojlanishi masalalariga xulosa yasab 
shuni aytish mumkinki, ilk shaharsozlikning shakllanishi jamiyat taraqqiyotidagi rivojlanish 
bilan chambarchas bog‗liq bo‗lib, bu jarayon uzoq va bosqichma-bosqich davrlarni o‗z ichiga 
oladi. So‗g‗diyona shaharsozligining shakllanishi va rivojlanishi bunga yorqin misol bo‗lishi 
mumkin. 
So‗nggi yillarga qadar O‗zbekiston hudularida ilk shahar madaniyatining shakllanishi 
miloddan avvalgi I ming yillikning o‗rtalari deb kelinar edi. Asoslari neolit va eneolit davrlariga 
borib taqaladigan So‗g‗diyona shaharsozligi miloddan avvalgi I ming yillikning birinchi 
choragidayoq shakllana boshlaydi. Afrosiyob, Ko‗ktepa, Yerqo‗rg‗on, Uzunqir kabi ko‗hna 
shaharlar mil.avv. I ming yillik o‗rtalarida mustahkam mudofaa inshootlariga ega edi. 
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda ularning yoshi 27 asrdan kam emas. Bu ko‗hna shaharlar 
yuqori darajada rivojlanib ko‗p hollarda dehqonchilikka asoslangan vohalarda shakllandi va 
taraqqiyot bosqichlarini bosib o‗tdi. Shuningdek, bu ko‗hna shaharlarda hunarmandchilik, o‗zaro 
almashinuv va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi. Xullas, So‗g‗diyona O‗zbekistonda dastlabki 
shaharsozlik madaniyati paydo bo‗lgan hududlardan biri deyishga jiddiy ilmiy asoslar bor. 
Tadqiqotlar natijalaridan xulosa chiqarib, ahamoniylar davriga oid Janubiy So‗g‗ddagi 
quyidagi inshootlar shakllarini belgilash mumkin: rejaviy tuzilishi to‗g‗ri burchakli va ikki qator 
devor bilan mustahkamlanib maydoni 3 gektar bo‗lgan alohida qal‘a qo‗rg‗oni (Sangirtepa); 
qishloq xo‗jalik vohasi aholisi uchun harbiy boshpana vazifasini bajaruvchi va maydoni 34-70 
gektar bo‗lgan yirik qal‘alar (Yerqo‗rg‗on, Uzunqir); paxsa-xom g‗ishtlari bo‗lmagan hamda 
maydoni 2 gektargacha bo‗lgan yarim erto‗la va erto‗lalardan iborat qal‘alar (Qo‗rg‗ontepa, 
Somontepa, Ko‗zatepa, To‗rtburchaktepa va boshq.); tabiiy-geografik qurilishlarga asoslanib, 
alohida turar-joylarga ega bo‗lgan manzilgohlar (Daratepa, Qorovultepa); qishloq uy-
qo‗rg‗onlari (Saroytepa, SHo‗rob, Choshtepa). Vohadagi eng yirik yodgorliklardan biri bo‗lgan 
Uzunqir ko‗hna shahri ahamoniylar davrida o‗zida barcha himoyalanish belgilarini aks ettiruvchi 
mustahkam devor bilan o‗rab olinadi. Uzunqir va uning atroflaridagi me‘morchilik va himoya 
inshootlari (70 gektarga yaqin) yuqori darajadagi shaharsozlik madaniyatidan dalolat beradi. 
Kitob va Shahrisabzda olib borilgan qazishlar davrida arxeologlar bu yerda miloddan 
avvalgi III asrning o‗rtalarida Baqtriya va So‗g‗dni o‗z ichiga olgan davlat bo‗lganini aniqladilar. 


26 
V-VIII asrlarda Kesh va Naxshab muzofotlari turk xoqonligi ittifoqiga qarasa ham, o‗z-o‗zini 
boshqarish huquqiga ega edi.
VII asr boshlarida arab qo‗shinlari Naxshab va Keshni bosib oldi. 769-783 yillarda bu 
Muqanna boshchiligidagi harakatning markaziga aylandi.
Mo‗g‗ullar hujumi oqibatida Keshda shaharsozlik ishlari to‗xtab qoldi. XIV asrning 60-
yillari boshida Kesh ma‘muriy viloyati Amir Temur qo‗liga o‗tdi, hokimiyat uchun olib borilgan 
kurashda ona shahri Temurga bir necha bor kuch to‗plashda asqotdi. U Samarqandni 
saltanatining poytaxti etib tanlaganida ham Shahrisabzga o‗z e‘tiborini susaytirmadi. Bu yerda u 
dunyoga mashhur Oqsaroy, Dorussaodat va Doruttilovat majmualarini bunyod etdi. 
Shahrisabzdagi Ulug‗bek davrida Ko‗kgumbaz jome masjidi qurildi. O‗sha paytlarda shaharning 
to‗rt darvozasi (Ark, Kunchiqar, Kushxona, Termiz darvozalari) bo‗lgan. 
1556 yilda shaharni Abdullaxon II egallagan. Keyinchalik Shahrisabz Buxoro 
xonligining Qarshi viloyati tarkibida bo‗lib kelgan. Ashtarxoniylar davrida Shahrisabz siyosiy 
mavqeini ancha yo‗qotgan. XVIII asrning birinchi choragida Dashti Qipchoq qozoqlari 
hujumlari natijasida shahar hayoti bir necha muddat izdan chiqqan. 1750-1752 yillardan 
Shahrisabz Buxoro amirligi tasarraufiga o‗tdi. Shahrisabz 1920 yilgacha Buxoro amirligi 
tarkibida bo‗lgan. 


27 

Download 1,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish