Qaro koʻzum (I- qism) Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz/ Qaro koʻzum (I- qism)



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/100
Sana05.02.2023
Hajmi0,82 Mb.
#908093
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100
Bog'liq
50079506457ddf0b9b0fd68180394137 qaro kozum i- qism

Qaro koʻzum (I- qism) 
Alisher Navoiy
 
64 
library.ziyonet.uz/ 
Ey Navoiy, ishq man’in elga irshod aylading
Olloh-olloh, bu ne makru hiylau daston boʻlur. 
* * * 
Har qachonkim kemaga ul oy safar raxtin solur, 
Mavjluq daryo kibi oshufta koʻnglum qoʻzgʻolur. 
Yigʻlama, ey koʻz, nedin sohilgʻa chiqmas kema deb, 
Kim yoshing daryosidur har sorikim el koʻz solur. 
Titrabon siymobdek koʻnglum, yetar jon ogʻzima, 
Tund yel tahrikidin har damki daryo chayqolur. 
Sabr koʻnglumda, koʻngul ul oyda, ul oy kemada
Vahki, borub, telmurub koʻz, mungrayib jonim qolur. 
Dam tutulgʻondin oʻlar eldek yetibmen oʻlgali, 
Surmasun deb kemasin baskim nafaslar asrolur. 
Kirma savdo bahrida olamdin istab sudkim, 
Siym naqdi tushsa, lekin umr naqdi siygʻolur. 
Gʻarq etar bahri fano gʻam zavraqin, ey piri dayr
Ilgiga chunkim Navoiy boda kishtisin olur. 
* * * 
Jafo qilur bari gulchehralar, vafo qilakoʻr, 
Vafo har elga qilursen, vale manga qilakoʻr. 
Ne telbaniki muqayyad tilarsen, ey gardun
Aning salosili zulfigʻa mubtalo qilakoʻr. 
Desang hijobni olganlar, ey koʻz ollingdan, 
Ne gard oning yoʻlidin qoʻpsa, toʻtiyo qilakoʻr. 
Tajallo istasang ul yuzdin oʻrtabon jisming, 
Kuli bila koʻngul oyinasin jilo qilakoʻr. 
Umidi vasl ila koʻyungga bordi xasta koʻngul, 
Yigitliging haqqi, ul hojatin ravo qilakoʻr. 
Biyik nishiman erur, ey koʻngul, visol avji, 
Talab qanoti bila ul taraf havo qilakoʻr. 
Navoiyo, chu alamsiz murod mumkin emas, 
Desangki, vasl topay, hajr oʻtigʻa yoqilakoʻr. 
* * * 
Furqat ichra sharbati la’ling visoli kam boʻlur, 
Garchi derlar talx daryoda chuchuk suv ham boʻlur. 
Zulfu ruxsoring gʻami ne tong buzugʻ koʻnglum aro, 
Ajdaho gar boʻlsa vayron ichra, maxzan ham boʻlur. 
Koʻksuma otsang bir oʻq, ot yona bir yonindakim 
Ul dagʻi koʻnglumni shod aylar, bu ham mahkam boʻlur, 
Ul pari ishqin maloyikdin yoshursam ne ajab
Dardi yoʻqlar dard ahligʻa qachon mahram boʻlur? 
Ohu ashkimdin shikoyat koʻp qilur hamson kim, 
Dud ravzandin kirar uyning binosi nam boʻlur. 
Gar egilsa qomatim ishqing yukidin, qilma ayb
Kim, sipehr uzra bu ogʻir yukni qoʻysang xam boʻlur. 
Olam ahlidin kim ul oyni Navoiy tanladi, 
Bilmadikim ishqidin ovorai olam boʻlur. 



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish