Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda
oyog„ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib, jag„ini
harakatlantirayotganini
kuzatgansiz; qo„lini kesib olgan kimsani
kuzatayotgan odamning yuzida o„ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda
namoyon bo„ladi. Bunday misollarni juda ko„plab keltirish mumkin. Bu
hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir.
Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga
beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo„riqishlari, mimika va pantomimika,
shuningdek, inson holati va harakatlarini
kuzatuvchi vegetativ
harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.
Bunday jarayonlarning ko„pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy
qismlar fiziologiyani o„rganishning asosiy ob‟ekti bo„lib xizmat qiladi.
Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o„ta muhimdir. Birinchidan,
bu anglanmagan jarayonlar odamlar o„rtasidagi muloqotning qo„shimcha
vositalari sifatida o„rganilishi mumkin. Ba‟zi holatlarda bunday
vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag„ishlabgina qolmay, nutqning
o„zini ham o„zgartiradi.
Ikkinchidan, ular inson turli psixologik
xususiyatlarining ob‟ektiv ko„rsatkichlari sifatida qo„llanilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning
”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko„rinishni keltirish
mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan zamonaviy «yolg„onchilik
detektorlari»ni qo„llashda namoyon bo„ladigan hodisalarga o„xshash
noyob hodisalar o„rganiladigan tajribalar o„tkazilgan. Buning uchun u
K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun qo„llagan
assotsiatsiya
tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so„zlar
ro„yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so„z
bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o„zgartirish
kiritdi, u sinaluvchiga javob so„zni aytish bilan birga o„ta sezgir
o„tkazuvchi – nog„orachaning pnevmatik membranani bosib qo„yishni
taklif etdi. Natijada so„z bilan aytilgan javob motorli qo„l ta‟siri bilan
uyg„unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so„zning o„zini emas,
balki
uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi . Bu
tajriba odamning tashqi harakatlarni (so„zlar, harakatlar) oson,
muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq
nazorat qilishini ko„rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha
bo„lgan rag„bat sifatida tadqiqotchi tomonidan talaffuz etilgan so„zlarga
nisbatan betaraf tashqi ta‟sirning saqlanib qolishida turlicha motorli
ta‟sirlar
qayd
etildi.
Bunday
metodikani
A.R.
Luriya
uyg„unlashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: