10.5. Yapon shamlari turlari va modellari
Yapon shamlari
uzoq yillardan buyon yapon treyderlari tomoni-
dan texnik tahlil uchun qoʻllanib kelingan. Yaqin yillardan boshlab esa
boshqa davlat treyderlarining diqqatini tortgan.
Umuman olganda, qimmatli qogʻozlar bozorida sekʼyurimetrik
tahlil usullaridan foydalanish bozor ishtirokchilari uchun (emitent,
investor, professional qatnashchilar) qimmatli qogʻozlarning kurslarini
kelajakdagi oʻzgarishlarini yoki muayyan tendensiya boʻyicha
harakatini prognoz qilishga yordam beradi. Emitent aksiyalarini fond
bozorida sekʼyurimetrik tahlil usullaridan foydalanib tahlil qilish,
uning aksiyalari boʻyicha oldi-sotdi bitimlarini tuzish, emitent
obroʻsiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi.
Qimmatli qogʻozlar bozorida oldi-sotdi qilinayotgan moliyaviy
instrumentlar narxi yoki kursi talab va taklifga qarab tez-tez oʻzgarib
turishi mumkin. Shuning uchun, bozor professionallari kursning ijobiy
va salbiy oʻzgarishida katta foyda yoki zarar koʻrishi mumkin. Zararni
kamaytirish va maksimal foyda koʻrish uchun bozor professionallari
qimmatli qogʻozlar kurslarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz
qilishlari mumkin. Bunday holda, texnik tahlil usulidan foydalaniladi.
Rivojlangan fond bozorlarda qimmatli qogʻozlar kursining
kelajakdagi oʻzgarishini prognoz qilishda texnik tahlil usullaridan biri
yapon shamlaridan foydalaniladi. Texnik analizda markaziy oʻrinni
yapon shamlari grafigini tahlili egallaydi. Yapon shamlari grafiklari
169
orqali prognozlash 80-90 yillarning eng mashhur metodlaridan edi.
Yapon shamlari odatda bar (kesmali)li grafikka mos ravishda yasaladi.
Jahon amaliyotida quyidagicha metod qabul qilingan, agar bar
ochilish bahosiga nisbatan yuqori darajada yopilsa, oq rangdan; agar
yopilish bahosi ochilish bahosidan past boʻlsa qora rangdan
ifodalaniladi. Quyidagi 4.3.1 rasmda Boenig Co. kompaniyasi
aksiyalarining dinamikasini yapon shamlarida koʻrishimiz mumkin.
Bu rasmda Boenig Co. kompaniyasi aksiyalari oʻsuvchi
tendensiyada ochilgan boʻlib, 1-raqamigacha davom etgan. 2-raqamida
bozorda “ayiqlar” trendining kuchli namoyon boʻlishi koʻrsatilgan
boʻlsa, 3-raqamda yapon shamining shakli asosiy ahamiyatga ega
boʻlib, bu trend aksiya narxlarining oʻzgarishiga, qayrilishiga olib
kelgan, yaʼni keyingi savdo sessiyalarida bozorda “buqalar” hukmron
boʻlishgan. Investor esa sotib olgan aksiyalarini 3-raqamdagi savdo
sessiyasida sotishi kerak, aks holda katta zarar koʻrishi mumkin.
Sham chizigʻi ochilish va yopilish bahosi, maksimal va minimal
koʻtarilish baholariga bogʻliq holda turli xil koʻrinishlarda namoyon
boʻladi.
Yapon shamlarining turlari va modellarini bilish va oʻrgansh
investor uchun fond bozorida mavjud risklarni xedjirlashi yoki
qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisida koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni
oldini olishi mumkin.
Anʼanaviy yapon shamlari keng qoʻllanilishi bilan birga quyidagi
turlari mavjud:
Marubozu – bu yapon shami turida oʻsuvchi tendensiyani saqlagan
holda, bozorda “buqalar”ning kuchli namoyon boʻlishi.
Uzun tanli sham – bu yapon shami turida savdo sessiyasida
qimmatli qogʻozning ochilish va yopilish narxlari oʻrtasidagi
anchagina farqni koʻrishimiz mumkin.
Doji – savdo sessiyasida qimmatli qogʻozlarni ochilish va yopilish
narxlarining bir xil boʻlishida kuzatiladi. Boshqa yapon shamlarining
turlari bilan kombinatsiyasida uning ahamiyatini koʻrishimiz mumkin,
lekin asosiy ahamiyatli yapon shamlari turlariga kiradi. Bundan
tashqari, doji ahamiyatli sham modellari tarkibiga kiradi. Doji bozor
ishtirokchilari harakatidagi ishonchsizlik holatlarini koʻrsatadi,
shuningdek, bozordagi narxlarning qayrilishini, oʻzgarishini bildiradi.
170
Doji har doim ham fond bozorlarda uchramaydi, shuning uchun oʻz
ahamiyatini yoʻqotmaydi, agar fond bozorlarda tez-tez uchraydigan
boʻlsa, doji oʻz ahamiyatini yoʻqotadi.
Dojining quyidagi turlarini mavjud:
1. Qimmatli qogʻozning maksimal va minimal nuqtalari boʻlma-
gan doji turi.
2. Dojining eng koʻp uchraydigan turi.
3. Uzun oyoqli doji – uzun maksimal va minimal nuqtalarga ega.
Agar dojining maksimal nuqtasi qanchalik uzun boʻlsa, uning
shunchalik “ayiq” trendi imkoniyati kuchli boʻladi.
Uzun oyoqli dojining ahamiyati, oʻsuvchi tendensiyada bu doji
turining namoyon boʻlishi narxlarning qayrilishiga, yaʼni pasayuvchi
tendensiyaga oʻzgarishiga olib keldi. Fond bozori ishtirokchilari uchun
foyda koʻrish yoki zararni oldini olishda katta ahamiyatga ega.
Doji “qabr toshi” - uning minimal nuqtasi boʻlmagan doji, lekin
maksimal nuqtaga ega, yaʼni savdoning ochilish va yopilish bahosi
tahlil etayotgan vaqtimizdagi minimumga toʻgʻri keladi.
Dojining bu turi ham uzun oyoqli dojiga oʻxshab uning “buqalar”
trendida paydo boʻlishi keyingi savdolarda “ayiqlar” trendi im-
koniyatlarini oshirayapti, yaʼni keyingi savdolarda fond bozorida
“ayiqlar” trendi hukmron boʻladi. Investor uchun bu doji turining aha-
miyatli tomoni shundaki, “qabr toshi” dojini bozorda namoyon boʻlishi
bilan investor oʻz aksiyalarini sotishga tushadi va keyingi savdolarda
aksiyalarni yanada arzon bahodan sotib olishga harakat qiladi.
Doji “ninachi” – “qabr toshi”ning teskarisi: bu dojida yuqori mak-
simal nuqtaga mavjud emas, lekin uzun minimal nuqtaga ega. Hisob-
lanadiki, doji “ninachi” qanchalik uzun minimal nuqtaga ega boʻlsa,
shunchalik bozor ishtirokchilari optimistik kayfiyatda boʻlishadi.
Doji “ninachi”ning ahamiyati doji “qabr toshi”ning teskarisi,
faqatgina doji “ninachi” pasayuvchi trendda namoyon boʻlib
narxlarning qayrilishi, burilishiga sabab boʻladi, yaʼni oʻsuvchi trendga
oʻzgarishiga.
Fond bozori professional qatnashchilari, investorlar qimmatli
qogʻozlar oldi-sotdisida ishtirok etishar ekan, ularning maqsadi katta
foyda olish bilan bogʻliq. Shuning uchun, bu bozor qatnashchilari
qimmatli qogʻozlar narxlarining kelajakdagi oʻzgarishini prognoz
171
qilishi uchun yapon shamlaridan foydalanadilar. Lekin faqat doji
turlari bilangina fond bozori holatini tahlil qilish mumkin emas, hamda
investor doji turlarini oʻrganish orqali fond bozorida oʻz strategiya va
taktikalarini bajara olmaydi, ammo doji yapon shamlari modellarida
ham ahamiyatli hisoblanadi.
Shunday ekan, yapon shamlarining modellarini bilish va oʻrganish
fond bozorining bugungi va kelajakdagi holatlarini prognoz qilishda
katta ahamiyatga ega. Yapon shamlari modellarining quyidagi turlari
mavjud:
1.
Yutish (qoʻshib olish) modeli.
2.
Tongi va tungi yulduz modellari.
3.
Uch qora qargʻa modeli.
4.
Uchta oq askar modellari va boshqalar.
Yutish (qoʻshib olish) modeli “buqalar” va “ayiqlar” turlariga
ajraladi.
Yutish modeli ikkita sham orqali shakllanayapti. Bunda 2-
shamning tanasi 1-shamnikidan uzun boʻlib uni yutib yuborayapti,
yaʼni 2-shamda savdolar hajmi oshgan, shuning uchun savdolarning
ochilish va yopilish baholari oʻrtasida katta farq mavjud va bu holat 2-
sham tanasiga taʼsir qilgan. ”Buqalar” modelida 2-shamning namoyon
boʻlishi va 1-shamning yutib yuborilishi qimmatli qogʻozlar savdo-
laridagi trendning pasayuvchidan oʻsuvchi trendga oʻzgarishiga olib
keladi. Investor esa, 1-shamda, yaʼni pasayuvchi trendda aksiyalarni
xarid qiladi ikkinchi va undan keyingi shamlarda, yaʼni oʻsuvchi
trendda sotadi. “Ayiqlar” modeli “buqalar” modelining teskarisi.
Yapon shamining tonggi va tungi yulduz modellari oʻsuvchan
hamda pasayuvchan tendensiyada shakllanadi.
Fond bozorida may oyigacha qimmatli qogʻozning narxlari
“ayiqlar” trendiga boʻysungan boʻlib, kichik oq tanali va uzun minimal
nuqtasiga ega boʻlgan shamning paydo boʻlishi (savdo hajmlarining
kichik boʻlishi) aksiya narxlarning burilishiga, yaʼni “buqalar”
trendiga oʻzgarishiga olib keldi. May oyining oxirigacha oʻtkazilgan
savdolarda bozor oʻsuvchi tendensiyaga boʻysungan. Bu modelning
namoyon boʻlishi orqali investorlar “ayiqlar” bozoridan “buqalar”
bozorida harakat qilishlari mumkin.
172
Uch qora qargʻa modeli baland narx atrofida paydo boʻlsa yoki
uzoq muddat davom etgan oʻsuvchan tendensiyadan soʻng narx
tushishini oʻlchab beradi. Uch qora qargʻada narxning yopilishi
minimal narx atrofida yoki ularning yaqinida boʻlishi kerak. Har bir
shamda narxning ochilishi bundan oldingi sham tanasining “ichida”
boʻlishi kerak. Uchta qora shamning ketma-ket namoyon boʻlishi
keyingi savdolarda fond bozorida toʻla-toʻkis “ayiqlar” trendining
hukmronligini koʻrsatayapti. Investorlar bu modeldan oʻz manfaatlari
uchun foydalanishi mumkin, yaʼni ular qimmatli qogʻozlar juda arzon
bahodan sotib olishga harakat qilishadi va maʼlum savdo kuni oʻtga-
nidan keyin yoki bozor tendensiyasi “buqalar” trendiga oʻzgarganida
qimmat narxda sotadilar.
Yapon shamlarining boshqa modellari ham fond bozoridagi narx-
larning muayyan yoʻnalishini oʻrganishda, yaʼni qimmatli qogʻozlar
trendining oʻsishini yoki pasayishini oʻrganishda, oldindan bilishda
foydalaniladi.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, qimmatli qogʻozlar bozorida
sekʼyurimetrik tahlil usulini qoʻllanilishi bu fond bozori infratuzil-
masini rivojlanishiga, qatnashchilar sonining oshishi, bilimli mutaxas-
sislarni ish bilan taʼminlanishi, yangi texnologik majmualarni
qoʻllanilishi, bozor volatilligining oʻsishi kabi ijobiy holatlarga olib
kelishi mumkin. Bu rivojlanish oʻz navbatida mamlakatimizning yalpi
ichki mahsulotining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi.
173
Do'stlaringiz bilan baham: |