113
10. Majburiyatlarning bajarilishi ipoteka garov taʼminoti
bilan taʼminlanadigan emissiyaviy qimmatli qogʻoz turi qanday
nomlanadi?
a) ipoteka obligatsiyalari;
b) garov qogʻozi (varaqasi, xati);
d) uy-joy sertifikati;
e) ishtirok etish ipoteka sertifikati.
11. ATIB Ipotekabank korporativ obligatsiyalarini muomala-
ga chiqarish va soʻndirish muddatlari mos ravishda keltirilgan
javobni belgilang?
a) 2010, 2015 yillar;
b) 2015, 2017 yillar;
d) 2001, 2006 yillar;
e) 2008, 2010 yillar.
114
VII BOB. XORIJIY VALYUTA BOZORI
7.1. Xorijiy valyutalar bozori tashkiliy jihatlari
Dunyodagi aksariyat mamlakatlarning oʻzlarining milliy valyu-
talari mavjud. Masalan: AQSHda AQSH dollari;
Yevropa ittifoqida
yevro; Brazilyada real; Rossiyada rubl; Xitoyda yuan va boshqalar.
Ushbu mamlakatlar orasida amalga oshiriladigan
savdo sotiqlar turli
xil valyutalarni ayriboshlash (yoki boshqa valyutadagi bank
depozitlarini shakllantirish) jarayonlarini oʻz ichiga oladi. Agarda
Braziliyadagi biror bir firma xorijiy mamlakatdan
biror bir mahsulot
yoki aktivni sotib oladigan boʻlsa, Braziliya reali yoki ushbu
valyutadagi bank depoziti boshqa valyutaga ayriboshlanadi. Valyutalar
hamda maʼlum bir valyutada shakllantirilgan bank depozitlari savdosi
xorijiy valyuta bozori (FOREX)da amalga oshiriladi.
Xalqaro valyuta bozori yuqorida taʼkidlanganidek turli mamlakat-
larning valyutalari oldi sotdisi amalga oshiriladigan bozor hisoblanadi.
Dastlab Foreks faqatgina sayohat qiluvchilar yoki savdogarlar
tomonidan oʻz davlatlaridan boshqa davlatga
borganlarida valyutani
ayriboshlash uchun ishlatilgan. Hozirgi kunda esa bu atama asosan
investitsiya kiritib, foyda olish mumkin boʻlgan manba sifatida
qaraladi. Statistik maʼlumotlarga nazar soladigan boʻlsak, foreksda oʻz
faoliyatini boshlaydigan yangi treyderlarning aksariyat qismi aniqrogʻi
90-95 foizi oʻz pullarini qanday qilib yoʻqotganini tushunmagan holda
ushbu bozorni tark etishadi. Bugungi
kunda foreks dunyoning eng
katta moliyaviy bozori hisoblanib, undagi kunlik oʻrtacha
tranzaksiyalar miqdori taxminan 5 trillion AQSH dollarini tashkil etadi
(2018 yil yanvar holatiga koʻra) va bu koʻrsatkich yil sayin oshib
bormoqda. Fond birjasidan farqli oʻlaroq,
valyuta bozori tartibga
solinmagan bozor hisoblanadi. Har bir tranzaksiya yopiq tarzda boʻlib,
tomonlarning kelishuviga koʻra amalga oshiriladi. Xalqaro valyuta
bozori kuniga 24 soat, haftasiga 5,5 kun ishlaydi yaʼni yakshanba kuni
12:00 soʻng jumaga qadar ishlaydi. Foreksda markaziy banklardan
115
tortib individual investorlar kabi bir qator
ishtirokchilar valyutalar
boʻyicha kelishuvlarni amalga oshiradi. Davlatlar Markaziy banklari-
ning oʻz valyuta zaxiralarini qaysi valyutada shakllantirishidan kelib
chiqqan holda Foreksda asosan qaysi valyutalar
qatnashishini bilib
olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: