O ʻ zbekiston respublikasi oliy va o ʻ rta maxsus ta ʼ lim vazirligi


Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari



Download 5,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet154/173
Sana31.01.2023
Hajmi5,76 Mb.
#905937
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173
Bog'liq
O zbekiston respublikasi

Moliya bozorini tartibga solishda davlatning funksiyalari 
№ 
Funksiyalar 
Funksiyalar tavsifi 
1 Strategiyani belgilash
Moliya bozorini rivojlantirish konsep-
siyasi uni amalga oshirish dasturlari ish-
lab chiqiladi 

Huquqiy tartibga 
solish 
Moliya bozori faoliyati boʻyicha meʼyo-
riy-huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi 
3 Maʼmuriy funksiya 
Moliya bozori ishtirokchilari faoliyati 
bevosita maʼmuriy tartibga solinadi 


301 
4 Ragʻbatlantirish 
Moliya bozorini rivojlantirish, iqtisodiyot 
tarmoqlariga boʻsh pul mablagʻlarini jalb 
qilish maqsadida barcha moliyaviy 
instrumentlardan foydalanish iqtisodiy 
dastaklar orqali ragʻbatlantiriladi
5 Nazorat 
Moliya bozori ishtirokchilari tomonidan 
yoʻl qoʻyilishi mumkin boʻlgan huquqbu-
zarliklarning oldini olinadi 
6 Arbitraj 
Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasida 
nizoli vaziyatlar hal qilinadi
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga 
soluvchi institut ekanligidan tashqari moliya bozorining muhim 
ishtirokchisi hamdir. Bunda davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda 
yirik investor sifatida moliya bozori ishtirokchisiga aylanishi mumkin. 
Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya bozorida maʼlum bir 
majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi. 
Moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solishdan tashqari 
oʻzini oʻzi tartibga solish amaliyoti ham muhim ahamiyatga ega 
hisoblanadi. Bunda tartibga solish oʻzini oʻzi tartibga soluvchi 
tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi 
tashkilotlar sifatida faoliyat turlari boʻyicha moliya bozori 
ishtirokchilarining ixtiyoriy professional birlashmalari faoliyat 
koʻrsatadi. Bunday birlashmalar oʻz aʼzolari tomonidan professional 
faoliyatni amalga oshirishda bajarilishi shart boʻlgan majburiyatlarni, 
qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar oʻtkazish boʻyicha standartlarni 
belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib boradi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar moliya bozori 
ishtirokchilarining professional faoliyatni amalga oshirishlari uchun 
sharoitlarni taʼminlash, faoliyatni amalga oshirish qoidalariga amal 
qilinishi ustidan nazorat qilish, professional ishtirokchilar mijozlari 
manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi. Buning uchun 
esa oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar davlat tomonidan qabul 
qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida 
professional faoliyatni amalga oshirish boʻyicha standartlar va 
qoidalarni tasdiqlash huquqiga ega hisoblanadi. Ular tomonidan 


302 
tasdiqlangan standartlar va qoidalar aʼzolar tomonidan bajarilishi 
majburiy hisoblanadi. 
Jahon amaliyotida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar 
faoliyatining asosi moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat 
vakolatlarining bir qismini ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib 
chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining 
faoliyatini nazorat qilishda, mutaxassislarni oʻqitishda va malakasini 
oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida moliya 
bozorini tartibga solish boʻyicha davlat organlari xarajatlarini 
kamaytirish imkonini beradi, moliya bozorini rivojlantirishda 
professional ishtirokchilar manfaatdorligini kuchaytiradi, professional 
faoliyat standartlari va qoidalariga rioya qilish taʼminlanadi. 

Download 5,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish