299
Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan keng
foydalaniladi.
Ichki tartibga solish ichki meʼyoriy hujjatlar (ustav, faoliyatni
amalga oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari
va boshqalar) asosida moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil
etilishini nazarda tutadi.
Moliya bozorini tartibga solishning tashqi
mexanizmlari sifatida
megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini
megaregulyator orqali tartibga solish xalqaro tashkilotlar tomonidan
belgilangan talablar, tamoyillar asosida amalga oshiriladi. Makroregul-
yator esa bevosita davlat tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va
odatda qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli
davlat organi belgilanadi. Jamoatchilik tashkilotlari orqali moliya
bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida tashqi
mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi.
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning
shaffofligi va samaradorligini taʼminlash uchun ishtirokchilar
huquqlarini himoya qilishdir. Bunda maqsaddan
kelib chiqqan holda
belgilanadigan vazifalar quyidagilardan iborat:
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi
uchun sharoit yaratish;
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish;
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-
harakatlaridan himoya qilish;
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar
boʻyicha baholar shakllanishini erkin talab
va taklif asosida tashkil
etish;
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya
bozori va uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish;
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar
(masalan, axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha
nazoratni amalga oshirish qilish va boshqalar.
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining
normal ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni
kiritish mumkin:
300
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va
oʻzini oʻzi tartibga soladigan tashkilotlar);
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya,
litsensiya, attestatsiya, nazorat);
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-
huquqiy baza);
- moliya bozoridagi kasbiy etika;
- amaliy odatlar va anʼanalar.
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga
solishga boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar
bozorini davlat
tomonidan tartibga solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita
(iqtisodiy) tartibga solishga ajratiladi.
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) tartibga solish
moliya bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash,
faoliyat turlarini litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar
bozorida professional faoliyat, sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari
faoliyati va boshqalar), qimmatli qogʻozlarni davlat roʻyxatidan
oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining oʻzaro
teng holatda
xabardorligini taʼminlash va hokazolar orqali amalga oshiriladi.
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-
soliq siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini
boshqarish) siyosati kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga solishda davlat quyidagi
funksiyalarni bajaradi (17.1-jadval).
17.1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: