88
1. Oddiy foiz sxemasi.
Oddiy foizlar sharoitida investitsiyalar o‘tgan
davrlarga hisoblab
chiqilgan foizlarni hisobga olmagan holda faqat investitsiyalangan
kapitalning kelib chiquvchi miqdoriga navbatdagi foiz daromadini
hisoblashni nazarda tutadi. Amaliyotda oddiy
foizlar sxemasi banklarning
hisob-kitoblarida qaytarilish muddati bir yil va undan kam bo‘lgan qisqa
muddatli ssudalar bo‘yicha foizlarni hisoblashda qo‘llaniladi.
2. Murakkab foiz sxemasi.
Agar navbatdagi foizli daromad investitsiyalangan kapital va
hisoblangan foizlar miqdoridan kelib
chiquvchi umumiy summadan
hisoblansagina, investitsiyalash murakkab foizlar sharoitida amalga
oshiriladi. Investitsiya loyihalari pul oqimini baholashda, odatda,
murakkab
foiz sxemasidan foydalaniladi.
Foizlarga foizning hisoblanishi
kompaunding
deb ataladi. Hisoblash
ishlarida murakkab foizlardan foydalanish mantiqan to‘g‘ridir, chunki bunday
holatda daromadlar keltiruvchi kapital doimo o‘sib boradi. Odatda,
ratsionallik talabi ostida har qanday pul tushumlarini olish boshlanishi bilan
mazkur qiymat ushbu investitsiya loyihasi amalga
oshishini yoki boshqa
investitsiya loyihalari jarayonida albatta o‘sishi lozim deb hisoblanadi.
Oddiy foiz tamoyilini qo‘llash joriy iste’mol, joriy xo‘jalik faoliyati
yoki boshqa investitsion jarayon foydasiga hisoblanadigan foizlarni
kamaytirish rag‘batlantiradi.
Murakkab foiz sharoitidagi investitsiyalar
nominal daromadlilikning
(yillik hisoblanishidagi) tengligi sharoitida oddiy foiz sharoitidagi
investitsiyalarga nisbatan ko‘proq foydali hisoblanadi.
«Moliyaviy menejment: nazariya va amaliyot» kitobida asosli
ta’kidlanganidek, «… agar past murakkab foiz stavkasi va ancha yuqori oddiy
89
foiz stavkasidan birini tanlash imkoniyati paydo bo‘lsa, albatta,
birinchi
variantni tanlash lozim bo‘ladi. Tabiiyki, agar bizning ixtiyorimizda ko‘p
yoki birmuncha miqdordagi yetarli davr mavjud bo‘lsa, murakkab foiz
stavkasi bo‘yicha o‘sib boruvchi summa bir
necha marta foiz hisoblash
davridan keyinoq (foiz stavkalari miqdoridagi farqqa bog‘liq holda) oddiy
foiz stavkasi bo‘yicha o‘sib boruvchi summadan oshib ketadi».
Har qanday investor o‘z pulini, mablag‘ini o‘stirish, ma’lum ustama
olish umidida, safarbar etadi. Bu o‘sishni
formula orqali ifodalasak
r
– har
yillik foiz stavkasi bo‘lsin. U holda bir investitsion o‘sishdan so‘ng kelgusi
qiymat quyidagiga teng bo‘ladi:
FV
1
= PV + PV x r (1)
FV
1
= PV ( 1 + r ) (2)
bu yerda:
Do'stlaringiz bilan baham: