14.4. XX asr boshida Amerika institutsionalizmi
Germaniya bilan bir qatorda XIX va XX asr oralig`ida institutsionalizm
liderlar qatoriga AQSH ham qo`shildi. Bunga Amerika jamiyatida reformistik
kayfiyatlar va hukumat antimonopoliya va ijtimoiy siyosati talablari ham sabab
bo`ldi. Umumilmiy jihatdan,AQSHda institutsionalizm shakllanishiga XX asr
boshida mamlakatni sotsiologik rivojlanish markazlaridan biriga aylanishi ham
sabab bo`ldi. Bundan tashqari, Amerikalik iqtisodchilar Germaniya universitetlari
bilan ilmiy aloqalarga ega edilar. Natijada, 1880 yillarda R. Eli boshchiligida bir
guruh olimlar Yangi tarix maktabiga yaqin bo`lgan “Viskonsin maktabi”ni
shakllantirib, iqtisodiyotga hukumat aralashishi lozimligi g`oyasini ilgari surishgan
va 1885 yilda Amerika iqtisodiyot assotsiatsiyasi yaratilishiga assos solishdi.
120
Mazkur assotsiatsiyaning maqsadi Germaniyadagi ijtimoiy - siyosat ittifoqi va
Angliyadagi Fabian jamiyati kabi hukumatning reformistik faoliyatiga yordam
berish edi.
XIX asr oxirida ilk Amerikalik institutsionalistlar asarlari paydo bo`lib,
“institutsionalizm” atamasining o`zi 1918 yilda kiritildi. Erta amerika
institutsionalizmi yirik namoyandasi Torsteyn Veblen edi (1857-1929). Uning
asarlari orasida «Bekorchi sinf nazariyasi. Institutlar iqtisodiy tadqiqoti» (1899),
«Ishbilarmonlik tadbirkorligi nazariyasi» (1904), «Uddaburonlik ongi va ishlab
chiqarish texnologiyasi rivojlanishi darajasi» (1914), «Muhandislar va qadriyatlar
tizimi» (1921), «Absenteistik mulk va yangi davrda ishbilarmonlik tadbirkorligi»
(1923) muhim ahamiyat kasb etadi.
Veblen iqtisodiy fikr frantsuz tarixchisi E.Jansga qaraganda «Maksimal
darajadagi foydalilikni sof nazariyasidan, amerikalik iqtisodchilarni chalg`itib,
ularni iqtisodiyotni jamoatchilik asoschilari qarama - qarshiliklarini o`rganishga
jalb qildi». Veblen, neomumtozlarni iqtisodiy tizim muvozanati haqidagi g`oyasi
uchun tanqid qilib, mazkur g`oya asosida, uning harakati va rivojlanishi inkor
etilganligini rad etib, iqtisodiyot fani hayot darajasi genetik tadqiqoti, moddiy
tamaddun tiriklik tarixi bilan Shug`ullanishi lozimligini aytgan. Uning fikricha,
neomumtozlarning yana bir xatosi, iqtisodiyotga nisbatan individualistik
yondashuv va inson foyda va xarajatlar balansi sifatidagi harakatlar talqinidir.
Iqtisodiy nazariyaning asosiy xatosi, - deb yozgan edi u, - o`zining predmeti
sifatida inson harakatlarini talab va taklif normal tenglamalaridan ko`ra
murakkabroq ekanligini tan olinishni rad etishdir. Veblenning o`zi, tadqiqotlarning
asosiy bazasi sifatida iqtisodiy inson harakatlarini emas jamiyatning ijtimoiy tizim
sifatida institutlar yordamida tashkillanganligini olish deb hisoblangan (inson
harakatlari, jamoatchilik hayoti an`analari, va normalari). Mazkur ijtimoiy tizim,
uning fikricha doimiy ravishda tashqi hodisalar bosimi ostida, hamda insonlarning
ichki istaklari asosida o`zgaradi. Bu borada Veblen turli istaklar, instinktlarni
ajratadi, ya`ni o`zini-o`zi himoya qilish va nasl qoldirish instinkti, raqobatchilik
instinkti, taqlid qilish instinkti, qiziqish, harakat va boshqalar. U instinktlar,
ijtimoiy tizimga, faqatgina ijtimoiy tizim yumshagan davrlarda ta`sir etishini
ko`rsatgan, ya`ni ijtimoiy tizim naqadar yumshoq bo`lsa, insonlar mustaqilligi, Shu
qadar yuqori bo`ladi. Ijtimoiy tizim evolyutsion tartibda, institutlarning tabiiy
saralanish va kurashish natijasida rivojlanadi. Darvin nazariyasiga asoslangan
holda, Veblen quyidagi fikrni bildirgan edi: «Bir turning jamiyatdagi hayoti
boshqa turlar hayoti kabi, yashash uchun kurashdir, demak bu hodisani saralash va
ko`nikish jarayoni deb atash mumkin». Jamiyat tuzilishi evolyutsiyasi, ijtimoiy
institutlarning tabiiy saralanish jarayoniga aylangan. U insoniyat tarixida, qator
121
bosqichlarni ham ajratgan: erta va kechki yovvoyilik, Jaholat va yarim tinch
varvarlik, hunarmandchilik va sanoat ishlab chiqarilishi.
Sanoat bosqichi Veblen tomonidan ikki kichik davrlarga bo`lingan: ya`ni
kapitalist tadbirkorlar hukmronligi davri va kapitalist mulkdorlar va tadbirkorlik
funktsiyasini yollangan boshqaruvchi va muhandislarga topshirilgan kapitalist
mulkdor aktsionerlar hukmronligi davri.
Bunda Veblen, o`ziga zamonaviy bo`lgan jamiyat qarama - qarshiliklarini
aktsioner mulkdorlar yoki bekorchi sinf va muhandislar va boshqaruvchilar sinfi
texnokratik orasidagi qarama - qarshiligida deb talqin qilgan. E`tirof etish lozimki,
muhandislarga qiziqish, yuqori darajadagi ko`nikmalar va ota - onalik hisslari xos
(boshqa insonlar manfaatlari haqida qayg`urish) va bu hissiyotlar zamonaviy yirik
ishlab - chiqarishni shakllantirishga olib kelgan. Bekorchilar sinfiga esa, boshqa
instinktlar, ya`ni egoizm va shaxsiy manfaat yo`lida harakatlar xosdir. yuqori
darajadagi ko`nikma instinkti o`rnida, -deb aytadi Veblen, - ularda sportchilik
instinkti mavjud, masalan ozuqa topish maqsadida ovdan farqli o`laroq, ularda
ko`ngilxushlik uchun hayvonlarni o`ldirish sportchilik instinkti. Bu kabi
iqtisodiyotdagi hodisalar, iqtisodiyot fanida «Veblen effekti» nomini ham olgan.
Iqtisodiyotdagi bunday qarama - qarshiliklar, sanoat va biznes sohalarida
namoyon bo`ladi. Veblen fikricha biznes sohasi industriya sohasi ustidan
ustunlikka ega bo`lganligi sababli, texnik progress sekinlashadi, yirik
korporatsiyalar ishlab chiqarishni yuqori narx va daromadlar uchun to`xtab
turishadi, iste`molchiga unga keraksiz bo`lgan tovarlarni ommaviy reklama orqali
sotilishi yuz beradi. Mazkur qarama - qarshilikni echish yo`lini, u Yangicha
jamiyat tizimiga o`tishda deb bilib, jamiyat induastrial respublika hukmronligiga
o`tgan holda, davlatni muhandislar va texniklar qo`mitasi boshqarishi kerak deb
hisoblagan. Uning fikricha, mazkur qo`mita, kapitalizm plutokratiyasi va
proletariat diktaturasi orasidagi uchinchi siyosiy yo`l bo`lishi kerak. Ammo
o`zining oxirgi asari bo`lmish, «Absenteistik mulk» asarida, u xato qilganligini tan
olib, amerikacha o`rta sinf hodisasi bekorchilar sinfiga taqlid qilishga harakat
qilayotganligini aytib o`tgan (Shu jumladan, muhandislar ham).
Nima bo`lganida ham, Veblenning kapitalizmdan yangicha jamiyat turiga
o`tish
haqidagi
g`oyalari,
keyinchalik
rivojlandi.
1932
yilda,
yosh
institutsionalistlar G.Mints va A.Beral` “Zamonaviy korporatsiya va xususiy mulk”
asarini nashr etib, unda yirik korporatsiyalarda real hukmdorlik aktsionerlar va
boshqaruvchilar qo`liga o`tayotganligini aytib o`tishgan. 1941 yilda esa,
D.Bernxem, boshqaruvchilar inqilobi deb nomlangan kitobini ham nashr etdi.
Urushdan keyingi yillarda mazkur g`oyalar rivojlanishda davom etib,
industrial jamiyat nazariyada o`z aksini topgan. Amerika institutsionalizmining
yana bir asoschisi, Djon Kommons (1862-1945) bo`ldi. Uning asarlari orasida,
122
«Boylik taqsimlanishi» (1893), «Sanoat xush ko`rilishi» (1919), «Kapitalizm
huquqiy asoslari» (1924), «Institutsionalistik iqtisodiy nazariya» (1934) asarlarini
e`tirof etish mumkin. U XIX asr oxirida yuzaga kelgan Viskonsin maktabining
to`g`ridan - to`g`ri namoyandasi bo`lib, o`zi ham Viskonsin universitetida faoliyat
yuritgan. Shu bilan birgalikda, u faol ravishda, kasaba uyushmalari bilan
hamkorlik qilib, mehnat qonunchiligi ishlab chiqarilishida qatnashgan.
Institutsional iqtisodiyotni Kommons individual harakatlar emas, jamoatchilik
iqtisodiyoti deb talqin qilgan holda, institutlar ortidan ijtimoiy guruhlar manfaatlari
turganligini ta`kidlagan. Bundan tashqari, u institutlar huquqiy tomonini ham
ta`kidlagan. Xususan u, ijtimoiy munosabatlarning umumlashtiruvchi tushunchasi
kelishuv bo`lib, mazkur jarayon ikki hamkor, ikki tomon o`zaro faoliyatini
belgilaydi deb hisoblagan. Kelishuv nazariyasi, uning talqinicha, insonlarning
hamkorlikdagi harakati va barcha kelishuvlar baholanishi nazariyasi bo`lib, uning
orqali, qatnaShuvchilar bir – birini yagona fikr va harakatlarga erishishga jalb
etadi. Kelishuv davomida tomonlar avvalo o`z manfaatlarini qarama - qarshi
qo`yishadi, so`ngra esa, kelishilgan holda kompromiss qarorga kelib, kelishilgan
holat bo`yicha o`zaro majburiyatlarni zimmalariga olishadi. Ijtimoiy munosabatlar
huquqiy nazorati g`oyasi, Kommons kapitalizm rivojlanishi boshlari haqidagi
nazariyasi ham mavjud. U to`rt bosqichni ajratadi, ya`ni savdo, sanoat, moliya va
ma`muriy kapitalizm bosqichlarini. Ma`muriy kapitalizm bosqichi, bu jamiyat
kelajagi bo`lib, bunda hukumat (ma`muriyat), qonunchilikni rivojlantirish orqali
mehnat, va kapital yirik va kichik biznes, biznes va ishlab chiqarish orasidagi
munozaralarga barham berishi mumkin.
Nihoyat, erta amerika institutsionalizmning uchinchi namoyandasi Uesli Kler
Mitchell (1874-1948) edi. U o`zini Veblen shogirdi deb hisoblab, hattoki 1936
yilda, «Veblen darslari» nomi ostida uning asarlari to`plamini ham nashr etdi,
ammo, nisbatan boshqa muammolar bilan Shug`ullandi. Avvalambor, u iqtisodiy
kon`yunkturaning yirik amerikalik tadqiqotchilaridan biri bo`lib, 1920 yilda
iqtisodiy tadqiqotlar milliy byurosini ham boshqargan. Uning faoliyati natijasida,
1913 yilda «ishbilarmonlik sikllari» kitobi nashr etilib, undan so`ng ham qator
asarlari chop etilgan. bundan tashqari, u iqtisodiyotda mablag` aylanmasi va kredit
moliya institutlari rolini ham tadqiq etib, mablag` institutlari yuqori darajadagi
tashkillanish guruhlari jamoatchilik roliga e`tibor qilgan holda, bu hodisa o`rta
asrlardan beri rivojlanib, yaratuvchilari zakovati va faoliyatiga aksil ta`sir
o`tkazganligini ham aytib o`tgan. Nihoyat u, hukumat nazorati nazariyasini ham
ishlab chiqib, bu nazariyani iqtisodiyotni rejalashtirish deb atagan.
F.Ruzvel`tning Yangi iqtisodiy kursi amalga oshirilishi davomida, Mitchell,
AQSH milliy resurslari qo`mitasi tashkilotchilaridan biriga aylandi. Ruzvel`t
123
komandasiga, u bilan bir qatorda Dj.Kommons va yosh institutsionalistlar A.
Byorl` va R. Tagvellar ham kirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |