100
birinchi tartib tovari deb atalib, ishlab chiqarish vositalari esa ikkinchi tartib
tovarlari sirasiga kirgan. Masalan sut, birinchi tovari
sifatida sotilishi mumkin,
ammo undan suzma tayyorlanadigan bo`lsa, u ikkinchi tartib tovariga aylanadi.
Agarda suzmadan pishloq qilinadigan bo`lsa, sut uchinchi tartib tovariga aylanadi.
Qo`shimcha murakkabliklar, ishlab chiqarish kompleksi yordamida
tayyorlanish jarayonida yuzaga keladi. Shu sababli, ishlab chiqarishning har - bir
vositasiga nisbatan iste`mol predmeti tannarxi ulushi qo`llaniladi. Qo`llanilish
muammosini
hal etishda, Avstriya maktabi namoyandalari yagona fikrga ega
bo`lmagan.
Kapital va foiz
. Mazkur muammo bo`yicha Avstriya maktabi
namoyandalarida mo„ayyan aniq fikr bo`lmagan. Biz Byom -Baverkning «Kutish
nazariyasini» ko`rib chiqamiz. Mengerning turli tartibdagi tovarlar haqidagi
nazariyasiga asoslanib, Byom – Baverk kapitalning quyidagicha talqinini beradi:
«Kapital yarimtayyor mahsulotlar jamlanmasi bo`lib,
bu mahsulotlar ishlab
chiqarish uzoq siklining alohida bosqichlarida yaratiladi». Shunday qilib, u kapital
talqinini berishda, boyliklar yig`ilishi yoki ishlab chiqarish vositalariga emas, vaqt
omili, ishlab chiqarish sikli davomiyligiga asoslanadi.
Keyingi davrlarda Byom - Baverk hozirgi va kelajak mahsulotlari
tushunchasini ham kiritgan. Uning fikricha hozirgi tovarlar, yuqoriroq baholanishi
kerak. O`z mablag`larini investitsiyalarga kiritgan holda, Avstriyaliklar
nazariyasiga ko`ra, inson faqatgina shaxsiy iste`mol
nuqtai - nazaridan barcha
hodisalarni baholagan bo`ladi va hozirda iste`mol qilinishi mumkin bo`lgan
predmetlardan kelajakdagi tovarlarni iste`mol qilish uchun voz kechadi. Shundan
so`ng, kutish davri boshlanib, bu davr ishlab chiqarish sikli davomiyligiga bog`liq
bo`ladi va mazkur davr o`tganidan keyingina, tadbirkor o`z investitsiyalari
hisobiga daromad olib, iste`mol predmetlarini xarid qilishi mumkin bo`ladi. Byom
- Baverk talqinida, tadbirkor investitsiyalar ko`rinishi
ostida kelajak tovarlarini
sotib olib, ularni vaqt o`tishi bilan hozirda iste`mol qilishi mumkin bo`lgan
tovarlarga aylantiradi, ammo bu tovarlar tannarxi hozirgi emas, kelajakdagi
tovarlar narxi miqdorida to`langanligi bois, tadbirkor qo`shimcha daromadga ega
bo`lib, bu daromad hozirda iste`mol
qilinayotgan, hozirda va kelajakda ishlab
chiqarilgan tovarlar orasidagi narx farqi hajmida belgilanadi. Aynan mana Shu
daromad kapital keltirgan foiz bo`ladi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, maksimal darajadagi foydalilik bilan
belgilanuvchi tannarxning boshlang`ich
toifa sifatidagi printsipiga, inson shaxsiy
iste`moli printsipiga asoslangan holda, Avstriya maktabi namoyandalari, ba`zida
iqtisodiy hodisalarni aniqlashda o`ziga xos konstruktsiyalardan foydalanishga
majbur bo`lishgan. Nima bo`lganida ham, Avstriyaliklarning ba`zi g`oyalari,
keyingi iqtisodiy nazariyalarda ham rivojlana bordi.