21
Metodologik yondashuv sifatida, atrofdagi dunyo hodisalari uyg`unligi
haqidagi g`oya yotgan. Uning yozishicha dunyo tartibli va mukammal bo`lishi
lozim. Bunday dunyoda sabab natija bilan bog`liq bo`lishi, koinot bilan
bog`lanishi, mavjud bo`lgan narsalar boshqa narsalarga aylanishi lozim deb
hisoblagan. YAna bir muhim
metodologik jihati Shundaki, jamiyat rivojlanishi
tabiiy qonuniyatlari mavjudligi haqidagi tezisdir.
Ko`pchilik davlat namoyandalari, ta`kidlaydi faylasuf, - siyosatda
hushyorlikka ega bo`lish barobarida, o`z e`tiborlarini
buzilish belgilariga qaratib,
o`z davlatlari buzilishiga yo`l qo`ymaslik imkoniyatlarini qidirishadi, zero ularning
hisoblashlaricha, faqatgina davlatlarida ro`y berayotgan tartibsizliklar, ulardan
oldingi hukmdorlar xatoliklari oqibatida yuzaga keladi. Ammo aslida unaqa emas,
istalgan buzilish tabiatan yuzaga keladi.
Jamiyat rivojlanishi nazariyasi
. Ibn Xaldun fikricha, jamiyat siklik tarzda
rivojlanadi. Har - bir sikl uch bosqichdan iborat. Har
- bir bosqichning farqli
belgisi Shundaki, uning doirasida iqtisodiyot rivojlanishi darajasi belgilanadi.
Ibn Xaldun yozishicha barcha avlodlar yashaydigan sharoitlar inson
tomonidan yaratilgan yashash sharoitlariga bog`liq. Birinchi bosqichni Ibn Xaldun
“yovvoyilik” deb ataydi.
Bunda insonlar faqatgina xo`jalikni o`zlashtirish bilan Shug`ullanishadi, ov
qilishadi va egulik o`simliklarni yig`ishadi. Ikkinchi bosqich “ibtido`” deb
nomlanib, ishlab - chiqarish xo`jaligi dehqonchilik va chorvachilik ko`rinishida
yuzaga keladi. Ibn Xaldun tomonidan «tamaddun» deb atalgan uchinchi bosqichda
hunarmandchilik va shaharlarda markazlashgan savdo yuzaga keladi (tsivilizatsiya
so`zi ham lotin tilidan olingan «civilis» ya`ni shahar so`zidan kelib chiqgan. Ibn
Xaldun tomonidan esa «tamaddun» muvofiq arab tarjimasi qo`llanilgan).
Tamaddun bosqichiga o`tish barobarida Ibn Xaldun nazariyasiga ko`ra davlat
yuzaga kelib, tenglik va urug` demokratiyasidan hukmronlik va tengsizlik
munosabatlariga o`tish yuz beradi. Tenglar orasida birinchi bo`lgan qabila
sardoridan farqli o`laroq, Amir yollangan jangchilar va mansabdorlarga tayanadi.
Ibn Xaldun fikricha, davlat o`z xalqi ustidan tazyiq apparatidan boshqa o`zga narsa
emas. Shu jixatdan, Ibn Xaldun nazariyasiga ko`ra,
uchinchi bosqichda boylik
orttirishning tabiiy va notabiiy usullari yuzaga keladi, ya`ni iqtisodiy munosabatlar
tizimlashtiriladi. Boylik orttirish tabiiy usullari sirasiga Ibn Xaldun mehnatni
kiritgan, notabiiy usullarga tazyiq (davlat tomonidan o`tkaziladigan tazyiq)
kiritilgan.
Tabiiy usullarga qishloq xo`jaligi, hunarmandchilik va savdo kiradi. Ko`rinib
turibdiki, bo`linish omili sifatida Aristotel` fikridan farqli o`laroq maqsad emas,
usul kirib, savdo ham tabiiy mehnat faoliyati sirasiga kiritiladi. Jamiyat, uning
mavjudligi va bozorlari to`laligi, insonlar mehnati bilan, ularning faoliyati va
22
shijoati bilan bog`liq bo`lib,
ulardan asosiy maqsad, manfaatlar va yutuqlarga
erishishdir, deb aytgan edi.
Boyishning notabiiy usullariga ibn Xaldun soliqlarni ham kiritadi (soliq va
bojlar davlat asosini tashkil etadi) va buning barobarida davlat tomonidan amalga
oshiriladigan monopolistik savdo ham e`tibordan chetda qolmagan (Amirlar
dehqonlardan mahsulot sotib olish bilan Shug`ullanish barobarida, ularni
mo„ayyan narxlarda sotishga majburlashadi, Shundan so`ng o`zlariga belgilagan
narxda mazkur mahsulotlarni davlatlar fuqarolariga sotishadi).
Buning
natijasida, muallif, - sud tomonidan tazyiq va harbiy o`ljalar yuzaga
keladi deb xisoblaydi. Jamiyat rivojlanishi uchinchi bosqichini tasvirlar ekan, ibn
Xaldun fikricha uning eng yuqori rivojlanish nuqtasi davlatning emirilishi va
tanazzuliga olib keladi. Davlat ehtiyoji asta-sekinlik bilan o`sadi, buning oqibatida
hukmdor tomonidan Yangidan-Yangi soliqlar va bojlar o`ylab topiladi, ammo Shu
bilan birgalikda insonlarning mehnat shijoati pasayib boradi. Kambag`allik va har -
tomonlama qisilishlar, tangliklar daromadlar yo`qotilishi kabi holatlar savdo bilan
bog`liq umidlarini so`ndiradi. Agarda insonlar yashash uchun mablag` topish
istagidan voz kechib sotib olishni bas qilsalar, bozorlar to`xtab qoladi.
Insonlar
boshqa erlarga nasiba axtarib ketib qolishadi va buning oqibatida shaharlar
emiriladi.
Shaharlar emirilishi bilan, hukumat va davlat inqirozga yuz tutadi. Bunda
so`z, davlat imkon qadar ko`proq soliq undirish barobarida kamroq daromad ola
boshlashi haqida ketib, buning natijasida g`azna bo`shab qoladi, armiya to`lovsiz
qolib, davlat qo`shni davlatlar tomonidan bosib olinadi. Ammo,
mazkur hudud
aholisi uchun, tarix davom etadi. Masalan bosqinchilar qo`shni qabilalar bo`lsa,
vaqt o`tishi sayin, ular tomonidan Yangi davlat shakllantiriladi, va Ibn Xaldun
fikricha, tarix ko`rsatib o`tilgan tizim asosida davom etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: