Samarqand davlat universiteti turaev b. X., Nizamov a. N



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/170
Sana31.01.2023
Hajmi1,88 Mb.
#905685
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170
Bog'liq
d1c0a909228ef2039cb1a023dfc722fd IQTISODIY TA`LIMOTLAR TARIXI

Nazorat uchun savollar:
1.
Neokeynsian nazariyasi predmeti va uslublarini tavsiflang. 
2.
R.Xarrot nazariyasida statika va dinamika nima? Kapital koeffitsienti nima 
va R.Xarrot nazariyasiga muvofiq o`sish templarini aniqlashda qanday rol 
o`ynaydi? 
3.
R.Xarrot o`sish modeli iqtisodiy tizim nomutanosibligini qanday tasvirlaydi? 
Iqtisodiyotning krizis yoki iqtisodiy bum holatiga kirish mexanizmlari 
qanday? 
4.
Sikllarni keynschilik nazariyasi neomumtoz nazariyasidan tub farqi nimada? 
5.
А. Xansen sikllarning qanday turlarini ko`rib chiqadi? A. Xansen fikriga 
muvofiq sikllar birinchi uch turining asosiy sababi nima? 
6.
A.Xansen fikricha, yirik sikllar boshlang`ich nuqtasi nima? 
7.
Mul`tiplikator va akselerator ta`siri mexanizmlarini tasvirlang. 
8.
А. Xansen kumulyativ jarayon tugatilishining qanday sabablarini ilgari 
suradi? 
9.
А. Xansen tomonidan qanday antisiklik nazorat etish choralari taklif etilgan? 
 
Mavzu bo`yicha adabiyotlar ro`yxati:
1.
Классика кейнсианства: В 2 т. М.: Экономика, 1997. 
2.
Хансен А. Экономические цыкли и национальный подход. М., 1959. 
3.
Харрод Р. Ф. К теории экономической динамики. М.: Гелиос АРВ, 
1999. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


183 
ХXII-BOB. NEOMUMTOZ SINTEZ 
 
22.1. Xiks - Xansen modeli 
Neomumtoz va keynschilik nazariyalari sintezi amalga oshirilgan modellarni 
taxlil etishdan oldin, mazkur ikki maktab asosiy uslubiy farqlarini tavsiflaymiz. 
Birinchidan, neomumtoz nazariya har - bir sotuvchi, o`z navbatida xaridorga 
aylanishiga asoslangan iqtisodiy tizim muvozanatidan kelib chiqadi, zero zahira 
mablag`lari faqatgina kechiktirilgan talabdir. Keynschilik nazariyasiga ko`ra 
bunday muvozanat faqatgina barter iqtisodiyoti sharoitlarida mavjud bo`lishi 
mumkin. Oldi - sotdi kelishuvlari pul vositasida amalga oshirilishi sababli, talab va 
taklif disbalansi yuzaga keladi, zero daromadning bir qismi mablag` vositalari 
ko`rinishida saqlanib talabga aylanmaydi. Talab etarli emasligi esa, inqirozni 
keltirib chiqaradi.
Ikkinchi farq, har ikkala maktabning mablag` kontseptsiyasi bilan bog`liq. 
Neomumtozlar, mablag` omili neytralligidan kelib chiqib, ularning fikricha, 
mablag` asosiy iqtisodiy munosabatlarga ta`sir etmaydi. Keynschilarning fikricha 
esa, mablag` iqtisodiyotga to`g`ridan - to`g`ri ta`sir o`tkazadi. Oldin ko`rsatilgan 
nazariyadan tashqari mablag` omili mavjudligi, real va nominal kattaliklar 
mutanosibligi bilan bog`liq muammoni ham keltirib chiqaradi. Keynschilarning 
fikricha, individlar, aynan nominal ko`rsatkichlar o`zgarishlariga qarab ish 
tutishadi. Shu bilan birgalikda, mazkur o`zgarishlar, inflyatsion jarayonlar bilan 
bog`liq bo`ladi. Demak kon`yunktura holati haqidagi yolg`on ta`sirni ham 
belgilashlari mumkin. Umuman olganda, e`tirof etish lozimki, keynschilar 
murakkab motivatsion modelni qo`llab, bunda neomumtozada qabul qilingan 
iqtisodiy – ratsional harakat modelidan farq qilishadi. Uchinchi farq, neomumtoz 
nazariya talab va taklif tengligi qonuniyati sababli barcha resurslarning to`liq 
bajarilishi mavjud deb hisoblaydi. Keynschilarning ta`kidlashicha esa, talab 
kechikishi sababli, barcha resurslarning qo`llanilishi real hayotda deyarli imkonsiz; 
demakki, ular o`z tahlilini to`liqsiz bandlik asosida amalga oshirishadi. Demak, 
tadqiqot nazariy vazifasi ham o`zgacha tarzda qo`yiladi. Agar neomumtozlar, 
cheklangan resurslar samarasi maksimal taqsimlanishi masalasini qo`yishadigan 
bo`lsa, keynschilar, resurslarning to`liq bandligi yoki Shu holatga yaqinlashtirilish 
imkoniyatini beruvchi vositalarni qidirish bilan Shug`ullanishadi. 
Neomumtoz nazariya doimo liberalizm printsiplaridan kelib chiqgan. 1930-
yillar oxiridan boshlab, neomumtozlarning katta qismi neoliberalizm g`oyalari 
tarafdorlariga aylanishgan. Nima bo`lganida ham, ular doimo davlatning 
iqtisodiyotga aralashishi asossiz deb hisoblashgan. Keynschilik nazariyasiga 


184 
muvofiq, bunday aralashuv nihoyatda zarur, boz ustiga iqtisodiyot inqiroz holatiga 
tushib qolmasligi uchun, doimiy bo`lishi kerak. 
Neomumtozlar va keynschilar orasidagi ko`rsatilgan farqlar, ularni bir 
nazariyaga birlashtirish uchun printsipial darajada etarli va mukammaldir. Nima 
bo`lganida ham, har ikkala maktabni sintezlashtirish harakatlari Dj. M. Keyns 
kitobi nashr etilishidan so`ng tez - tez uchrab turar edi. 
Mazkur jarayonda faol ishtirokni Dj.Xiks amalga oshirgann. Dj.M. 
Keynsning «Umumiy nazariya» kitobi 1937 yilda nashr etilganidan so`ng, u 
«Ekonometrika» jurnalida «Janob Keyns va mumtozlar, Interpretatsiya harakati» 
nomli maqolasini nashr etdi. Mazkur maqolada, u Dj.M. Keyns nazariyasi 
matematik modelini taklif etib, mazkur model` keyinchalik «Xiks – Xansen 
modeli» yoki «I.S. - LM» diagrammasi deb nomlandi mazkur model` ikki bozorni 
birlashtiradi: tovarlar bozori va mablag` bozori. Shu bilan birgalikda, mazkur ikki 
bozordagi ishsizlik sharoitlaridagi muvozanat holatini aks ettiradi. Shu bilan 
birgalikda, u noaniqlik omilini e`tiborga olmagan, garchi Keyns mablag` 
iqtisodiyoti uchun bu holat printsipial jihatdan muhim ekanligini tasdiqlagan bo`lsa 
ham. Xususan, nominal va real ko`rsatkichlar mutanosibligi masalasi tilga 
olinmagan. To`liqsiz bandlik sharoitlarida muvozanat belgilanishiga olib 
kelinadigan sabablar (Keyns postulati), Xiks nazariyasida itqtisodiyotni 
mustahkam narxlar va mustahkam ish haqi mavjudligiga asoslangan.
Mazkur modelni ko`rib chiqamiz. Tovar bozorlarida muvozanat sharoiti 
sarmoya va mablag`lar tengligi bilan belgilanadi:
I=S 
Sarmoyalar (I) kapitalga nisbatan talab sifatida belgilanib, kapital va foiz 
normasi maksimal samarali mutanosibligiga bog`liq bo`ladi. Kapitalni maksimal 
samarasi belgilangan holatida, sarmoyalar foiz normasi funktsiyasi sifatida ko`rib 
chiqiladi:
I=I(r) 
Zahira mablag`lar (S) kapital taklifi sifatida tasvirlangan. Ular, Y umumiy 
daromadi bir qismidir, Shu sababli, mazkur daromad kattaligi, hamda Yning qaysi 
ulushi zahira mablag`lariga aylanishini belgilovchi iste`molchilikka nisbatan 
maksimal moyillikka bog`liq. Iste`molchilikka nisbatan maksimal moyillik, 
daromad o`zgarishiga muvofiq o`zgarishi sababli, (Dj.M. Keyns asosiy psixologik 
qonuniyati) zahira mablag`larini daromadning funktsiyasi sifatida belgilash 
mumkin.
S=S(Y) 
Mablag` bozoridagi muvozanat sharti, mablag`ga nisbatan talab va mablag` 
taklifi tengligi bilan belgilanadi. Mablag` taklifi (M) doimiy kattalik sifatida 
ko`riladi. Mablag`ga nisbatan talab, keynschilik ruhida interpretatsiya qilinib, 


185 
likvidlik (L) nisbatan talab sifatida qabul qilinib, uning hajmi ikki ko`rsatkichga 
bog`liq, ya`ni daromad (to`g`ridan- to`g`ri bog`liqlik) va foiz stavkasi (teskari 
bog`liqlik). Mazkur bozordagi muvozanat sharoiti, quyidagi ko`rinishga ega 
bo`ladi:
I(r) = S(Y) 
yuqoridagi formula yordamida, bozorlarning har birida foizning Shunday 
normasini topish mumkinki, u daromadning ushbu darajasida muvozanat 
sharoitlarini qondira oladi. Ko`rsatkichlarning mazkur juftligi, har - bir bozor 
muvozanat chiziqlari nuqtasi geometrik joylaShuvini belgilaydi (22.1.1-rasm) 
M=L(Y,r) 








Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   170




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish