Iqtisodiy ta'limotlar



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

G.Shmoller 


272 
va ayollar mehnatini davlat tomonidan tartibga solish, ishchilarni kasallik 
va baxtsiz xodisalardan sug`urta qilish, qarilik va mehnat layoqatlarini 
yo`qotgan chog`ida nafaqa to`lash kabi islohotchilik g`oyalari sotsial-
demokratlar orasida ham keng yoyildi. 
Germaniyada Luno Brentano ham asosiy nazariyotchilardan 
hisoblanib, "Yangi tarixiy maktab" ning liberal qanotiga boshchilik qildi. 
O`zining "Klassik siyosiy iqtisod" (1888y.), "Tarixda ahloq-odob va xalq 
xo`jaligi"(1894y.) nomli asosiy asarlari bilan iqtisodiy fan taraqqiyotiga 
katta xissa qo`shdi. L.Brentano G.Shmoller kabi iqtisodiyotda ahloq va 
huquq omillari belgilovchi rol o`ynaydi deb hisoblab ishlab chiqarish va 
uning tabiiy va ijtimoiy jihatlariga e'tibor bermaydi. U ayriboshlash 
konsepsiyasining 
tarafdori 
bo`lib 
realizitsiya 
va 
ayriboshlash 
sharoitlarining o`zgarishi xo`jalik turmushida va ishlab chiqarish 
shakllarida belgilovchi ahamiyatga ega bo`ladi deb hisoblaydi. 
L.Brentano liberal kapitalistlarning manfaatlarini ifoda-lab, nemis 
ishchilar sifining inqilobiy-siyosiy chiqishlariga qarshi edi. U o`zining 
liberal "ijtimoiy inoqlik" deb nomlangan islohotlar dasturida ingliz 
tredyunionlari (kasaba uyushmalari) tajribalaridan keng foydalanishni 
taklif qiladi. Jumladan, kasaba uyushmalari fabrika qonunlari yordamida 
ishchilar o`rtaga tashlagan talablarni qondirishda foydalanish bilan birga 
uy joy qurilishi va matlubot kooperatsiyalarida ham turli masalalarni hal 
etishda keng foydalanishlari zarur deb hisoblaydi. 
L.Brentano ham davlat sotsializmi g`oyalarini o`z holicha talqin 
qilib toboro keng tus olayotgan ishchilar harakatlarini ma'lum darajada 
jilovlashga harakat qilar edi.
Lekin Brentano timsolida Yangi tarixiy maktab o`zining yuksak 
cho`qqilariga ham hali yetgani yo`q edi. Uning ijtimoiy to`qnashuvlarning 
oldini olishga qaratilgan "sinfiy inoqlik" nazariyasi islohotchilik oqimidagi 
ijtimoiy maktablar, institutsionalizm yo`nalishi uchun aosiy manba rolini 
o`ynadi, xolos. 
G.Shmollerning shogirdi Verner Zombart ham Yangi tarixiy 
maktabning asosiy vakillaridan edi. Berlin universitetining professori 
Zombart o`zining K.Marksga yaqinligini ko`rsatish maqsadida "Hozirgi 
zamon kapitalizmi" kitobida "Meni Shmollerdan K.Marks ajratib turadi", 
deb yozgan edi. U K.Marksning olimligini uning revolutsionligidan 
ajratishga urinib, marksizm asoschisi ta'limotidagi mana shu ikki negizning 
bir-biriga zidligi to`g`risidagi fikrni ko`tarib chiqdi. Shuningdek, markscha 
siyosiy iqtisodning iqtisodiy kategoriyalarini haqiqiy mazmundan mahrum 
etib, o`z holicha ta'rifladi. Chunonchi, qiymatning mehnat nazariyasi 


273 
"ishning g`oyasi" deb e'lon qilindi va fikran mantiqiy bir ishdan iborat deb 
ko`rsatildi. Zombart ishlab chiqarishning uch omili xususidagi 
nazariyaning tarafdori bo`lib (kapital, mehnat, yer), antagonistik 
ziddiyatlar va iqtisodiy inqirozlarning muqarrarligini inkor etdi. U o`z 
asarida ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalar to`g`risidagi ta'limotni va ayniqsa 
proletariat diktaturasi nazariyasini inkor qildi. Marksizm nazariyasiga 
Zombart sotsial pluralizm (lotincha pluralis - ko`pfikrlilik) deb atalgan 
konsepsiyani qarama-qarshi qo`ydi. U jamiyatning taraqqiyoti sotsializm 
sari borayotgani yo`q, balki xo`jalikning ko`pgina eski va yangi shakllarini 
o`z ichiga oladigan murakkab iqtisodiy sistema sari boryapti, deb ko`rsatdi. 
So-sial pluralizm konsepsiyasi Zombartning fikricha, jamiyat haqiqiy 
taraqqiyotga mos ravishda kapitalizm hayotining mustahkamligi va uzoq 
davom etishini isbotlashi kerak edi. 
Zombartning iqtisodiy qarashlari bora-bora reaksion tus olib ketdi. 
I Jahon urushi yillarida u ochiqdan-ochiq militarizm va shovinizm 
tomonidan turib, Germaniya imperializmining mafkurachisiga aylandi. 
Uning asarlari esa nemis fashizmi mafkurasining shakllanishiga 
ko`maklashdi. Ayniqsa, "Nemis sotsializmi" (1934) kitobida Zombart 
gitlerizmni oshkora maktab yozdi, fashizmning inson zotiga nafratdan 
iborat doktrinasi barcha bandlari bilan birdam ekanligini bildirdi. Uning 
fashizmga yaqinligi Yangi tarixiy maktab vakillari orasida yagona jiddiy 
kamchilik edi. 
Maks Veber har tomonlama ma'lumotli va 
ko`pqirrali olim edi. U falsafa, tarix, sotsiologiya va 
iqtisodiyot fanlarining rivojiga katta hissa qo`shdi. 
Uning ijodida tarixiy maktab o`zining eng yuqori 
pog`onasiga 
ko`tarildi. 
M.Veber 
hammadan 
ko`proq darajada noto`g`ri fikrga asoslangan 
millatchilik va bir taraflama "tarixiy usul"dan 
ozoddir. Uning ijodida hech qanday qiyinchiliksiz 
xalqlarning 
iqtisodiy 
hayotining 
rivojlanish 
ykllaridagi 
qiyinchiliklarni 
yengib, 
milliy 
xususiyatlar va an'analar orqali konkret tarixiy 
sharoitlar, milliy xarakterlar va ularning madaniyati qandaydir umumiy 
qonun asosida belgilanadi, degan fikrni ko`rish mumkin. O`zining 
dastlabki asarlarida M.Veber tarixiy fanlarga faqat bayonchilik yetarli 
emasligini ko`rsatdi. U yuksak benuqson tiplar konsepsiyasini ilgari surdi. 
Yuksak va benuqson tip - bu o`z mohiyatiga ko`ra olim shakllantirgan 
konkret faktlar va u yoki bu xalqning tarixiy rivojlanish jarayonlarini 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish