Iqtisodiy ta'limotlar


F.Listning iqtisodiy qarashlari



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

 
13.2.F.Listning iqtisodiy qarashlari 
Fridrix List (1789-1846 yy.) Janubiy Germaniyaning Reydlingen 
shahrida boy hunarmand oilasida tug`ildi. U o`qishni 15 yoshda tugatib, 
hunarmandchilik ustaxonasida otasiga shogird bo`lib ikki yil ishladi. 


265 
Keyinchalik Vyurtemberg qirolligida turli lavozimlarda ishlab, bir vaq-
tning o`zida Tyubingen universitetini huquq mutaxassisligi bo`yicha tu-
gatdi. 1817 yildan shu universitetning Davlat boshqaruvi amaliyoti 
kafedrasi professori bo`lib ishladi. List 28 yoshida liberal yo`nalishdagi ta-
niqli publitsist, radikal burjua-demokratik islohotlarning qat'iy tarafdori si-
fatida tanildi. U 1847 yil Bryussel' shahrida bo`lib o`tgan iqtisodchilar 
kongressida o`zining aniq ehtirosli fikrlari, siyosiy yetukligi va kuchli 
notiklik qobiliyati bilan ko`pchilikning e'tiborini o`ziga qaratdi. List 1819 
yilda Germaniya iqtisodiy birligini ta'minlash maqsadida "Savdo-sanoat 
ittifoqi"ni tuzdi. 
F.List 30 yoshida Vurtemberg parlamenti a'zosi bo`lib, o`zining 
keng demokratik islohotlar dasturi bilan hukumatga murojaat qildi. Bunday 
siyosiy chiqish Listga qarshi kuchlar shakllanishiga sabab bo`ldi. Natijada 
u 1825 yilda Germaniyani tark etib, AQSHga doimiy yashash uchun ketdi. 
Dastlab u fermerlik bilan shug`ullandi, keyinchalik nemis gazetalarining 
muharriri bo`ldi hamda sanoat sohasida tadbirkorlik faoliyatini olib bordi. 
F.List Angliya sanoati bilan raqobat qiluvchi Germaniya va AQSHda 
sanoat rivojlanishi xususiyatlarini chuqur o`rganib, Amerika taraqqiyoti 
uchun iqtisodiy dasturni tayyorladi. 
1832 yildan F.List Yevropaga qaytib AQSHning Leypsigdagi 
elchisi bo`lib ishladi. Shuningdek u Leypsig-Drezden temir yo`lini qurish 
maqsadida Germaniyada birinchi bo`lib hissadorlik uyushmasini tashkil 
etdi. F.List o`zining uchinchi va oxirgi emigratsiyasidan so`ng Parijda uch 
yil yashadi. U o`zining bor kuchini, idroki va iqtidorini iqtisodiy muammo-
larni keng o`rganishga qaratdi. Sanoat burjuaziyasi manfaatlarining 
ifodachisi bo`lgan F.List iqtisodiy birlik uchun birinchilar qatori maydonga 
chiqdi. U o`zining "Siyosiy iqtisodning milliy sistemasi" (1841) nomli aso-
siy asarida milliy siyosiy iqtisodni yaratish vazifasini o`rtaga qo`ydi. Mam-
lakatning ishlab chiqaruvchi kuchlari to`g`risidagi ta'limot unga asos 
bo`lishi kerak edi. F.List davlatning faoliyatini, dinni, ahloqni, ma'naviyat-
ni va shu kabilarni ishlab chiqaruvchi kuchlar jumlasiga qo`shdi. 
F.Listning ta'limotiga ko`ra, qiymatni ishlab chiqaruvchi kuchlar, 
"millatning ruhi" (toj-taxtning meros bo`lib qolishi, huquq, sud, armiya, 
politsiya va shu kabilar) yaratadi. 
F.List ta'limotida xo`jalik taraqqiyotining tarixiy bosqichlari 
to`g`risidagi g`oyalar katta o`rin egallaydi. U tarixiy taraqqiyotni beshta 
bosqichga: 
badaviylik, 
cho`ponlik, 
dehqonchilik, 
dehqonchilik-
manufaktura, dehqonchilik - manufaktura - savdo bosqichlariga bo`ladi. 
Bunday bo`lishdan kuzatilgan maqsad Germaniyada sanoatning o`sishini 


266 
har tomonlama qo`llab-quvvatlash, bir yoqlama rivojlanishdan - qishloq 
xo`jaligining ustunligidan voz kechish kerak, degan fikrni isbotlashdan 
iborat edi. 
F.Listning asosiy iqtisodiy asari Germaniyaning iqtisodiy rivojlani-
shi va savdo siyosati atrofidagi qizg`in tortishuvlarda alohida o`rin egallab, 
nemis iqtisodiy fikriga katta ta'sir ko`rsatdi. F.List o`zining g`oyalarini 
rivojlantirar ekan, Germaniyaning gullab-yashnashi sanoat taraqqiyoti or-
qali bo`lishi mumkinligini va shuning uchun uni chet el raqobatidan himo-
ya qilish zarur ekanligini ko`rsatadi. Ushbu asar o`z davrida demokratik 
ziyolilar tomonidan qizg`in qabul qilinib, katta qiziqish bilan o`qildi.
Germaniyaga qaytgandan so`ng olim Augsburg shahrida yashab, 
ilmiy ishini davom ettirdi. U xuddi ana shu buyuk davlatchilik, shovinistik 
kayfiyatdagi asarlarini yaratib, nemis imperializmining dastlabki himo-
yachilariga yo`l ochib berdi. List urushlar va bosqinchilikning tarafdori 
bo`lib, dehqonchilik holatidan dehqonchilik-sanoat holatiga o`tishga 
ko`maklashadigan urushlarni yoqlaydi. U Janubiy-sharqiy Yevropadagi 
bo`sh yerlarni Germaniya bosib olishi zarur, deb hisoblaydi. List hayo-
tining so`nggi yillarida Angliyaga bo`lgan o`z munosabatini o`zgartiradi, 
chunki u doim Angliyani Germaniyaning birlashishiga va sanoat rivojiga 
qarshi deb hisoblardi. Endi uning fikricha, Angliya Germaniyaning qit'a 
qo`shnisi hisoblangan Fransiya va Rossiyaga qarshi harakatlarda qo`llashi 
mumkin edi. 
List iqtisodiy fanda klassik maktabni, ayniqsa uning yirik namo-
yandasi bo`lgan A.Smit iqtisodiyotini tanqid qiluvchi bo`lib faoliyat 
ko`rsatdi, lekin u klassik maktabning asosi bo`lgan qiymat va daromadlar 
nazariyasini mutlaqo tahrir qilmadi. Iqtisodiyotning bu kategoriyalari 
olimni qiziqtirmadi. Asosiy e'tibor iqtisodiy siyosatning asosiy masalalari-
ga va ayniqsa tashqi savdo siyosatiga qaratildi. F.List Smit iqtisodiy siste-
masini kosmopolitizmda ayblab, uni ayrim mamlakatlar xo`jalik rivojlan-
ishining milliy xususiyatlarini ko`rmasdan, barchasiga umumiy "tabiiy" 
qonun-qoidalarni dogmatik ravishda majbur kiritilmoqda, deydi. 
"Turli millatlar,- deb yozadi List, turli bosqichda bo`ladilar. 
Bunday sharoitda ular o`rtasidagi to`liq erkin savdo ayirboshlash qiymati 
nuqtayi nazaridan jahon xo`jaligi uchun ma'lum mavhum foydani keltirishi 
mumkin bo`ladi." Lekin bu holat qolgan mamlakatlar ishlab chiqarish 
kuchlari rivojiga to`sqinlik qiladi. U o`z konsepsiyasini ishlab chiqarish 
kuchlari nazariyasi deb yuritib, Smitning ayirboshlash qiymati nazariyasiga 
qarshi qo`yadi. Lekin shuni aytish zarurki, ishlab chiqarish kuchlari 
deganda List ijtimoiy sharoitlar majmuasini tushunadi va ularsiz millat 


267 
boyligi bo`lmaydi, deb yozadi. Shuningdek u faqatgina qishloq xo`jaligi 
bilan shug`ullanadigan millat bir qo`l bilan mehnat qiladigan kishi kabidir, 
deydi. List ishlab chiqarish unumdorligini oshirishni proteksionizm 
tarbiyasi yordamida amalga oshirishni o`rtaga tashlaydi. Davlat 
sistemasidagi tadbirlar milliy ishlab chiqarishni chet el raqobatidan to 
o`zini tiklab olguncha va teng raqobatdosh bo`lguncha himoya qilishi 
kerak deyiladi. Erkin savdoni amalga oshirishni esa u keyinroq, ya'ni 
hamma millatlar bir xil rivojlanish darajasiga yetgunicha qoldirishni 
tavsiya qiladi. Hozirgi davrga kelib Listning bunday qarashlarining 
ayrimlari dolzarb bo`lib, hayotda o`z o`rnini topmoqda. Masalan, 
millatning boy, kudratli bo`lib borishi uning qanchalik ko`p sanoat 
mahsulotini eksport qilishi bilan va kam mahsulotni import qilishi bilan 
belgilanadi. Bu o`rinda Yaponiya tajribasini ko`rsatishimiz kifoyadir. Bu 
davlat so`nggi yillarda tez iqtisodiy rivojlanish hisobiga, ya'ni tashqi 
savdoni to`g`ri yo`lga qo`yganligi uchun rivojlangan mamlakatlar qatorida 
oldingi o`ringa chiqib oldi. Listning iqtisodiy nazariyasi asosiy 
masalalardan hisoblangan kapitalizm taraqqiyoti doirasida o`z tarixi va 
xo`jaligining 
xususiyatiga 
ko`ra 
jahon 
hamjamiyatining 
so`nggi 
qatorlaridan o`rin olgan mamlakatlarning iqtisodiy qoloqligini bartaraf 
etish yo`lidagi dastlabki urinish edi. Hozirgi davrda milliy sanoatni 
rivojlantirish 
uchun 
harakat 
qilayotgan 
yosh, 
rivojlanayotgan 
mamlakatlarning List ta'limotiga katta e'tibor berayotganliklari tabiiy 
holdir. Chunki ularning oldida jahon bozorida hukmronlik qilayotgan 
rivojlangan mamlakatlar monopoliyasi sharoitida o`z sanoatlarini himoya 
qilish vazifasi turibdi. 
Germaniyada tarixiy maktablar shakllanishi va evolutsiyasini ilmiy-
iqtisodiy adabiyotda uch asosiy davrga ajratiladi. Birinchi davr XIX 
asrning 40-60-yillarini o`z ichiga olib "Eski tarixiy maktab" yoki oddiygina 
"Tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. V.Rosheo, K.Knis va B.Gildebrand 
bu davrning asosiy mualliflaridir. Ikkinchi davr XIX asrning 70-90 
yillariga to`g`ri kelib "Yangi tarixiy maktab" davri deb nomlanadi. 
G.Shmoller va L.Brentano bu davrning asosiy ijodkorlaridir. Uchinchi davr 
XX asrning 30-yillarigacha davom etib "Eng yangi tarixiy maktab" davri 
yoki qisqacha "ijtimoiy yo`nalish" nomini oldi. V.Zombart va M.Veberlar 
uning asosiy mualliflari edilar. Biz ushbu maktablar namoyondalarining 
qarashlarini o`rganishdan boshlaymiz. "Yangi tarixiy maktab" va "ijtimoiy 
yo`nalish"ni esa ularning ko`pgina qarash va fikrlarining yaqinligi sababli 
birgalikda ko`rib chiqamiz. 


268 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish