Iqtisodiy ta'limotlar


Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/152
Sana28.01.2023
Hajmi2,19 Mb.
#904430
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152
Bog'liq
48-Iqtisodiy-talimotlar-tarixi-2005-Oquv-qollanma-A.-Razzoqov-Sh.-Toshmatov-va-bosh

13.3. Tarixiy maktab (V.Rosher, K.Knis va B.Gildebrand) 
F.List tarixiy maktab o`tmishdoshi (salafi) bo`ldi. Shu maktabning 
o`zi XIX asrning 40-yillarida vujudga keldi. Uning namoyandalari siyosiy 
iqtisodning yagona nazariyasi bo`lishi ehtimolining o`zini rad etdilar. Ular 
barcha kapitalistik mamlakatlar uchun umumiy bo`lgan obyektiv iqtisodiy 
qonunlarni pisand qilmadilar. Tarixiy maktab abstrakt usulini rad qilib, uni 
oshkora empirizm (amaliy hayotga moyillik) bilan almashtirdilar. Iqtisodiy 
subyektivizm bu maktabning o`ziga xos xususiyatidir. 
Tarixiy maktab usulining mana shu hamma xususiyatlari shu bilan 
izohlanadiki, bu maktab namoyandalari hatto vulgar - madhiyabozlik 
nusxasidagi siyosiy iqtisodning ham nazariy asoslarini tugatish uchun jon-
jahdlari bilan kurashdilar. Bu maktab nazariyotchilariga F.List ta'limoti 
kuchli ta'sir o`tkazdi. Biz buni quyidagi holatlarda sezishimiz mumkin: 
1. 
Tarixiy 
maktab 
vakillari 
siyosiy 
iqtisodni 
xo`jalik 
rivojlanishining umumiy qonunlarini o`rganadigan fan deb emas, balki 
davlatning yetakchilik rolini e'tirof etgan milliy xo`jalik haqidagi fan deb 
hisobladilar; 
2. Ular klassik maktabga va unga ergashuvchilarga tanqidiy 
yondashdilar, abstraksiya usuliga qarshi chiqdilar; 
3. Ular mamlakat iqtisodiy rivojlanishini bosqichma-bosqich olib 
borish konsepsiyasiga asoslandilar. 
Lekin tarixiy maktab vakillari Listdan ilgarilab borib, siyosiy 
iqtisodda alohida tarixiy usulni yaratdilar. Tarixiy maktabning g`oyalari 
tobora tushunarli bo`lib boradi, chunki bu iqtisodiy ta'limotlarning 
negizlari Angliyadagi rikardochilar va Fransiyadagi Sey maktabi 
qarashlariga yaqin turadi. Shuningdek ular iqtisodiy fan markazida 
ma'naviy va psixik murakkab, milliy va tarixiy xususiyatli konkret kishi 
bo`lishini istar edilar. Shu asosda iqtisodiy fanning asosiy yo`nalishini 
tarix, etika, huquq, psixologiya va etnografiya fanlariga almashtiradilar, 
ya'ni jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining obyektiv qonunlarini bilishni rad 
etadilar. 
Iqtisodiy ta'limotlar tarixi fanida tarixiy maktabni uch taniqli 
olimlar: Rosher, Knis va Gildebrandlarnng ijodi bilan bog`lab o`rganilsa-
da, bu yo`nalishda yana boshqa ko`pgina olimlar ham ish olib 
borganliklarini aytishimiz zarurdir. Shunday bo`lsa ham, bu professorlar 
tarixiy maktabning asosiy namoyandalari bo`lib, iqtisodiy nazariyaga katta 
hissa qo`shdilar. 


269 
Gettingem va Leypsig dorilfununlarining professori Vilgelm Georg 
Fridrix Rosher (1817-1894) Germaniyadagi tarixiy maktabning asoschisi 
hisoblanadi. 1843 yilda u "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod 
kursining qisqa asoslari" kitobini chiqardi. Iqtisodiy qonunlarning 
obyektivligini rad qilish bu ta'limotning o`zagidir. V.Rosher ijtimoiy 
iqtisodiyotning umumiy qonuniyati yo`q, balki faqat iqtisodiy omillar 
taraqqiyotininggina qonunlari bor, deb da'vo qilgan edi. Siyosiy iqtisod 
millat oldida burch tuyg`usiga ega bo`lgan ma'naviy fandir. V.Rosher 
siyosiy iqtisod predmetini ta'riflashda Listning sistemasini to`la-to`kis 
qabul qilib olib, jamiyat asta-sekin rivojlanadi deb hisobladi va sinfiy 
kurash mavjudligini inkor etdi. Rosher urushning madhiyachisi edi, u 
urushni tabiiy holat deb hisobladi va Germaniyani mustamlakalar va ta'sir 
doiralarini bosib olishga chaqirdi. 
Rosher tarixiy fiziologik deb ataladigan usulni ishlab chiqdi. Bu 
usul kapitalizm taraqqiyotining prusscha yo`lini, unga xos bo`lgan feodal 
sarqitlarni (dehqonlarning yer egalariga bo`ysunishi, xunarmandlarning 
uyushmalariga va tabaqalariga xos cheklashlarini) tarixan oqlashdan va 
ko`klarga ko`tarib maqtashdan, faktlarni to`plashdan va shu faktlarni 
tarixiy o`xshashliklar asosida izohlashdan iborat. 
O`zining nazariy qoidalarida Rosher qiymatni iste'mol qiymatidan 
(foydalilikdan) iborat deb bildi, kapital deganda unumli iste'mol uchun 
mo`ljallangan har qanday mehnatni tushundi. J.V.Seyning ishlab 
chiqarishning uch omili nazariyasini V.Rosher tarixiy usul pozitsiyalarida 
turib talqin etdi. Foydani kapitalistlar mehnatining natijasi deb e'lon qilib, 
daromadlarni taqsimlashda uyg`unlik hukmronlik qiladi, tenglik esa 
iqtisodiy taraqqiyot omili bo`lib xizmat qiladi deb hisobladi. Iqtisodiy 
kategoriyalarni talqin etishda Rosher aslida odamlarning buyumga bo`lgan 
munosabatini ko`rdi. Garchi u klassik maktab qoidalarini o`zgartirgan 
bo`lsa ham, ammo rasman hali bu maktabning merosi bilan aloqani uza 
olmagan edi. Uning izdoshlari va maslakdoshlari undan ilgarilab ketishdi. 
Tarixiy maktab g`oyalarini Karl Knis (1821-1892) jon-jahdi bilan 
o`rgandi. 1853 yilda uning "Tarixiy usul nuqtayi nazaridan siyosiy iqtisod" 
kitobi bosilib chiqdi. Bu kitobda u mazkur maktabning qarashlarini himoya 
etish va muntazamlashtirishga harakat qildi. K.Knis alohida iqtisodiy 
qonunlar yo`q, faqat doimo va hamma joyda amal qiladigan tabiiy 
qonunlar bor deb da'vo qildi. Shunga asoslanib u xususiy mulkchilik va 
kapitalizmning abadiyligi to`g`risida xulosa chiqardi. 
Knis siyosiy iqtisodni tarixiy usul pozitsiyalarida turib tez qayta 
qurish mumkinligini asoslamoqchi bo`ldi. Uning fikricha, siyosiy iqtisod 


270 
faqat iqtisodiy xodisalarni tasvirlab berishi mumkin, u nazariy 
umumlashmalarni berishga qodir emas. Knis iqtisodiy xodisalarni bilib 
olish xodisalari deb statistika va tarixiy bayonni tan oldi. U iqtisodiy 
siyosatga katta ahamiyat berdi. Bu siyosatni amalga oshirish uchun turli 
xalqlarning iqtisodiy turmushiga oid kuzatuvlardan olingan aniq-ravshan 
shart-sharoitlarni bilish zarurligini uqtirdi. Knis millat turmushining 
iqtisodiy sharoitlari uchun individ (shaxs), jamiyat va davlatning 
mas'uliyatini eklektik (qorishma) tarzda birlashtirmoqchi bo`ldi, pulni 
talqin etishda metallchilar konsepsiyasi pozitsiyasida qoldi. 
1848 yilda Bruno Gildebrand (1812-1878) "Hozirgi zamon va 
kelajakning siyosiy iqtisodi" kitobini e'lon qildi. Bu kitobda u F.Engelsning 
"Angliyada ishchilar sinfining ahvoli" asariga qarshi chiqdi. B.Gildebrand 
kapitalizm ishchilar sinfining ahvolini yaxshilaydi va bu tuzumga qarshi 
kurashdan ma'no yo`q, deb hisoblaydi. B.Gil'debrand iqtisodiy xodisalarni 
tadqiq qilishning o`z tarixiy usulini ilgari surdi, bu usul jamiyat tizimining 
iqtisodiy qonunlarini tahlil etishga statistika va tarixiy ma'lumotlarni 
yuzaki tarzda to`plashni qarama-qarshi qo`ydi. U qiymatni foydalilikdan 
iborat deb bildi va xususiy mulkchilikning himoyachisi bo`lib maydonga 
chiqdi. Xususiy mulkchilikni har qanday ta'na qilishni tarixiy 
qonuniyatlarni halokatli ravishda buzish deb ta'rifladi. 
B.Gildebrand taklif etgan insoniyat taraqqiyotining sistemasi 
natura, pul va kredit xo`jaligini o`z ichiga oladi. U ayirboshlash 
konsepsiyasiga asoslanib ish tutadi va ishlab chiqarish vositalarining bu 
xarakterini tan olmaydi, holbuki uning xarakteri iqtisodiy formatsiyaning 
ijtimoiy tabiatini va jamiyatning sinfiy tuzilishini xizmatini tashkil qildi. 
1861 yilda B.Gil'debrand Germaniyaga qaytib, hayotining oxirigacha Yen 
universitetida faoliyat ko`rsatdi. U o`z asarlarining maqsadi qilib millat 
xo`jalik rivojlanishi qonunlarini o`rganishga e'tiborni qaratdi, turli xalqlar 
iqtisodiy tarixini o`rganishda taqqoslash usulini qo`llash zarurligini 
ko`rsatdi. 

Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish