7
Ikkinchidan, muammoni asoslash - bu uning yechimi zarurligini asoslaydigan
argumentlarni izlash, kutilayotgan natijalarning ilmiy yoki amaliy qadri borligini
izlashdir. Bu mazkur muammoni (yoki muammoning bunday qo‘yilishini) boshqa
muammolar bilan, har bir muammoning amaliyot va fanning ichki mantiqi
extiyojlari uchun muhimligini hisobga olib ularni yechish uchun muammolarni
ajratib olish jixatidan solishtirish kerakligi zaruratidir.
Bunda, zamonaviy fanda ko‘pincha bir necha yechim variantlariga yo‘l
qo‘yiladigan muammolar uchramoqda. Xususan, zamonaviy Rossiya iqtisodiyotida
turlicha firmalar modellari, biznesni tashkil qilishga bo‘lgan
yondashuvlar va
boshqalar xilma-xilligi paydo bo‘ldi. Bunday holatlarda aynan qaysi yechim, aynan
qaysi model eng katta ustunliklarga ega va shuning uchun u mazkur sharoitlarda eng
maqsadga muvofiq ekanligini maydalab asoslashga to‘g‘ri keladi. Muammo
qanchalik murakkabroq bo‘lsa, uni yechish mumkinligini asoslashda va uning
yechimini rejalashda shunchalik ko‘proq turli-tuman omillar hisobga olinishi lozim.
Olimning muammo yechimga ega ekanligini yoki muammoning taklif etilayotgan
yechimini qabul qilishni asoslash uchun dalillarni shakllantirish va tanqidiy taxlil
qilish maxorati bunday sharoitlarda fanning taraqqiyoti uchun muhim asos bo‘ladi.
Muammoning dolzarbligini baholashda ko‘pincha uning xaqiqatda
dolzarbligini bo‘rttirib baholash holatiga duch kelish mumkin. Shu munosabat bilan
olimlarda himoyalanish reaksiyasi paydo bo‘ladi: ular har qanday muammoning
xaqiqatdagi dolzarbligini bu muammolar yoritiladigan
ilmiy ishlar mualliflaridan
ko‘ra ancha kichikroq ko‘lamlarda ko‘rib chiqishga moyildirlar. Bu - fan uchun
tabiiy bo‘lgan xodisa, odatiy hol. Fan o‘z me’yorida konservativ bo‘lishi kerak va
har bir yangi ilmiy ish yuzasidan u chekkadan bu chekkaga qarab chopmasligi kerak.
Lekin shu bilan birga, ba’zan bu hol muhim muammolarga yetarlicha baho
bermaslikka hamda fandagi yangi yo‘nalishlarning rivojlanishi asossiz to‘xtab
qolishiga olib keladi. Masalan, sobiq ittifoqda XX asrning 50-yillarida genetika va
kibernetika fanlari nazarga ilinmaganligi natijasida bu yo‘nalishlar bo‘yicha sobiq
ittifoq fanlari bir necha o‘n yilliklarga ortga chekingan.
Muammoni baholashdagi sub’ektivlikni pasaytirish uchun muammoga qarshi
ham tadqiqotchining o‘zi, ham uning hamkasblari tomonidan turli-tuman e’tirozlar
surilishi muhim ahamiyatga ega. Bunda muammoning moxiyati, uning ifodalanishi,
qo‘yilishi shartlari hamda uning yechimi oqibatlariga tegishli barcha narsalar shubxa
ostiga olinadi: muammo o‘zi bormi? Muammo yechimiga amaliy yoki ilmiy
zaruriyat bormi? Ilm-fan rivojining xozirgi holatida muammoning yechimi
mavjudmi? Mazkur muammoni xal qilishga ushbu tadqiqotchining yoki ushbu ilmiy
jamoaning kuchi yetadimi? Rejalashtirilayotgan natijalarning
extimoliy qadr-
qimmati qanday?
Muammoning to‘g‘ri qo‘yilishi “yoqlab” va “qarshi” argumentlarining
8
musobaqalashuvini nazarda tutadi. Aynan qarama-qarshi fikrlar fokusida
muammoning moxiyati, uni yechish zaruriyati va qadr-qimmati, uning nazariy va
amaliy ahamiyati xaqidagi to‘g‘ri tasavvur tug‘iladi.
1.
Muammoni strukturalash.
Muammoni strukturalashning boshlang‘ich
nuqtasi bo‘lib uni parchalash yoki
muammoni “stratifikatsiyalash”
(lot. “
stratum
” -
qatlam) hisoblanadi. Parchalash (dekompozitsiya – pastroqqa qarang) – bu ularsiz
markaziy – muammoli – savolga javob topish mumkin bo‘lmagan qo‘shimcha
savollarni (savolchalarni) izlash. Dastlabki
holatda muammoning barcha
“savolchalarini” kamdan-kam shakllantirib ifodalash mumkin. Bu hol asosan
izlanish davomida ro‘y beradi. Dastavval muammoning yechimi uchun talab
etiladigan barcha narsalarni oldindan bashorat qilish ko‘pincha nixoyatda qiyin
bo‘ladi. Shuning uchun stratifikatsiyalash (parchalash, dekompozitsiya) muammoni
yechishning butun jarayoniga tegishlidir. Muammo qo‘yilishining boshlang‘ich
nuqtasida esa gap barcha extimoliy va zaruriy savolchalarni qidirib topish va
ifodalash to‘g‘risida ketadi, ularsiz izlanishni boshlash va kutilayotgan natijani
olishni mo‘ljallash mumkin emas.
V.I. Vernadskiy yozishicha, “Ilm (fan) doimo bir xil usulda yo‘lni qidiradi, -
u dastavval murakkab masalani soddaroq masalalarga bo‘lib
tashlaydi, keyin,
murakkab masalalarni chetga surib, soddaroqlarining yechimini topadi va undan
keyingina qoldirilgan murakkab masalaga qaytadi”.
Keyinchalik, muammoni parchalash jarayonida uni
Do'stlaringiz bilan baham: