427
a) bunday yondashuv tarafdorlari terapevtik
jarayonda otaning roli
muhimligini ta’kidlaydilar, oilaviy hayotda bo‘lganidek terapiyada ham hech kim
uning o‘rniga gapira olmaydi yoki uning o‘rnini egallay olmaydi. Otaga uning
ahamiyatini
tushunishga
yordamlashgancha
terapevtni
terapevtik
ishda
qatnashishga jalb qilish oson bo‘ladi;
b) xotin (ona rolida) terapiyani soxtalashtirishi mumkin, biroq bu holatda
terapevtik jarayon unda ota ishtirok etganiga qaraganda boshqacha rivojlanadi.
d) oilaviy terapiya, umuman olganda, oila uchun muhim. Er va xotin:
“Nihoyat biz munosabatlarimizni birgalikda hal qilishimiz mumkin”,
deb ayta
oladilar.
11. Terapevt birinchi intervyuda nima uchun oila a’zolaridan biriga
terapevtik yordam zarurligi haqidagi shaxsiy tasavvuridan kelib chiqib, harakat
qiladi:
a) odatda, birinchi uchrashuv begonalardan kimdir Djonnini “axloqida
og‘ishi bo‘lgan bola” deb atagani uchun sodir bo‘ladi. Qoidadagidek, bu uchrashuv
o‘zini tarbiyasi og‘ir bola Djonnining onasi roliga muvofiq tutayotgan xotinning
(uni Meri Djons deb ataymiz) tashabbusi bo‘yicha yuzaga keladi. Bolaning
axloqida og‘ishish aniqlangan va, shubhasiz, u ona
sifatida aybdor;
b) biroq, balki Djonnining axloqi begonalardan kimdir uni tarbiyasi og‘ir,
deb aytishidan ancha ilgariroq umum tan olingan qoidalardan og‘a boshlagandir;
d) begonalardan kimdir (odatda, o‘qituvchi) Djonnini “og‘ishgan xulqli
bola” deb atamagunlariga qadar, Djonsning oila a’zolari, ehtimol, o‘zlarini uning
axloqida go‘yoki hech qanday o‘zgarish sezmagan kabi tutgandirlar. Uning axloqi
oilaviy o‘zaro harakatda muayyan vazifani bajargani sababli qabul qilingan.
e) odatda, simptomatikaning paydo bo‘lishiga qandaydir hodisa sabab
bo‘ladi. Bunday hodisalar quyidagilar bo‘lishi mumkin:
♦ oila o‘zagiga nisbatan tashqi muhitning o‘zgarishi: urush, inqiroz va h.k.
♦ ajdodlar oilasidagi o‘zgarishlar: buvining kasalligi, buvaning moliyaviy
qiyinchiliklari va h.k.
♦ kimdir oilaviy negizni to‘ldiradi yoki tashlab ketadi: buvi oilada yashashga
keladi
va oila chegarani kengaytiradi; yana bir farzand dunyoga keladi; qiz
turmush-ga chiqadi va h.k.
♦ biologik o‘zgarishlar: bolaning ulg‘ayishi, onaning menopauzasi, otani
kasalxonaga joylash.
♦ ahamiyatli ijtimoiy o‘zgarishlar: oilada tarbiyalanayotgan bola maktabga
boradi, oila boshqa uyga ko‘chadi; otaning mansab lavozimi oshadi; o‘g‘il kollejga
o‘qishga kiradi va h.k.
f) bunday hodisalar simptomlarning paydo bo‘lishini qo‘zg‘atishi
mumkinligi sababli er-xotinlik munosabatida umumiy o‘zgarishlarni uyg‘otadi.
Ular er-xotinlik munosabatlari uchun keskin vaziyatni yaratishi mumkin,
chunki
shu bilan oilaviy muvozanatni buzgancha oilaviy munosabatlar transformatsiyasini
talab qiladi;
428
g) oilaviy gomeostaz ba’zi muddatda oila a’zolari uchun funksional bo‘lishi
va boshqalarida bunday bo‘lmasligi mumkin. Shu bilan birga, oilaning har bir
a’zolari har bir hodisani turlicha boshdan kechiradilar;
h) biroq agar oila a’zolaridan biri hodisadan kuchli hayajonlansa, boshqalar
ham u yoki bu tarzda shuni boshdan kechiradilar.
12. Meri Djons bilan birinchi uchrashuvdan keyin terapevt uning eri (uni
Djo deb nomlaymiz) bilan munosabatiga nisbatan ba’zi taxminlarni qilishi
mumkin. Agar boladagi mavjud simtoplarning asosiy sababchisi er-xotin
munosabatlarining disfunksionalligi haqidagi faraz to‘g‘ri bo‘lsa,
unda terapevt,
birinchi navbatda, er-xotin o‘rtasidagi munosabatni ko‘rib chiqishi zarur:
a) Meri va Djo qanday odamlar? Ular qanday oilada tarbiya topganlar?
Avvaliga ular turli oilada tarbiyalangan ikkita turli odamlar edilar. Endi ular yangi
– o‘z shaxsiy oilalarining “arxitektorlari” bo‘ldilar;
b) nima uchun ko‘p odamlar orasidan ular bir birlarini tanladilar? Qachon va
qayerda o‘zaro ko‘ngil qolish ularning munosabatlariga sabab bo‘ldi? Ular bir
birlariga ixlosi qaytganligini qay tarzda ifodalaydilar. Bu Djonnining Djonsga
oilani birgalikda ushlab turishi uchun qay tarzda simptomlarni namoyon qilishiga
ta’sir ko‘rsatadi?
Oilani qo‘llab-quvvatlash xizmati og‘ir hayot sharoitida bo‘lgan bolalar va
oilalarga oilani saqlab qolish, bolani oiladan olib qo‘yilishining oldini olish, ota-
onalarning farzandlariga g‘amxo‘rlik qilish qobiliyatini
kuchaytirish va bolalarni
rivojlantirishga qaratilgan xizmatlarni taqdim etadi. Xizmatlar Markaz asosida
ham, mobil guruh sharoitida ham taqdim etiladi. Erta aralashish xizmati bolalar
rivojlanishidagi buzilishlarni erta tashxislash va ota-onalarga ushbu bolalarni
tarbiyalash va o‘qitish uchun maqbul sharoitlarni yaratishda yordam berish uchun
maxsus ehtiyojli bolalar va ularning oilalari uchun kunduzgi xizmatlarni taqdim
etadi. Ota-onalarda alohida ehtiyojli bolani tarbiyalash uchun zarur bo‘lgan
vakolatlarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu bolalarni maxsus
turar joy muassasalariga joylashtirishning oldini olishga yordam beradi.
Kichik
guruh uyi-bu yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni
tarbiyalash va ijtimoiy moslashuvi, imkon qadar oila sharoitlariga yaqin
sharoitlarda.
Kichik guruh uyida bolalar bilan ishlash bola va uning oilasi bilan
ishlashning individual rejalari usuli bo‘yicha amalga oshiriladi,
bu ishni asosiy
ijtimoiy ishchi boshqarishini va u bilan bolada uning o‘rnini bosuvchi birikma
hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Bolaning ehtiyojlari va uning oilasi resurslaridan kelib
chiqib, muammoni hal qilishning uchta varianti mavjud: kelib chiqqan oilaga
qo‘shilish, tarbiyaning oilaviy shakllariga joylashtirish, bolani mustaqil hayotga
tayyorlash va jamoada muvaffaqiyatli moslashish. Kichik guruh uyida xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar yo‘q, shuning uchun bolalar
ijtimoiy ishchilar bilan
birgalikda o‘z hayotlarini boshqaradilar. Har bir bola o‘z hayotiga ta’sir qiladigan
rejalashtirish va qaror qabul qilish jarayonlarida faol ishtirok etishi shart. Ushbu
yondashuv bolalarni mustaqil hayotga maksimal darajada tayyorlashga imkon
beradi.
429
Shuningdek, oilalar bilan ishlashda ekotizimli yondashuv ham muhim aha-
miyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: